"Tasdiqlayman" T. D. T. U. T. F. akademik litseyi
Mavzu; Doira va uning bo`laklari. Doira segmentiga ichki chizilgan aylanalar Reja
Download 178.97 Kb.
|
doira
Mavzu; Doira va uning bo`laklari. Doira segmentiga ichki chizilgan aylanalar
Reja 1. Doira va uning bo`laklari 2. Doira segmentiga ichki chizilgan aylanalar 3. Mavzuga doir masalalar. 1-ta’rif. Tekislikning berilgan nuqtadan bir xil uzoqlikda yotgan nuqtalari to‘plami aylana deb ataladi. Berilgan nuqta aylananing markazi deyiladi. Markazni aylananing biror nuqtasi bilan birlashtiruvchi kesma aylananing radiusi deyiladi. Bu kesmaning uzunligi ham radius deb ataladi va aylananing nuqtalari uning markazidan qanday masofada joylashganligini ko‘rsatadi. Aylananing ikkita A, B nuqtasini tutashtiruvchi AB kesma aylananing vatari deyiladi (5.1- chizma). Aylananing markazi- dan o‘tuvchi AC vatar diametr deyiladi. Aylana o‘zi joylashgan tekislikni ikkita — ichki va tashqi so- halarga ajratadi. Agar R — aylananing radiusi bo‘lsa, tashqi sohadagi ixtiyoriy K nuqta uchun OK > R tengsizlik, agar F ichki sohaning nuqtasi bo‘lsa, OF < R tengsizlik bajariladi. 2-ta’rif . Tekislikning berilgan O nuqtadan berilgan R son- dan katta bo‘lmagan masofada joylashgan nuqtalari to‘plami R radiusli doira deyiladi. R radiusli doiraning ixtiyoriy F nuqtasi uchun OF ≤ R teng- sizlik bajariladi. Bundan R radiusli aylana doiraning chegarasidan iborat ekanligi kelib chiqadi. 1-teorema. Bir to‘g‘ri chiziqda yotmagan uchta nuqtadan yagona aylana o‘tkazish mumkin. Isboti. A, B, C nuqtalar bir to‘g‘ri chiziqda yotmasin. AC kesmaning A va C uchlaridan teng uzoqlikda joylashgan nuqtalar A A 5.1- chizma. 5.2- chizma. to‘plami AC kesmaga o‘tkazilgan o‘rta perpendikularda yotadi (5.2-chizma). Shunga o‘xshash, A va B nuqtalardan teng uzoqlikda joylash- gan nuqtalar AB kesmaga o‘rta perpendikularda yotadi, B va C nuqtalardan teng uzoqlikda joylashgan nuqtalar BC kesmaga o‘rta perpendikularda yotadi. U vaqtda bu o‘rta perpendikularlar kesisha- digan O nuqta A, B va C nuqtalarning barchasidan teng uzoqlikda joylashgandir va, demak, ulardan o‘tuvchi aylananing markazi- dan iborat. Barcha o‘rta perpendikularlar bitta nuqtada kesishganligi- dan, aylana yagona bo‘ladi. Markaziy burchaklar. Berilgan aylananing ikkita A va B nuq- tasidan AB to‘g‘ri chiziq o‘tkazamiz (5.3- chizma). Bu to‘g‘ri chiziq tekislikni ikkita yarimtekislikka ajratadi. Aylananing bu yarimtekisliklarda yotuvchi qismlari uning yoylari deyiladi. Agar AB diametrdan iborat bo‘lsa, aylananing yoylari yarimaylanalar deyiladi. Agar AB diametr bo‘lmasa, aylananing markazi yarimtekis- liklardan biriga tegishli bo‘ladi. Aylananing ana shu yarimtekislikka tegishli yoyi yarimaylanadan katta yoy deb ataladi. Boshqa yoy esa yarimaylanadan kichik yoy deyiladi. Agar aylananing O marka- zini kichik yoyning nuqtalari bilan tutashtirsak, bu radiuslar AB vatarni kesib o‘tadi. Agar O markazni katta yoyning nuqtalari bilan tutashtirsak, bu radiuslar AB vatar bilan kesishmaydi. Download 178.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling