Tasdiqlayman” O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Navoiy akademik litseyi direktori, podpolkovnik


Fizika fanining moddiy-texnik ta`minoti


Download 85.93 Kb.
bet10/11
Sana07.10.2023
Hajmi85.93 Kb.
#1694507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ISHCHI FIZIKA 2021-2022

Fizika fanining moddiy-texnik ta`minoti

Fizika fanini o’qitishga mo’ljallangan o’quv xonasida mashg’ulot o’tish uchun quyidagi jihozlar, ta’limning texnik-namoyish vositalari va o’quv-metodik materiallar mavjud:
* o’qituvchi va o’quvchilar uchun stol, stullar,
* 1ta kompyuter,
* proyektor,
* flipchart,
* doska,
* videoproyektor va ekran,
* plakatlar, stendlar
* ko’rgazmali qurollar
* adabiyotlar
* slaydlar

  1. Fizika fanining o’zlashtirish darajasini nazorat qilish va baholash

Fan bo`yicha baholash joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar hamda mustaqil ish shaklida amalga oshiriladi. Mazkur baholash usullari o`quvchilarning bilim darajasini, tanqidiy va tahliliy fikrlash, notiqlik, o`z fikr va mulohazalarini mustaqil asoslab berish va himoya qilish, ularni yozma shaklda tizimli va samarali bayon etish ko`nikmalarini aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Joriy, oraliq va yakuniy nazorat bo`yicha baholash turlariga belgilangan ballar quyidagi holatlarda qo`yiladi:
o`quvchilarning darslarga qatnashishdagi davomati va faolligi;
seminar mashg`ulotlariga tayyorgarlik darajasi;
fan bo`yicha asosiy manbalarni konspektlashtirish;
dolzarb mavzular bo`yicha refaratlar yozish, test savollari tuzish, sxemalar tayyorlash va nazorat ishi yozish;
mustaqil ta`lim uchun berilgan nazorat ishlarini bajarish;
fanga oid ko`rgazmali qurollar tayyorlash.
Joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar mashg`ulotlar jarayonida amalga oshirilib, uning doirasidao`quvchi quyidagilarni namoyish etadi:
o`zlashtirilgan o`quv materiallarini chegaralangan vaqt doirasini e`tiborga olgan holda samarali bayon etish qobiliyati;
guruhda ishlash va amaliy misollarga tayangan holda xulosalar chiqarish yoki dalillar keltirish;
tanqidiy fikrlash, taraflarning fikrini eshitish va o`zining javoblarini tegishli ilmiy terminlardan foydalangan holda asoslab berish;
muayyan masalalarni hal qilish uchun tegishli bilimlarni qo`llay olish ko`nikmalari;
huquqni muxofaza qiluvchi organlari faoliyatiga oid masalalarni aniqlay olish qobiliyati;
mustaqil tarzda tadqiqot olib borish;
o`zi tomonidan ilgari surilgan fikrlarni mantiqiy izchillikda va mazmunan to`g`ri holatda yozma shaklda bayon etish;
o`zlashtirgan o`quv materiallari bo`yicha bilimlarini namoyon etish;
mantiqiy va tizimli fikrlash;
to`g`ri javobga mo`ljal olish va uni topish qobiliyati;

  • o`rtaga tashlangan masalani tizimli va mantiqiy bayon qilish.

  • qadimda yashab ijod etgan buyuk allomalar va hozirgi kimyogar olimlarning kimyo fani rivojiga oid ishlarini bilish orqali milliy istiqlol va vatanparvarlik ruhida tarbiya olib, bilimlarini hayotda qo’llay olish.


  1. Download 85.93 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling