Tasdiqlayman” Termiz davlat universiteti rektori A. Marahimov


VI. Dastur bo‘yicha ta’lim texnologiyasining konseptual asoslari


Download 152.5 Kb.
bet5/6
Sana26.02.2023
Hajmi152.5 Kb.
#1231952
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tayanch doktorant Egamov Nazr metodologik dastur

VI. Dastur bo‘yicha ta’lim texnologiyasining konseptual asoslari

  • Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish. Ta’lim jarayoni barcha qatnashchilarining to‘laqonli rivojlanishini ko‘zda tutadi va ta’lim olayotgan ma’lum bir shaxsga, birinchi navbatda, kelajakdagi professional faoliyat bilan bog‘liq o‘qitish maqsadlarini hisobga olishga yo‘naltiriladi.

  • Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi barcha tizim belgilariga: jarayon mantiqi, uning barcha qismlari o‘zaro aloqalariga, to‘laqonlilikka ega bo‘lishi lozim.

  • Faoliyatga oid yondashuv. Ta’limni shaxsning protsessual xislatlarini shakllantirish, ta’lim oluvchining faolligini oshirish va faoliyatini qizg‘inlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyat va imkoniyatlarini, intilish va tashabbuslarini avj oldirishga yo‘naltirishni asoslab beradi.

  • Dialogik yondashuv. Ta’lim jarayoni qatnashchisi bo‘lgan sub’ektlar psixologik birligi va o‘zaro aloqalarini yaratish zaruratini asoslab beradi, u tufayli shaxsning kamol topish ijodiy jarayoni kuchayadi.

  • Hamkorlikda o‘qitishni tashkil qilish. O‘qituvchi va talabaning sub’ekt munosabatlarida hamkorlik, tenglik, demokratizm, maqsadlar va faoliyat mazmunini birgalikda ishlab chiqish, erishilgan natijalarni baholashni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratish zarurligini nazarda tutadi.

  • Muammoli o‘qitish. Bu ta’lim mazmunini muammoli taqdim etish asosiy talabalar bilan faol o‘zaro aloqa qilish usullaridan biri bo‘lib, uning davomida ilmiy bilimdagi ob’ektiv ziddiyatlar va ularni hal qilish usullarini aniqlash, dialektik fikrlashni shakllantirish va rivojlantirish, ularni amaliy faoliyatda ijodiy qo‘llash bo‘yicha mustaqil ijodiy bilim olish faoliyati ta’minlanadi.

  • Axborot taqdim etishning eng yangi vosita va usullaridan foydalanish – ta’lim jarayoniga yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini joriy qilish.

Konseptual qoidalarga asoslanib, “O‘zbekiston tarixi” bo‘yicha o‘quv axborotlari hajmi, mazmuni, strukturasi va maqsadlaridan kelib chiqib, birgalikda o‘quv rejasida belgilangan vaqtda va belgilangan sharoitlarda fan bo‘yicha davlat ta’lim standartida belgilab berilgan ta’lim maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan boshqaruv, axborot, kommunikatsiya, ta’lim vositalari va usullarini tanlash amalga oshirildi;
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling