Tasdiqlayman” “Tabiiy fanlar fakulteti


Download 472.5 Kb.
bet3/10
Sana06.02.2023
Hajmi472.5 Kb.
#1170037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Normuminova Farangiz Ilhom Qizi KO\'M

Kurs ishining maqsadi. Umumiy oʻrta ta’lim tizimida maktab oʻquvchilarining kimyo fanining biologiya, fizika, matematika va boshqa fanlar bilan birgalikda shakllantirishga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishinining vazifalari: Umumiy oʻrta ta’lim tizimida kimyo fanining biologiya, fizika, matematika va boshqa fanlar bilan birgalikdagi oʻziga xos jihatlarini tahlil qilish;
Kimyo sanoati jarayonlari bilan muvofiqlashtirilgan kimyo fanining biologiya, fizika, matematika va boshqa fanlar bilan birgalikda, ta’lim-tarbiya jarayonidagi mavqeini oshirish tadbirlari, ularning shakl va mazmuni aks ettirilgan uslubiy ishlanmalar yaratish;
Kimyo fanining biologiya, fizika, matematika va boshqa fanlar bilan birgalikda, maqsadga muvofiq ravishda foydalaniladigan reaktivlar va qurilmalarga oʻzgartirishlar kiritish, yrim ilmiy-uslubiy masalalari hal etish;
Kimyo fanining biologiya, fizika, matematika va boshqa fanlar bilan birgalikdagi intigratsiyasini mazmunan boyitish boʻyicha ta’lim resurslarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, ular asosida oʻtkazilgan pedagogik tajriba-sinov samaradorligini aniqlash.
Kurs ishining ob’yekti sifatida umumiy oʻrta ta’lim tizimida oʻquvchilarning Tabiiy fanlar kimyo, biologiya, fizika, va boshqa fanlar bilan birgalikda koʻnikmalarini qolaversa matematik tushunchalarini shakllantirish jarayoni belgilangan.
Kurs ishining predmeti maktab oʻquvchilarining oʻquv-tadqiqotchilik koʻnikmalarini kimyo, biologiya, fizika, matematika va boshqa fanlar bilan birgalikdagi shakli, metodi, vositasi va imkoniyatlari.
Kurs ishining usullari. Ishning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holatda, nazariy metodlar (mavzuga oid ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili, umumiy oʻrta ta’lim tizimiga moʻljallangan darslik, fan dasturlari tahlili, xorijiy va mahalliy pedagogik tajribalarni oʻrganish, taqqoslash hamda umumlashtirish), empirik (tajriba-sinov ishlarini oʻtkazish, kimyo fan oʻqituvchilari bilan suhbat, soʻrovnomalar oʻtkazish, ma’lumotlarni tizimlashtirish), matematik (sifat tahlili, statistik gipotezalarni tekshirish usullari) statistik tahlil qilish usullaridan foydalanilgan.

Download 472.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling