Tasdiqlayman” Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti rektori V b. A. Jurayev


Download 34.96 Kb.
bet2/5
Sana08.11.2023
Hajmi34.96 Kb.
#1757817
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ижара баённомаси 10.2022

SO‘ZGA CHIQDI: So‘z navbati universitet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi S.Jahonovga berildi. So‘nggi 5 yilda yoshlarni oliy ta’limga qamrovi keskin oshganligi, Universitetda faoliyat olib borayotgan talabalar turar joylari talabalarning juda kam qismini qamrab olganligi sababli, talabalarning aksariyati xususiy uylarda ijara huquqi asosida yashashga majbur bo‘layotganligi, Prezidentimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan e’tibor va yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida quvonch bilan so‘zlar ekan, Prezidentimizning 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-sonli Farmonida yoshlarga juda katta imkoniyatlar yaratilganligini va ularni ijtimoiy himoyaga olish ham belgilanganligini aytib o‘tdi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 605-son qarori ijara huquqi asosida yashashga majbur bo‘layotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning barchasi uchun manzur bo‘ldi va hukumatimiz tomonidan yoshlarga bo‘lgan davlat siyosatining yorqin ifodasi bo‘lganligini ta’kidladi.
SO‘ZGA CHIQDI: Meva-sabzavotchilik va texnologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari X.Annaqulov Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 605-son qarori ijara huquqi asosida yashashga majbur bo‘layotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning barchasi uchun manzur bo‘ldi va hukumatimiz tomonidan yoshlarga bo‘lgan davlat siyosatining yorqin ifodasi bo‘lganligini ta’kidladi. Meva-sabzavotchilik va texnologiya fakultetining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalari tomonidan oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish yuzasidan bugungi kungacha ariza bilan murojaat etganlardan 53 nafarining ariza va ilovasida taqdim etilgan ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 605-son qarorining ilovasida keltirilgan “Davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan qoplab berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda belgilangan ijtimoiy mezonlarga muvofiq ekanligini ta’kidladi.

Download 34.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling