Tasdiqlayman” Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti rektori V b. A. Jurayev


Download 34.96 Kb.
bet1/5
Sana08.11.2023
Hajmi34.96 Kb.
#1757817
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ижара баённомаси 10.2022


TASDIQLAYMAN”


Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion
rivojlanish instituti rektori v.b.
A.Jurayev
____” _________ 2022-yil


Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini 2022-yil oktabr oyi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish bo‘yicha talabgorlarni tanlab olish komissiyasining yig‘ilish


B A Y O N N O M A S I


20.10.2022-yil Termiz tumani


Yig‘ilish raisi: R.Norliyev – Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor

Qatnashdilar:

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, Yoshlar ittifoqi yetakchisi, Institut xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi, Tyutorlar, Bosh auditor, Buxgalteriya mas’ul xodimi, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi mas’ul xodimi.

KUN TARTIBI:
Institutning ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini 2022-yil oktabr oyi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish bo‘yicha talabgorlarni tanlab olish to‘g‘risida


ESHITILDI: Yig‘ilishni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor, komissiya raisi R.Norliyev ochib, kun tartibidagi masala yuzasidan barcha ishtirokchilarni tanishtirdi va o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi "Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-6208-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 605-son qarori asosida tavsiya etiladigan talabalarni mezon asosida aniqlashga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Download 34.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling