«tasdiqlayman» Pedagogika psixologiya fakulteti dekani U. Q. Maqsudov


Download 198.5 Kb.
bet1/19
Sana08.02.2023
Hajmi198.5 Kb.
#1168958
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
мустақил таълим учун курсатма (3)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
«TASDIQLAYMAN»
Pedagogika - psixologiya fakulteti dekani
______________________U.Q.Maqsudov
____” ________________ 2022 y.


UMUMIY PEDAGOGIKA FANIDAN MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI VA ULARNI BAJARISH YUZASIDAN METODIK TAVSIYALAR


Farg‘ona - 2022


Kirish……………………….……………………………………………………...2
Umumiy pedagogika fani bo‘yicha mustaqil ta’lim topshiriqlarining kalendar rejasi……………………………………………………………………………...
Umumiy pedagogika fanidan mustaqil ta’lim topshiriqlari va ularni bajarish yuzasidan metodik tavsiyalar………………………………………………..…….
1-mavzu: O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (2020-yil) asosida pedagoglarning huquqiy maqomi.……………………………..…………..
2-mavzu: Yaxlit pedagogik jarayon bosqichlari……………………………………
3-mavzu: Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi…………………….
4-mavzu: Taʼlim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Taʼlim tamoyillari………………..
5-mavzu: Taʼlim mazmuni……………………………………..…………………
6-mavzu: Taʼlim turlari va taʼlimni tashkil etish shakllari…………………...……
7-mavzu: Taʼlim olganlikni tashxis etish . Iqtidorli o‘quvchilarni o‘qitish (Education of gifted children)………………………………………………………
8-mavzu: Bolalar tarbiya jamoasi – yaxlit pedagogik jarayonning asosiy shakli……………………………………………………………………………....
9-mavzu: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish O‘quvchilarning aqliy tarbiyasi………………………………………………………………………
10-mavzu: Axborot isteʼmol qilish madaniyati…………….……………………….
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……...…………..…………..……………….


KIRISH


Talabaning mustaqil ishi – o'quv rejasida muayyan fanni o'zlashtirish uchun belgilangan o'quv ishlarining ajralmas qismidir.
"Umumiy pedagogika" fanining "Pedagogika nazariyasi" moduli bo'yicha talabalarning mustaqil ishi – shu fanning fan dasturini muvaffaqiyatli o'zlashtirishni ta'minlaydigan auditoriyadan tashqari ishlar majmuidir.
"Umumiy pedagogika" fanining "Pedagogika nazariyasi" moduli bo'yicha talabalar mustaqil ishining asosiy maqsadi bo'lajak pedagoglarning kasb bo'yicha amaliy faoliyatini erkin va mustaqil ravishda amalga oshirishga hissa qo'shadigan umumiy madaniy va kasbiy kompetentsiyalarni shakllantirishga qaratilgan yuqori malakali mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini oshirishdir.
"Pedagogika nazariyasi" modulini o'qitish doirasidagi mustaqil ish quyidagi vazifalarni hal qiladi:
- talabalarning auditoriyada va darsdan tashqari mashg'ulotlarda olgan bilim, ko'nikmalarini mustahkamlash va kengaytirish, ularni aqliy va jismoniy faoliyat-ning stereotiplariga aylantirish;
- fan dasturidagi mavzular bo'yicha qo'shimcha bilim va ko'nikmalarni egallash;
- pedagogik tadqiqot faoliyati bilan bog'liq bilim va ko'nikmalarni shakllanti-rish va rivojlantirish;
- o'zining faoliyatini tashkil etish ko'nikmalarini rivojlantirish;
- mustaqil fikrlash, o'z-o'zini rivojlantirish, o'z-o'zini takomillashtirish va o'zini o'zi anglash qobiliyatini shakllantirish;
- samarali mustaqil kasbiy nazariy, amaliy va o'quv va ilmiy-tadqiqot faoliyati ko'nikmalarini rivojlantirish.
Talabalarning mustaqil ishi har bir o'qituvchi tomonidan "Umumiy pedagogika" fanining "Pedagogika nazariyasi" moduli bo'yicha ishchi dasturda rejalashtirilgan va uning kredit turlari (soatlari) sillabusda qayd etilgan bo'lib, unda talabalar har doim mustaqil ishlarning hajmi, bajarilish vaqti va ularni bajarish natijalarini baholashda qo'yiladigan maksimal ball haqida ma'lumot olishlari mumkin.
"Pedagogika nazariyasi" moduli bo'yicha talabalarning mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllaridan foydalaniladi:
- nazariy mavzularni o'quv adabiyotlari yordamida mustaqil o'zlashtirish va berilgan mavzu bo'yicha konspekt tayyorlash;
- esse yozish;
- tavsif yozish;
- tavsifnoma yozish;
- ta'rif yozish;
- savollarga javob yozish;
- insho yozish;
- glossariy tayyorlash.




  1. Download 198.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling