Tasdiqlayman” Samarqand viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshligʻi


Download 55.76 Kb.
bet4/7
Sana09.06.2023
Hajmi55.76 Kb.
#1473441
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2023 низом Футбол лотинча (2)

IX. Gʻolibni aniqlash
35.Musobaqada ishtirok etadigan jamoalar sonidan kelib chiqib musobaqaga qur’a tashlanadi va guruh bosqichi so’ng Pley–off orqali gʻoliblar aniqlanadi
Musobaqalar bir yoki ikki bosqichda tashkil etiladi. Jamoalar sonidan kelib chiqib guruhlarga boʻlingan holda so’ng Pley–off tizimida oʻtkaziladi.
36. Jamgʻarilgan ochkolarga koʻra guruhlardagi musobaqa gʻoliblari quyidagicha aniqlanadi:
Gʻalaba–3 ochko;
Durrang–1 ochko;
Magʻlubiyat–0 ochko;
37. Agarda ikkita yoki undan koʻproq jamoalarning toʻplagan ochkolari bir xil boʻlsa, unda guruh gʻolibi quyidagi qoʻshimcha koʻrsatkichlar orqali aniqlanadi:
1.Oʻzaro uchrashuvlarga qarab;
2.Kiritilgan va oʻtkazib yuborilgan toʻplarning nisbatiga qarab;
3.Eng koʻp urilgan gollar nisbatiga qarab;
4.Eng kam olingan ogohlantirishlarga qarab: (shkala: chetlatish–3 ochko, ogohlantirish – 1ochko);
38. Yuqorida qayd qilingan koʻrsatkichlar ham bir xil boʻlsa, unda jamoalarning egallagan oʻrinlari qur’a tashlash orqali aniqlanadi. (Qur’ani bosh hakamlar hay’ati oʻtkazadi).
39. Pley–off oʻyinlarida uchrashuvning asosiy vaqtida durang natija qayd etilsa, oʻyinning asosiy vaqti yakunlangach 11 metrlik nuqtadan 5 tadan jarima toʻpi tepishadi.


X. Futbolchilar va jamoa rahbarlarining javobgarligi
40. Musobaqa ishtirokchilari ushbu “NIZOM” ga qat’iy rioya qilishlari shart, shuningdek, ular raqib jamoa va muxlislarni hurmat qilishlari kerak.
41. Jamoalarning rasmiy rahbarlari hakamlar hamda hakamlar xay’atining ishiga mutlaqo aralashmasliklari va hakamlar xonasiga kirmasliklari lozim va oʻz jamoasi a’zolarining yurish–turishlariga, futbolchilarning xulqiga javobgar shaxs hisoblanishadi.
42. Jamoalar rahbarlari uchrashuv davomida va boʻsh vaqtda shogirdlarining intizomlarini ta’minlashlari shart.
43. Maydondan chetlashtirilgan futbolchi zahira oʻrindigʻida oʻtirishi man qilinadi. Chetlatilgan futbolchi yechinish xonasiga yoʻl olib, shundan keyin tribunadan uchrashuvni kuzatishi mumkin.
44. Guruhda va pley-off bosqichida ikki marta ogohlantirilgan futbolchi navbatdagi uchrashuvni oʻtkazib yuboradi.
45. Guruh baxslarida olingan ogoxlantirish (sariq kartochka) agar futbolchining jamoasi pley-off bosqichiga yoʻl olsa guruh baxslarida olingan ogohlantirish inobatga olinmaydi.
46. Guruh bahslarida maydondan chetlatilgan futbolchi (qizil kartochka) agar futbolchining jamoasi pley-off bosqichiga yoʻl olsa u holda futbolchi maydonga tusha olmaydi.
47. Maydondan chetlatilgan futbolchi keyingi oʻyinni oʻtkazib yuborishi bilan birga, uning kelgusi uchrashuvlardagi ishtiroki hakamlar qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
48. Jamoalarning murabbiylari uchrashuv davomida maxsus texnik hududdan chiqmasdan oʻyinni kuzatishlari shart.
49. Maydondondan chetlatilgan murabbiy oʻyinning qolgan qismini tribunadan kuzatib boradi va uning kelgusi uchrashuvlardagi ishtiroki hakamlar qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Download 55.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling