Tasdiqlayman” Termiz davlat universiteti rektori A. Marahimov


II. Dasturdagi o‘rganilayotgan mavzularning dolzarbligi


Download 152.5 Kb.
bet2/6
Sana26.02.2023
Hajmi152.5 Kb.
#1231952
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tayanch doktorant Egamov Nazr metodologik dastur

II. Dasturdagi o‘rganilayotgan mavzularning dolzarbligi.

“Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi”dan kelib chiqqan holda O‘zbekiston tarixining predmeti, vazifalarini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun mundarijasini belgilash, O‘zbekiston tarixining eng muhim sahifalari borasida tasavvur hosil qilish, asosiy nazariy ta’limotlar va maktablar, yo‘nalishlar haqida ma’lumot keltirish, shuningdek, ilmiy metodlarga bag‘ishlangan ma’ruzalar o‘qish o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda.


O‘zbekiston tarixi dasturi bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni shakllantirish; O‘zbekiston tarixida faol qo‘llaniladigan atamalarni o‘zlashtirish va nazariy masalalarning hal qilinishi va yoritilishi, O‘zbekistonda kutubxonachilik masalasidagi yangi g’oyalar va o‘zgarishlar muhim ahamiyat kasb etadi.


III. Dasturni o‘zlashtirishga qo‘yiladigan talablar
1. O‘zbekiston tarixining dolzarb muammolari; O‘zbekiston tarixini davrlashtirish tamoyillari va uning muammoli masalalari; O‘zbekiston tarixida kutubxonachilik tarixining ahamiyati; ajdodlarimiz tarixiy tafakkurining yuksalishida kutubxonaning ta’siri haqida tasavvurga ega bo‘lishi;

  1. O‘zbekiston tarixidagi tushunchalar va ularning xususiyatlarini, O‘zbekiston tarixining taraqqiyot bosqichlarini; O‘zbekiston tarixini o‘rganishning metodologik asoslari va uni davrlashtirish tamoyillarini; Surxondaryo misolida kutubxonachilik tarixining o‘ziga xos jihatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

3. O‘zbekiston tarixini ifodalovchi manbalarni tanqidiy tahlil qilish; O‘zbekiston tarixiga oid zamonaviy qarashlar mohiyatini bilish; O‘zbekiston tarixi nazariyasi asoslarining mohiyatini anglash; arxiv va yozma manbalarni tahlil qila olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.


IV. Dasturning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Fan masalalarining ijtimoiy hayotdagi o‘rni “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va “Davlat ta’lim standartlari”da nazarda tutilgan, yoshlarni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalash bilan chambarchas bog‘liqligi orqali belgilanadi. Bu mumtoz madaniyatimiz va qadriyatlarimizni anglash, ajdodolarimiz targ‘ib etgan, ma’naviy-axloqiy mezonlarni talabalar ruhiyatida ulg‘aytirish asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston tarixini, xususan, Surxondaryodagi kutubxonalar tarixini o‘rganish yurt va millat kelajagini shakllantirishga xizmat qiladi. Ushbu fan talabalarni Vatanimiz tarixi misolida insoniyat taraqiyotining umumbashariy qonuniyatlari va muammolari bilan tanishtiradi. Ularda jamiyat, davlat, ijtimoiy taraqqiyot asoslarini chuqur tushunish, tahlil va tadqiq etish, baholash va tushuntira olish, hayotga tatbiq qilish malakasini hosil etishga ko‘maklashadi.



Download 152.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling