4-modul. Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi modulining ishchi-o‘quv mavzu rejasi.
№
|
Mavzu nomi
|
Jami:
|
Ma’ruza
|
Amaliy mashgʻulot
|
4.1.
|
Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi.
|
2
|
|
2
|
|
Jami:
|
2
|
|
2
|
Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi modulining ishchi-o‘quv
mavzu dasturi.
AMALIY MASHG‘ULOT MAZMUNI
1-mavzu: Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi (2 soat amaliy mashgʻulot).
Mas’uliyat va moslashuvchanlik haqida tushuncha. Pedagog mas’uliyati. Pedagogning o‘quvchilar, ularning bilimi, hayoti va sog‘lig‘i uchun javobgarligi. Moslashuvchanlik jarayon sifatida. O‘zgarishlarga moslashuvchanlikning modellari va tiplari. Shaxslararo munosabatlarda moslashuvchanlikning ahamiyati. O‘zgarishlarga moslashuvchanlik psixologiyasi. Ta’lim jarayonida yuz berayotgan turli o‘zgarishlarga va yangilanish jarayonlariga tez va oson moslasha olish. Ta’limdagi yangi yondashuv va strategiyalarni qabul qila olish, ularni egallash va o‘z kasbiy amaliyotiga joriy eta olish. Pedagogik jamoa va uning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. Pedagogik jamoalarda kuzatiladigan muammolar, pedagogik jamoani muvaffaqiyatli boshqarishda xodimlarning o‘zaro munosabatlari. Pedagogik jamoada sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhit va uning asosiy indikatorlari. Jamoadagi psixologik holatni aniqlashda diagnostik psixologik trening. STEAM-ta’limi va boshqa ta’lim mazmuni.
Do'stlaringiz bilan baham: |