Fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi:
B1
Jism harakat va holatini tavsiflovchi fizik qonunlar, jismlarning o’zaro ta’sir kuchlari va ta’sir maydoni, jism impulsi va energiyasi, qattiq va suyuq jismlarning fizik xossalari, zaryadlangan jism xarakteristikalari, elektr asboblari va ularning ishlatilishi, tokning turli muhitlardagi tabiati, magnit maydon va uni ta’sirlari, to’lqin va uning xossalari, atom tuzilishi hamda lazerning ishlash prinsipini kuzatadi, tushunadi va tushuntiradi.
Tajribalar o’tkazish, fizik kattaliklarni o’lchash va xulosalar chiqarish kompetentsiyasi:
B1
Jism harakat va holatini tavsiflovchi fizik kattaliklar, ta’sir kuchlari va
maydoni, jism impuls va energiyasi, qattiq va suyuq jismlarning makroskopik parametrlari, ob-havoni o’rganish usullari, elektr va magnit asboblari, to’lqin va
uning xossalari, elektrostatik maydon va o’zgarmas tok qonunlariga oid tajribalar
o’tkazadi, fizik kattaliklarni o’lchaydi va xulosalar chiqaradi.
Fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi:
B1
Harakatlanayotgan jismlar, ta’sir kuchlari va ularning bajargan ishi, gaz qonunlari, elektrostatik maydon xususiyatlari, elektr asboblari, gazni
xarakterlovchi kattaliklar va qurilmalar, magnitoelektriklar hamda kundalik elektr jihozlaridan amaliyotda foydalana oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |