Tasdiqlayman” Termiz davlat universiteti rektori A. Marahimov


Download 152.5 Kb.
bet4/6
Sana26.02.2023
Hajmi152.5 Kb.
#1231952
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tayanch doktorant Egamov Nazr metodologik dastur

1.1. Tadqiq mavzusi, uning tanlanishi, o‘rganilish tarixi, mavzuning dolzarbligi, muammolari, yechimlari, farazi, ilmiy va amaliy ahamiyatini asoslash, mavzu bo‘yicha material yig‘ish, tajriba o‘tkazish, natijalarni sistemalashtirish va, nihoyat, ilmiy ishni yozish va xulosalash ham ilmiy tadqiq metodikasining tarkibiy qismlari bo‘lib, tadqiq bosqichlari va jarayonini belgilaydi.
Bundan xulosa chiqarish mumkinki, ilmiy tadqiq metodikasi uch asosiy tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi. Bular:
1) tadqiq metodologiyasi;
2) tadqiq metodlari;
3) tadqiq bosqichlari (jarayoni).
Tadqiq metodologiyasi va tadqiq metodlari tadqiqotchining ilmiy-nazariy va falsafiy-metodologik tayyorgarlik darajasi bilan bog‘liq bo‘lib, shu malaka va ko‘nikmalar asosida tadqiqotchi ma’lum bir manba ustida ilmiy o‘rganishni amalga oshiradi. Shuning uchun mustaqil ilmiy tadqiqot olimdan:
a) fan asoslari va shu fan bilan bog‘liq yondosh fanlarni chuqur o‘zlashtirishni;
b) ilmiy adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishni;
d) axborot manbalarini, ular ichida o‘ziga zarur va mavzuga aloqador ishlarni tez topish yo‘llarini egallashni;
g) o‘qilgan onglilik va izchillik bilan tatbiq etila olinadigan metodologik tamoyillarga (aniq ilmiy-falsafiy dunyoqarashga) ega bo‘lishni talab qiladi. Shunday tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassisgina o‘z faniga doir ma’lum bir mavzu (manba) ustida mustaqil ilmiy tadqiq ishiga kirisha oladi.


Asosiy qism
Dasturning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”i oliy ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini jahon standartlari darajasiga ko‘tarish vazifasini kun tartibiga qo‘ydi. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, faol demokratik yangilanishlarni amalga oshirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ana shu buyuk o‘zgarishlar jarayonida xalqimizning boy tarixi, betakror milliy qadriyatlari, bebaho ilmiy, madaniy merosi qayta tiklanib, butun bashariyatning noyob mulkiga aylandi. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma’naviyatini asrash va yanada yuksaltirish, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g‘oya va mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya qilishda Vatanimiz tarixini birlamchi manbalarga tayanib, har tomonlama va chuqur tadqiq etish, yosh avlodga haqiqiy tariximizni o‘qitish orqali ularni yuksak ma’naviyatli shaxslar etib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Dasturning vazifalaritarixiy-madaniy jarayonlarni xolisona hamda manbalarga tayangan holda tahlil qilish, ularning sabablari va mohiyatini ochib berish;
- o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, tarixiy qadriyatlarga hurmat, boy tariximizni qadrlash fazilatlarini shakllantirish;
-mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat hamda fuqarolik jamiyatini barpo etish, turli sohalardagi islohotlar, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv bilan bog‘liq tarixiy jarayonlar, voqea va hodisalarni tarixiy haqiqat tamoyillari asosida yoritish.



Download 152.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling