«tasdiqlayman» Tibbiy profilaktika fakulteti dekani prafessor G. T. Iskandarova Mavzu : Sog’lom turmush tarzi Tayyorladi : Qabul qildi : Kafedra mudiri : T. F. D. Аripov О. А. Тoshkent 022 mundarija


Download 289.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana24.12.2022
Hajmi289.06 Kb.
#1052889
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
KURS ISHI



1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH
VAZZIRLIGI TIBBIY XODIMLARINI MALAKASINI
OSHIRISHH KO’NIKMASI
«TASDIQLAYMAN»
Tibbiy profilaktika fakulteti
dekani prafessor G.T.
Iskandarova
_____________________
Mavzu : Sog’lom turmush tarzi
Tayyorladi :
Qabul qildi :
Kafedra mudiri : T.F.D. Аripov О.А.
Тoshkent 2022


2
MUNDARIJA
KIRISH............................................................................................................... 3
1. Inson salomatligi uchun qilinishi kerak bo’lgan parkezlar.........5
2. Sog‘lom turmush tarzi haqida tushuncha. Inson salomatligini qo‘llab-
quvvatlovchi omillar.................................................................... 7
3. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda tibbiyot hamshirasi ning
vazifalari......................................................................................15
4. Salomatlikni saqlashda ruhiy holatni boshqarish. Katta yoshdagilar
salomatligini muhofaza qilishning asosiy prinsiplari va sog‘lom
turmush tarzi targ‘iboti vositalari................................................. 17
5.
Sog‘lom turmush tarzida ekologiyaning ahamiyati.....................22
6. Salomatlik to’g’risoida faylasuflar fikrlari..................................26
XULOSA.............................................................................................................29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR............................................................ 30


3
KIRISH
Insonning salomatligi unda nafaqat kasallik yoki jismoniy nuqsonlarning yo'qligi,
balki jismoniy va ruhiy xotirjamligi, salomatligini yaxshilash va muhofaza qilishga
qaratilgan chora-tadbirlar bilan ham o'lchanadi.
Sog'liqni saqlash vazirligi Aholining sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va
jismoniy faolligini oshirish markazi direktori Barno ODILOVA bilan suhbatimiz
aholining salomatlik ko'rsatkichlari, kasalliklarni erta aniqlash, sog'lom turmush tarzi
tamoyillari xususida bo'ldi.
— Suhbatimizni sog'liqni saqlash tizimining birlamchi bo'g'inini takomillashtirish
hamda aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish chora-tadbirlari
yuzasidan Prezidentimiz raisligida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida berilgan
ko'rsatmalar va vazifalar mazmun- mohiyati bilan boshlasak.
— Tanqidiy ruhda o'tkazilgan yig'ilishda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami
muassasalari faoliyatini yaxshilash, ilg'or xorijiy tajriba asosida umumiy amaliyot
shifokorini oilaviy shifokorga aylantirish, ularga yordam berish uchun terapiya,
pediatriya, akusherlik va patronaj bo'yicha tibbiyot brigadalari tashkil etish, oilalar
kesimida “tibbiy xarita”larni shakl lantirish, aholi salomatligi holatini baholash va
uning elektron bazasini yaratish xususida ko'rsatmalar berildi.
Shu o'rinda qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalar aholiga eng yaqin
bo'lgan va eng ko'p murojaat qilinadigan tibbiyot bo'g'ini ekanligini eslatib o'tish
o'rinli bo'lardi. Shu bois ular faoliyatini isloh qilish bugungi kunning muhim
vazifalaridan biriga aylandi. Videoselektor yig'ilishida aholini skrining tekshiruvidan
o'tkazish, chekka hududlardagi birlamchi bo'g'in tibbiyot tizimi uchun “Qishloq
shifokori” dasturini joriy qilish, xususan, aholini to'g'ri ovqatlanish va jismoniy
tarbiyaga o'rgatish muhimligi alohida ta'kidlandi.
Darhaqiqat, oqilona ovqatlanish, jismoniy faollik, o'z vaqtida hordiq chiqarish,
shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etish, zararli odatlardan o'zini tiyish unumli mehnat
qilish, inson salomatligini yaxshilashi va muhofaza qilishning muhim omillaridan
sanaladi.


4
— Inson salomatligini belgilovchi omillar orasida tibbiyot ayni paytda qanday o'rin
tutadi?
— Ko'plar o'z salomatligini tibbiy omil bilan bog'laydi. Shu sababli, tibbiyot asosan
kasalliklarni davolashga ixtisoslashib, salomatlikning boshqa omillari, xususan,
sog'lom turmush tarziga kam e'tibor qarata bosh ladi.
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti salomatlikni belgilovchi omillarni quyidagicha
tasniflaydi: inson salomatligining 10-15 foizi ekologiya, 10-15 foizi genetika, 10-12
foizi tibbiyot tizimi darajasi, qolgan 55-60 foizi esa turmush tarziga bog'liq. Bundan
ko'rinib turibdiki, biz agar turmush tarzini qanchalik to'g'ri yurita olsak — to'g'ri
ovqatlansak, jismoniy faol, zararli odatlardan xoli, kun tartibimizni to'g'ri tashkil qila
bilsak, shunchalik sog'lom bo'lamiz.
Genetik omil qanchalik kuchli bo'lsa-da, agar inson sog'lom turmush tarziga amal
qilsa, ota yoki onadan o'tgan kasallik cheklanishi mumkin. Masalan, ota-ona agar
qandli diabet yoki gipertoniya bilan og'rigan bo'lsa, farzandlar yoshligidan ortiqcha
vazndan xoli bo'lishga harakat qilishi kerak. SHunda ularda genetik kasallik
qo'zg'almasligi yoki 30-40 da emas, balki 70-80 yoshga to'lganida uchrashi mumkin.

Download 289.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling