«tasdiqlayman» Termiz davlat universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekani V v. b: O. Shofiyev


Download 23.65 Kb.
bet2/2
Sana20.06.2023
Hajmi23.65 Kb.
#1633817
1   2
Bog'liq
ота-оналар мажлиси

E S H I T I L D I
Kun tartibidagi tashkil etilgan yig’ilish avvalida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari H.Axmedov so‘zga chiqib, ma’ruzachi o‘z so‘zida, bugun o‘zbek filologiyasi fakultetida bo’lib o’tayotgan ota-onalar majlisi ta’lim va tarbiya jarayonida oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilar jamoasi bilan ota-onalarning muntazam aloqa qilib turishi talabalarning dars va mashg‘ulotlarga bo‘lgan mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.
Qolaversa, ikki yoqlama nazorat ularning bo‘sh vaqtlarini bo‘lmag‘ur ishlarga sarflashlariga, o‘yinqaroqlik qilishlariga monelik qiladi. Biroq bu ularning erkini cheklash, degani emas. Har narsada me’yor bo‘lgani ma’qul! Zotan, yoshlarimiz ongini chetdan singdirilayotgan soxta demokratik tamoyillardan, har xil yuzaki qarashlardan asrasak mamlakatimiz Prezidentining: “O‘zbekistonga jadal islohotlar sur’atiga mos ilg‘or kadrlar kerak” degan so‘zlari amaliy qiyofa kasb etadi.
oliy ta’lim muassasida o’rnatilgan ichki tartib hamda “Odob-axloq kodeksi” qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda talaba-qizlar uchun belgilangan formada kelishi bo’yicha tushuntirish ishlari hamda kerakli tavsiyalarni berib, “Odob-axloq kodeksi” qoidalarining 11-moddasi bilan tanishtirib o’tdim.
Xususan: “Odob-axloq kodeksi” qoidalarining 11-moddasi quyidagicha bayon etilgan.
Oliy taʼlim muassasasida kiyinish va tashqi koʻrinishga oid qoidalar
Oliy taʼlim muassasasi xodim, talaba va doktorantlari oʻz oʻqish va kasbiga mos boʻlgan zamonaviy kiyimda boʻlishlari lozim.
Oliy taʼlim muassasasi xodimi, talabasi va doktoranti boʻlgan xotin-qizlari diqqatni tortadigan, xususan, tanani shaffof koʻrsatib turadigan, yelka, koʻkrak va qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda, shuningdek, quloqchinlar, quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga turli zirak yoki metall buyumlar bilan, tanasining koʻrinib turadigan qismida pirsing yoki tatuirovkada oliy taʼlim muassasasiga kelishlari mumkin emas.
Shuningdek, talabalarning universitetga kelishi ruxsat etilgan formasiga turli din va konfessiyalar hamda submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qoʻshishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Talaba-qizlar oliy taʼlim muassasasiga och rangli va yorqin rangda boʻlmagan bluzkalarda, tizzani yopib turadigan yubka yoki odmi kostyum va toʻq rangdagi poyabzalda kelishlari lozim, shuningdek, oʻzlari bilan zaruriy oʻquv vositalarini olib kelishlari shart.
Oliy taʼlim muassasasi xodimi, talabasi va doktoranti boʻlgan erkaklar oq, havorang, och jigar rang yoki och kulrang koʻylakda, klassik uslubdagi shim yoki odmi kostyum, galstukda va toʻq rangdagi poyabzalda kelishlari lozim. Bunda, talabalar oʻzlari bilan zaruriy oʻquv vositalarini olib kelishlari shart.
Xodim, talaba va doktorantlarning auditoriya va xizmat xonalarida ustki kiyim (plash, palto, kurtka kabilar)da yurishlari taqiqlanadi.
Xodimlar, talabalar va doktorantlarning tashqi qiyofasi va kiyimlari ozoda, pokiza boʻlishi lozim.

Asos: Termiz davlat universiteti Kengashining “Odob-axloq kodeksi” 2022 yil 27 avgustdagi 1-son yig‘ilish bayonnomasi. “Odob-axloq kodeksi”ning 11-moddasi.


3-bosqich talabalarining ota-onalari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilish mana shu mavzular tegrasida kechdi. Ularda «Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash to‘g‘risida»gi Nizom talablaridan kelib chiqadigan vazifalar, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kiyinish madaniyati, davomat va yashash sharoitlari bo‘yicha ota-onalar nazoratini o‘rnatish masalalari ham muhokama qilindi.
Bugungi kundagi fakultetning yutuqlari va joiz bo’lsa kamchiliklari haqida va talabalarning tartib-intizomi haqida fikr yuritdi. Shu bilan birga iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlab, nomdor stipendiyalarga tavsiya etilayotgani bu fakultetning yutuqlaridan biri ekani haqida ham takidlab o’tdi.
Shundan so’ng, o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari Sh.Choriyev so’zga chiqib, ma’ruzachi o’z so’zida talabalarning darsga qatnashishi, kunlik davomati, darslarni o’zlashtirishi va to’lov shartnomasi asosida o’qiyotgan talabalarning to’lov shartnoma pullarini vaqtida to’lanishi haqida fikr bildirib otdi.
Shuningdek, dars mashg’ulotlari jarayonlarida dars mashg’ulotlarini past o’zlashtirayotgan talabalar to’g’risida kerakli fikr va mulohazalar bildirib o’tildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ–279-son qarori, Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2012-yil 28-dekabrdagi 508-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) bilan tasdiqlangan Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq

Kontraktning 2.2. bandida belgilangan to‘lov summasini shu bandda ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lab borish.


Respublikada belgilangan Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori yoki tariflar o‘zgarishi natijasida o‘qitish uchun belgilangan to‘lov miqdori o‘zgargan taqdirda, o‘qishning qolgan muddati uchun ta’lim muassasasiga haq to‘lash bo‘yicha bir oy muddat ichida kontraktga qo‘shimcha bitim rasmiylashtirish va to‘lov farqini to‘lash.

Ta’lim oluvchi o‘qitish uchun belgilangan to‘lov miqdorini to‘laganlik to‘g‘risidagi bank tasdiqnomasi va kontraktning bir nusxasini o‘z vaqtida hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ta’lim muassasasiga topshirish.

Tahsil olayotgan ta’lim yo‘nalishining (mutaxassisligining) tegishli malaka tavsifnomasiga muvofiq kelajakda mustaqil faoliyat yuritishga zarur bo‘lgan barcha bilimlarni egallash, dars va mashg‘ulotlarga to‘liq qatnashish.

Ta’lim muassasasi va talabalar turar joyining ichki nizomlariga qa’tiy rioya qilish, professoro‘ qituvchilar va xodimlarga hurmat bilan qarash, “Ta’lim muassasasi” obro‘siga putur yetkazadigan harakatlar qilmaslik, moddiy bazasini asrash, ziyon keltirmaslik, ziyon keltirganda o‘rnini qoplash.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
VAZIRLAR MAHKAMASINING “OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH, TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O‘QISHDAN CHETLASHTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA” 2017-YIL 20-IYUNDAGI 393-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalar hamda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 108-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-aprel,
360-son
“36. Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
a) o‘z xohishiga binoan;
b) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
g) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
e) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
z) sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
i) vafot etganligi sababli.
Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.
37. Belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo‘lgan) talaba oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.
Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini quyi kursning tegishli o‘quv semestri boshidan boshlashi mumkin.
Talabalar o‘quv yuklamasi hajmini aniqlashning shartli birliklari (kreditlar)ni o‘tkazish va jamlash tizimi joriy etilgan oliy ta’lim muassasalarida akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talabalar quyi kursdagi tegishli o‘quv semestridan boshlab faqat o‘zlashtira olmagan fanlarini (modullarni) takroran o‘qishi mumkin.
Kursdan qoldirilgan talaba ushbu Nizomning 36-bandidagi holatlar bo‘yicha talabalar safidan chetlashtirilishi mumkin”;
x) Nizomga ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Tarbiyada eng muhim vosita bu mehr va shirinso‘zlik bilan tarbiyalashdir. Bu ikki vosita bir bo‘lib, bolani shakllantiradi. Shu jumladan, ta‘limni ham g‘azab va jazolash bilan amalga oshirmagan ma‘qul. Zero, zo‘rlab berilgan ta‘lim bola xotirasidan tezda o‘chib ketadi. Oqibatda uning shu sohaga nisbatan qiziqishi so‘nadi. Hozirgi zamon psixologlari ham inson xotirasida uni qiziqtirgan faoliyatga yaqin bo‘lgan ma‘lumotlar uzoq vaqt saqlanishini asoslashmoqda.


Bundan ko‘rinadiki, ta‘limning avvali ham yaxshi tarbiyadan boshlanadi.
Bugungi kunda oliygohimizda talabalarga chuqur ta‘lim berish bilan birga ularni hayotga tayyorlashga ham katta e‘tibor qaratilmoqda. Chunki, talabalarning ayniqsa, birinchi kurs talabalarining mustaqil hayotga ko‘nikishi, ota-onasidan uzoqda, imtihonlar vaqtida, yangi jamoasidagi tengdoshlari bilan muloqotga kirishishida qiynalmasligi, ruhiy zo‘riqish olmasligi uchun qator tadbir va uchrashuvlar tashkil etiladi. Ularning ruhiy ahvoli doimiy ravishda OTM psixologi va guruh rahbari tomonidan o‘rganiladi, kuzatib boriladi. Agar talabaning ruhiy ahvolida, xarakterida salbiy tomonlar kuzatilsa, mutaxassislar tomonidan korrektsiyalashga harakat qilinadi. Ammo bunda oilaning, ota-onaning roli ham juda katta. Shu sababli biz doimiy ravishda talabalarimizning ota-onalari bilan hamkorlikda faoliyat olib borishga harakat qilamiz.
Talabalarimizning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etishdan oldin OTM psixologi tomonidan guruh talabalarining ruhiy ahvoli so‘rovnoma asosida chuqur o‘rganib chiqildi. Guruh rahbari bilan hamkorlikda har bir talabaning ruhiy va oilaviy ahvoli, qiziqishlari, jamoada o‘zini tutishi, o‘qituvchi va tengdoshlari bilan munosabati tahlil qilib chiqildi. Albatta, tahlillar o‘z natijasini berdi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, talabalarning 37 foizi ruhiy zo‘riqishdan qiynalmoqda. Talabalarning ruhiy zo‘riqishiga bir tomondan oiladagi ota-onalar, aka-ukalar o‘rtasidagi nizolar sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan talaba hayotiga ko‘nika olmaslik, imtihonlar vaqtida kuchli asabiylashish va stressning oqibatidir. Yuqoridagilardan kelib chiqib talabalarga psixolog konsulьtatsiyalariga borish taklif etildi. Universitetda nafaqat talabalar uchun, balki ularning ota-onalari uchun ham psixolog xizmati tashkil etilgani aytildi. Uchrashuvda psixolog tomonidan ota-onalarga ibratli ota-ona bo‘lish sirlari, farzandning bo‘sh vaqtini qanday unumli va qiziqarli tashkil etish, ularda estetik tarbiyani, go‘zal manzaralardan, kichik-kichik baxtli onlardan zavq olish hissini shakllantirish uchun oila bilan birgalikda muzeylarga, tabiatga, kutubxonalarga, kino-teatrga borish uning qalbida go‘zallik, mehr-muhabbatni singdirishga yordam berishi aytildi.

Majlis davomida talabalarning ota-onalari ham so’zga chiqib, farzandlarining tarbiyasiga befarq bo’lmagan ustozlarga minnatdorchilik bildirib o’tishdi va bugungi kunda yoshlar o’rtasidagi global muammolarga ham ota-onalar o’z fikrlarini bildirib o’tdilar. Ayniqsa, talabalarning uyali aloqa vositalaridan foydalanishda ota-onalar albatta cheklovlar qo’yishga va’da berdilar. Shuningdek, ota-onalar bilan aloqa daftari har 15 kunda tyutor va ota-ona tizimida yuritilishiga kelishib olindi.


Majlis so’nggida, ota-onalar farzandlarini shunday oliygohda ta’lim olayotgani, farzandlariga ta’lim va tarbiya berayotgan ustozlardan juda ham minnatdor ekanliklarini aytib universitet jamoasiga o’z tashakkurlarini izhor etdilar.
Ushbu bo’lib o’tgan majlisning mohiyati – bu kelajak yoshlarimizning qo’lida ekanligi, yoshlarni yanada masuliyatli bo’lishi, izlanuvchan va yangiliklarga intilishga undashga qaratilganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Guruh rahbari J.Nazarov guruh faoliyati, guruhda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, davomat, talabalarning о‘zlashtirish kо‘rsatkichlari, kiyinish madaniyati, iqtidorli talabalarning erishayotgan yutuqlari, TTJ, ijarada, о‘z uyi va qarindoshlarinikida yashayotgan talabalar tо‘g‘risida ota-onalariga ma’lumot berdi.
Ota-onalardan Bahodir Karimov, Dilfuza Rajapova, hamda Feruza Xolboyevalar sо‘zga chiqishib, talabalarning yashash sharoitlari, о‘qishlari haqidagi fikr-mulohazalarini bildirishdi. Guruh talabalaridan Maftuna Qayumova, Husniyabonu Muhammadiyevalar о‘z ijod namunalari bilan ota-onalarni xushnud qildi.
Majlis yakunida ota-onalarga farzandining jamoat ishlaridagi faolligi, о‘qishda erishayotgan yutuqlari uchun minnatdorchilik sifatida tashakkurnomalar taqdim etildi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, mustahkam ma‘naviy immunitetli, o‘zining fikrlarini ravon ayta oladigan, yuqori marralarga erishuvchan avlodni tarbiyalash uchun ta‘lim dargohlari bilan ota-ona, oila hamkorligi juda katta ahamiyat kasb etadi.
Download 23.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling