Tasdiqlayman” Samarqand viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshligʻi
VII. Jamoalarni roʻyxatdan oʻtkazish
Download 55.76 Kb.
|
2023 низом Футбол лотинча (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musobaqada ishtirok etish uchun futbolchilarning pasporti, xorijga chiqish pasporti yoki ID karta boʻlishi shart.
- VIII. Musobaqa oʻtkazish shartlari
VII. Jamoalarni roʻyxatdan oʻtkazish
12. Tuman (shahar) SM va ISM direktorlari, jamoa talabnomasini tasdiqlaydi. 13. Jamoalar musobaqaga talabnoma va nizom asosida qatnashishlariga SM va ISM lar direktorlari mas’ul hisoblanadi 14. Har bir jamoa uchun 18 nafar futbolchi 2 nafar murabbiy 1 nafar jamoa rahbari 1 nafar shifokorni (sog’lomligi to’g’risidagi muxr bo’lishi shart) talabnomaga kiritilishiga ruxsat beriladi. 15. Musobaqada ishtirok etish uchun futbolchilarning pasporti, xorijga chiqish pasporti yoki ID karta boʻlishi shart. 16. O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan taqdim qilingan platformada (E-futbol.uz )ko'rsatib o'tilgan litsenziyani futbolchining ma'lumotlarini bexato, aniq to'ldirish, litsenziya bosh hakamga taqdim etiladi. 17. Musobaqada faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlgan, yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtinchalik yashab turgan futbolchilarning qatnashishlariga ruxsat beriladi. VIII. Musobaqa oʻtkazish shartlari 18. Oʻyinlar FIFAning futbol qoidalari asosida oʻtkaziladi. 19. Oʻyin qaydnomasida 18 nafar futbolchi 2 nafar murabbiy 1 nafar jamoa rahbari 1 nafar shifokor qayd etiladi. 20. Oʻyin vaqtida zahira oʻrindigʻida 7 nafar futbolchi va 2 nafar murabbiy, 1 nafar jamoa rahbari va 1 nafar shifokor boʻlishiga ruhsat beriladi. 21. Oʻyinlarning davomiyligi va maydonning oʻlchamlari quyidagicha: 13 yoshgacha–50 daqiqa (ikki boʻlim, har bir boʻlim 25 daqiqadan iborat boʻladi) Maydonning oʻlchami–kamida 45x90 m 14 yoshgacha–60 daqiqa (ikki boʻlim, har bir boʻlim 30 daqiqadan iborat boʻladi) Maydonning oʻlchami–kamida 60x90 m 15 yoshgacha–60 daqiqa (ikki boʻlim, har bir boʻlim 30 daqiqadan iborat boʻladi) Maydonning oʻlchami–kamida 68x105 m 16 yoshgacha– 70 daqiqa (ikki boʻlim, har bir boʻlim 35 daqiqadan iborat boʻladi) Maydonning oʻlchami–kamida 65x105 m 17 yoshgacha–80 daqiqa (ikki boʻlim, har bir boʻlim 40 daqiqadan iborat boʻladi) Maydonning oʻlchami–kamida 65x105 m 22. Boʻlimlar orasidagi (birinchi boʻlim tugaganligi haqidagi hushtakdan ikkinchi boʻlim boshlanganligi haqidagi hushtakkacha) tanaffus 10-15 daqiqa. 23. “Mehmonlar” libos rangini tanlash huquqiga ega. Har bir futbolchi oʻz libosida raqamga ega boʻlishi shart. Raqami yoʻq futbolchining maydonga tushishi ta’qiqlanadi. 24. Sababsiz uchrashuvga kelmagan jamoaga - : + hisobida texnik magʻlubiyat yoziladi. Raqib jamoaga esa + : - hisobida texnik gʻalaba beriladi. 25. Agarda ikkala jamoa sababsiz uchrashuvga oʻz vaqtida yetib kelmasa, unda ikkala jamoaga ham texnik magʻlubiyat yoziladi. 26. Uchrashuvga sababsiz kamida 20 daqiqa kech qolgan jamoaga texnik magʻlubiyat yoziladi. Raqib jamoaga esa texnik gʻalaba beriladi. 27. Uchrashuvni davom ettirishdan bosh tortgan hamda oʻyin yakunlanmasdan maydonni tark etgan yoki chetlatilgan futbolchi (bir necha futbolchini) maydondan chiqishni istamagan jamoaga texnik magʻlubiyat yoziladi. Raqib jamoaga esa texnik gʻalaba yoziladi. 28. Diskvalifikatsiya qilingan yoki uchrashuv qaydnomasida qayd qilinmagan futbolchi uchrashuvda ishtirok etsa, bu jamoaga texnik magʻlubiyat yoziladi. Raqib jamoaga esa texnik gʻalaba beriladi. 29. Belgilangan yoshdan katta yoki kichik yoshdagi futbolchi maydonga tushsa, jamoaning oldin oʻtkazgan barcha uchrashuvlariga texnik magʻlubiyat yoziladi va jamoa musobaqadan chetlatiladi. Jamoaning keyingi raqiblariga esa texnik gʻalaba beriladi. 30. Jamoa murabbiyi musobaqa Nizomning VIII bobini buzgan taqdirda uning kelgusidagi faoliyati SVFA tartib-intizom qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi va tegishli choralar koʻriladi. 31. Jamoa murabbiylari uchrashuv boshlanishidan 40 daqiqa oldin musobaqa bosh hakami va uchrashuvning bosh hakamiga kerakli barcha xujjatlarni taqdim etishlari shart. 32. Zaruriyat boʻlgan vaqtda uchrashuv bosh hakami maydonga chiqish oldidan belgilangan tartib asosida futbolchilarning xujjatlarini tekshirishi kerak. 33. Futbolchining libosi belgilangan talabga javob bermasa uchrashuvda ishtirok etishiga ruhsat berilmaydi. Agarda butun jamoaning liboslari talabga javob bermasa jamoaga texnik magʻlubiyat yoziladi. 34. Barcha ishtirokchilarda shitkilar, getralar, sport poyafzallari, sport liboslari boʻlishi shart. Futbolchilar uchrashuv qaydnomasida qayd etilgan raqamlar asosida maydonda harakat qilishlari shart. Download 55.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling