“tаsdiqlаymаn” Oʼzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi tuman boʼlinmasi kengashi raisi U. Mustaev


Maktabga yangi ishga qabul qilingan xodimlarni dastlab kasaba uyushmasi qoʼmitasida tanishuv suhbatidan oʼtishi yoʼlga qoʼyiladi. 2


Download 301.39 Kb.
bet7/22
Sana16.06.2023
Hajmi301.39 Kb.
#1508987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
2-maktab

2.Maktabga yangi ishga qabul qilingan xodimlarni dastlab kasaba uyushmasi qoʼmitasida tanishuv suhbatidan oʼtishi yoʼlga qoʼyiladi.
2.Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 520-moddasiga muvofiq, kasaba uyushma qoʼmitasi mehnat toʼgʼrisidagi qonun hujjatlari va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
2.Ish beruvchi xodimlarni qaysi kasaba uyushmasiga aʼzo boʼlishiga yoki qaysi tuman kasaba uyushmasi boʼlinmasi хizmatiga oʼtishini belgilamaydi. Mazkur holat Kasaba uyushmasi kartasiga muvofiq mehnat jamoasida muhokama qilinib, MaktabgM.Fayzullayevaha va maktab taʼlimi tizimidagi barcha tashkilotlar taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo’linmasi orqali kasaba uyushmasi хizmatiga olinadi (Kasaba Uyushmalari ustavi, 22 band).
11.Ushbu jamoa shartnomasi 2023-yildan 30-apreldan kuchga kiradigan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi asosida ishlab chiqilgan.


II. MАKTАBNING IQTISODIY FАOLIYATI
12.Taraflar Oʼzbekiston Respublikasining «Taʼlim toʼgʼrisida»gi Qonunga muvofiq taʼlim sifatini oshirish uchun mehnat vazifalarining halol va sifatli bajarilishini taʼminlaydilar.
11.Tashkilot faoliyatini yaxshilash maqsadida Ish beruvchi:
a) Tashkilot muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga, mehnat madaniyati va intizomi koʼtarilishiga erishish, xodimlarning kasb mahoratini oshirish, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʼlovlarni amaldagilariga nisbatan pasayishiga yoʼl qoʼymaslik;
b) mehnat jamoasini moddiy-texnik resurslar va metodik jihozlar bilan oʼz vaqtida taʼminlab borish;
v) mehnat unumdorligini yuksaltirish, ilgʼor tajribani oʼzlashtirish, fan va texnika yutuqlarini amaliyotga joriy etish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish;
g) xodimlar uchun kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish ishlarini olib borishlarini tashkil qilish va xizmat safari harajatlarini tashkilot hisobidan qoplanishini taʼminlash;
d) jamoa shartnomasini tuzishga, uning bajarilishi ustidan nazoratni yoʼlga qoʼyishga, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida, boshqa qonunlarida, Tashkilotning taʼsis hujjatlarida, jamoa kelishuvlarida hamda mazkur Shartnomada nazarda tutilgan boshqa masalalarga oid maʼlumotlarni Kasaba uyushmasi qoʼmitasiga taqdim etib borish;
z) belgilab qoʼyilgan mehnat tartibi doirasida Kasaba uyushmasi qoʼmitasi bilan hamkorlik qilish, oʼzaro takliflar va talablarni oʼz vaqtida koʼrib chiqish, mehnat nizolarini avvalo muzokara yoʼli bilan hal etish;
i) Tashkilotni boshqarishda xodimlarning amaldagi qonunlarga zid boʼlmagan shakllardagi ishtirokini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
k) Kasaba uyushmasi qoʼmitasi vakillarini Tashkilotning boshqaruv organlari, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari bilan bogʼliq qarorlar qabul qiluvchi (attestatsiya, tarifikatsiya, ragʼbatlantirish)komissiyalar tarkibiga kiritish;
l) barcha boʼgʼin kasaba uyushmasi vakillarini Ustav vazifalarini bajarish uchun ish joylariga moneliksiz qoʼyish majburiyatlarini oʼz zimmasiga oladi.
12.Kasaba uyushmasi qoʼmitasi
a) ijtimoiy, iqtisodiy va mehnat munosabatlariga oid masalalarni hal etishda xodimlar nomidan ish koʼrish;
b) Kasaba uyushmasi qoʼmitasi vakillarini Maktab boshqaruvining organlariga saylanishi imkoniyatlaridan foydalanish;
v) ish beruvchi bilan xodimlarning manfaatlari nuqtai nazaridan doimiy muloqotda boʼlish, masalani ijobiy hal qilishda qiyinchiliklar yuzaga kelganda tuman kasaba uyushmasi kengashiga zudlik bilan xabar berish;
g) ichki mehnat tartibi qoidalariga, mehnat intizomiga rioya etilishiga, mehnat vazifalari oʼz vaqtida va sifatli bajarilishida xodimlarga koʼmaklashish;
d) Maktabni boshqarish, jamoa shartnomasi majburiyatlarini takomillashtirish, xodimlarning mehnat shartnomasidagi vazifalarni toʼliq va sifatli bajarishlariga koʼmaklashish boʼyicha takliflarni Ish beruvchiga kiritib borish;
e) xodimlarni oʼz ustida ishlashlari, pedagogik mahorat va intellektual salohiyatni oshirish, taʼlim sifatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarga koʼmaklashish hamda bu ishlarda xodimlarga xalaqit beruvchi omillar yuzasidan ish beruvchi bilan doimiy muzokaralar olib borish majburiyatlarini oʼz zimmasiga oladi.
15.Xodimlar:
a) oʼz mehnat vazifalarini halol bajarish, Ish beruvchining qonuniy farmoyishlari va buyruqlarini oʼz vaqtida va sifatli ijro etish;
b) ichki mehnat tartibi qoidalariga, oʼrnatilgan mehnat rejimiga va mehnat intizomiga rioya qilish;
v) mehnat huquqlari buzilayotgan yoki ahvoli ogʼirlashayotgan paytda zudlik bilan maktab kasaba uyushmasi qoʼmitasi raisini xabardor qilish majburiyatlarini oʼz zimmasiga oladilar.



Download 301.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling