Tasdiqlayman” “saxari“ mchj rahbari A. Ergashev
Oʻzaro hamkorlik boʻyicha Universitetning vazifalari
Download 65.5 Kb.
|
Eleta korxonasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻzaro hamkorlik boʻyicha kollejning vazifalari
Oʻzaro hamkorlik boʻyicha Universitetning vazifalari
2.1. Universitetning sohaga oid taʼlim yoʻnalishidagi talabalarini 2-kursdan boshlab Korxonada malakaviy amaliyotlarni tizimli ravishda oʻtkazilishini hamda ixtisoslik fanlarining amaliy mashgʻulotlarini bevosita ishlab chiqarishda tashkillashtirish; 2.2. Universitetning soha mutaxassisligi boʻyicha bitiruvchilarini Korxonaga ishga joylashtirish boʻyicha aniq choralar ishlab chiqish; 2.3. Ishlab chiqarish, ilm-fan va taʼlim oʻrtasida integratsiyani chuqurlashtirish maqsadida Korxonaga tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolari mavzulari bazasini shakllantirishda ishtirok etish; 2.4. Korxonaning ilmiy-texnik rivojlantirish muammolarini Universitet bilan xoʻjalik shartnomalarini tuzgan holda amalga oshirish, xoʻjalik shartnomalarini bajarish ishlariga magistrantlar va iqtidorli talaba yoshlardan iborat tadqiqotchilarni tizimli ravishda jalb qilishni tashkil etish; 2.5. Universitet professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlari va talabalari bilan Korxonaga oid yangiliklar, rivojlantirish istiqbollari va kelgusidagi vazifalarni belgilab olish yuzasidan uchrashuvlar oʻtkazib borishni amalga oshirish; 2.6. Universitetning soha yoʻnalishlariga mos kafedralari qoshida oliy taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi innovatsion korporativ hamkorlik guruhlarini shakllantirish; 2.7. Oʻquv materiallarini Korxonaning istiqbolli vazifalari va muammolari asosida yangilash va boyitib borish; 2.8. Korxona rahbari va mutaxassislarini bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyalarida ishtirok etishi uchun sharoit yaratish; 2.9. Talabalarni ish joylariga dastlabki taqsimlashni bitiruvchi kurs soʻngida emas, balki mos ravishda ikkinchi va uchinchi kursda tahsil olayotgan davrda oʻtkazish va barcha turdagi amaliyotlarni Korxonada oʻtashni yoʻlga qoʻyish. Oʻzaro hamkorlik boʻyicha kollejning vazifalari 3.1. Universitetning sohaga mos yoʻnalishlari boʻyicha Korxonada amaliyot xonalarini ochishga yordam berish; 3.2. Universiteting taʼlim yoʻnalishidagi har bir talabaning 2-kursdan boshlab Korxonada malakaviy amaliyotlarni tizimli ravishda oʻtkazilishiga koʻmaklashish va ixtisoslik fanlarining amaliy mashgʻulotlarini bevosita ishlab chiqarishda tashkillashtirishni amalga oshirishga sharoit yaratish, sohaga mos taʼlim yoʻnalishlari mutaxassisliklari boʻyicha bitiruvchilarni ishga joylashtirish boʻyicha aniq choralar koʻrish; 3.3. Ishlab chiqarish, ilm-fan va taʼlim oʻrtasida integratsiyani chuqurlashtirish maqsadida Korxonaga tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolari mavzulari bazasini shakllantirishda koʻmaklashish; 3.4. Korxonaga tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolari boʻyicha Universitet bilan xoʻjalik shartnomalarini tuzish; 3.5. Universitet professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlari va talabalari bilan korxonaga oid yangiliklar, rivojlantirish istiqbollari va kelgusidagi vazifalarni belgilab olish yuzasidan uchrashuvlar oʻtkazib borishga sharoit yaratish; 3.6. Universitet taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari talabalari uchun, mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari va Korxonaga tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolari boʻyicha Universiteting yetakchi mutaxassislari tomonidan maʼruzalar oʻqishni tashkillashtirish; 3.7. Korxonaga tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolari boʻyicha bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyalari hamda kurs ishi va loyiha mavzularini shakllantirishda amaliy yordam berish, shart-sharoitlar yaratish; 3.8.Magistratura talabalarini korxonaning muammoli masalalariga bagʻishlangan dissertatsiya mavzulari ustida ishlashini, shuningdek, tajriba-sinovlarni Korxonada oʻtkazish, amaliyotga tatbiq etilgan ishlar mualliflari boʻlgan hamda ixtirochilik patentini qoʻlga kiritgan doktorant va magistrlarni oʻqituvchi lavozimi boʻyicha oylik ish haqi miqdorining 10 barobarigacha universitet va korxona hisobidan moddiy ragʻbatlantirish; 3.9. Universitetning sohaga mos taʼlim kafedralari qoshida shakllantiriladigan oliy taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi innovatsion korporativ guruhlarga Korxonaning yetuk mutaxassislarini biriktirish; 3.10. Universitet oʻqituvchilarining korxonada amaliy tadqiqotlar oʻtkazishga sharoit yaratib berish; 3.11. Korxonaning mutaxassislar tayyorlash sifatiga boʻlgan talablarini tizimli oʻrganib borilishini tashkil etish maqsadida stajirovkalarga kelgan Universitet professor-oʻqituvchilari uchun sharoitlar yaratib borish; 3.12. Korxonadagi boʻsh vakant oʻrinlarni universitet bitiruvchilar bilan toʻldirib borish; 3.13. Universitet oʻquv rejasida belgilangan ishlab chiqarish va malaka amaliyotlarini oʻtash davrida talabalarga amaliyotchi maqomini berish va amaliyot davri davomida imkoniyat doirasida ish haqi toʻlanadigan lavozimga ishga qabul qilish; 3.14. Korxona rahbari va mutaxassislarini bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyalarida ishtirok etishini taʼminlash; 3.15. Universitet talabasiga Korxona masʼul xodimini biriktirish, bunda biriktirilgan xodim amaliyotchi bilan ishlash koʻnikmasiga ega boʻlishini taʼminlash, Korxonada amaliyotchidan unumli foydalanishni yoʻlga qoʻyish, amaliyotchilar uchun ish joyi va amaliyot davrida foydalanish uchun zaruriy materiallar ajratilishini tashkil etish. Download 65.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling