«tasdiqlayman» Tibbiy profilaktika fakulteti dekani prafessor G. T. Iskandarova Mavzu : Sog’lom turmush tarzi Tayyorladi : Qabul qildi : Kafedra mudiri : T. F. D. Аripov О. А. Тoshkent 022 mundarija
Sog‘lom turmush tarzida ekologiyaning ahamiyati
Download 289.06 Kb. Pdf ko'rish
|
KURS ISHI
5.Sog‘lom turmush tarzida ekologiyaning ahamiyati
Tabiat nihoyatda go‘zal, uning insoniyat uchun marhamati keng. Tabiat hayot onasi, deb bejiz aytilmagan. U kishilarni kiyintiradi, to‘ydiradi, nafas olish uchun kerak bo‘lgan havoni, hayot uchun zarur bo‘lgan suvni tozalab beradigan nafosat olami dilga huzur bag‘ishlaydi. Tarovatli bog‘-u rog‘lar, ko‘kni suyab turgandek azim tog‘lar, bag‘ri keng vodiylar turfa rangli chamanlari bilan go‘zal. Bugungi kunda insoniyatni xavf ostida qoldirayotgan hodisalardan biri ekologik vaziyat hisoblanadi. Ma’lumki, fantexnika taraqqiyoti birinchi navbatda ishlab chiqarishni tubdan o‘zgartirib, sanoat mahsulotlarini ko‘plab yetkazib berishda muhim omil vazifasini o‘taydi. Ayniqsa, fan va texnikaning beqiyos rivojlanishi mehnat sharoitining tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday taraqqiyot xoh sanoatda, xoh xalq xo‘jaligining turli sohalarida bo‘lsa-da, insonni o‘rab turgan atrof muhitning bir qadar buzilishiga va o‘z navbatida, aholi turli qatlamlarining salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishida namoyon bo‘lmoqda. Hattoki, genofondini o‘zgartirishigacha olib bormoqda. Insonning tabiiy boyliklardan o‘yla may-netmay ortiqcha foydalanishi oqibatida sayyoramizning qiyofasi borgan sari o‘zgarib, o‘rmonlar yo‘qolib, o‘simlik va hayvon turlari kamaymoqda, foydali qazilmalar tugab bormoqda. Suv havzalari, tuproq va atmosfera havosining tobora ifloslanib borishi, turli xo‘jalik faoliyati oqibatida paydo bo‘ladigan chiqindilar va sanoat korxonalaridagi chiqindi moddalarining ortib borishi natijasida, aholini ekologik toza suv, oziq-ovqat bilan ta’minlash dolzarb muammoga aylanib qolgan. Ma’lumki, keyingi yillarda bunday ekologik holat dunyo mamlakatlarida, shu bilan bir qatorda O‘zbekistonda ham e’tiborga olinib, xalqaro hamkorlikda katta ishlar olib borilmoqda. Atmosfera havosidagi zaharli omillarning tobora ko‘payib borishi faqatgina inson salomatligiga ziyon yetkazib qolmasdan, balki butun tirik jonivorlar va o‘simliklar hayotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotir. Odamlar o‘rtasida, ayniqsa, yosh bolalar orasida kasalliklarning avj olishiga sabab bo‘lmoqda. Havosiz, suvsiz hayotni tasavvur etib bo‘lmaganidek, tuproqsiz hayot bo‘lishi mumkin emas.Sog'lom turmush tarzining ahamiyati. Turmush tarzi- bu insonning ma’lum maqsad asosida 23 o’zining yashashi, hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan turmush sharoitlarini o’zlashtirish usuli.Sog’lom turmush tarzi deganda quyidagilarni e’tiborga olish zarur: -faol jismoniy harakatqilish, chiniqish jismoniy tarbya va sport bilan shug’ullanish -kun tartibini oqilona rejalashtirish va unga doimo amal qilish; jismonan va ruhan toliqishga yo’l qo’ymaslik; aqliy va jismoniy mehnatni gigiyenik talablar asosida to’g’ri rejalashtirish; -to’g’ri va sifatli ovqatlanish; -shaxsiy va umumiy gigiyena talablariga rioya qilish; -atrof-muhitni muhofaza qilish,ekologik madaniyatga erishish; -yuqumli kasalliklar, jarohatlanish va baxtsiz hodisalarning ro’y berishini oldini olish; -to’g’ri jinsiy tarbiya olish; -psixogigiyena talablariga amal qilsh; -zararli odatlarga berilmaslik. Yuqoridagi mezonlarga asoslanib quyidagi to’xtamga kelish mumkin: sog’lom turmush tarzi – bu insonning hayoti va salomatligi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ko’nikmalarga ega bo’lish asosida hayotiy faoliyatni yo’lga qo’yish hamda salomatligini yuqori darajada bo’lishiga erishishni ta’minlovchi ijtimoiy hodisadir. Respublikada amalga oshirilayotgan tub islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat ko'rsatish sharoitlarini yaratishdir. 1. Oila byudjetini to'g'ri taqsimlash. Daromadlar bilan xarajat muvozanatini saqlash katta ahamiyatga molik. Xarajatlar aniqlanganda eng avvalo, ularning eng zaruriga pul ajratish maqsadga muvofiq. Eng zarur xarajatlarga — ovqatlanish, davolanish, kommunal xizmat va bilim olish sarflari kiradi. Kiyinish, dam olish, uy jihozlash, tomosha va nihoyat to'y-marakalar esa ikkinchi darajali sarflarga kiradi. Oila mablag'ini oila a'zolarining ehtiyojlariga qarab, zarurlarini ajratib olib, to'g'ri taqsimlash davr talabidir. 2. Uy sharoiti. Kishi boshiga 9 m2 va undan ko'proq turar joy to'g'ri keladigan oilalardagi bolalarning sog'lomligi 5 m2 turar joy to'g'ri kelgan oilalarga nisbatan 7-8 harohar yuqondir. 24 Hozirgacha oilada eng katta, bahavo xona bolalarga emas, mehmonlarga ajratiladi. Eng yaxshi, qulay sharoit bolalar uchun yaratilishi kerak, degan ko'nikma ayrim oilalarda hali shakllanmagan. Oilalarda bolalar uchun eng yaxshisharoit yaratilishini targ'ib etishga ahamiyat berish lozim. 3. Ovqatlanish. Sog'lom turmush tarzini shakllantirishning muhim omilidir. Jannatmakon diyorimizda yetishtirilgan go'sht mahsulotlari, bug'doy, meva, poliz mahsulotlari vitaminliligi, to'yimliligi, mazahligi bilan dong taratgan. Ulardan tayyorlanadigan antiqa milliy taomlarimiz ham jahonni lol qoldirmoqda. Ammo, ularni rejali, muntazam iste'mol qilish ko'nikmasi to'la shakllangan deb ayta olmaymiz. Vitaminlari yetishmaydigan, kimyoviy tarkibi past, sifatsiz ovqatlarni iste'mol qilish, ulaming miqdori jihatidan ham nomutanosibligi aholi salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. O'tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra qisMoq joylarida kattalar va bolalar ovqatida V1, V2, E va S vitaminlarining miqdori ancha past darajada. Ayniqsa, bolalar organizmining yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish kuchi 25-27% pasayib ketganligi kuzatiladi. Respublikamiz aholisi turli qatlamlari o'rtasida o'tkazilgan kuzatishlar ularning asosiy qismi non va non mahsulotlarini ko'proq, iste'mol qilishini ko'rsatadi. Bir kunda iste'mol qilinadigan oziq-ovqatlar kaloriyasi 1449 ni tashkil etadi. Vaholanki, mamlakatimiz bo'yicha oziq-ovqatlar quvvati darajasi 2567 kaloriya qilib belgilangan. Respublikamiz tub aholisiga xos xususiyatlardan bin yog'li qovurilgan ovqatlarni muntazam iste'mol qilishdir. Shuni alohida ta'kidlash kerakki aholi sut va sut mahsulotlari, baliq mahsulotlarini kam iste'mol qilishi oqibatida bolalar va katta yoshdagilar orasida anemiya kasalligi ortib bormoqda. Bu ko'rsatkich, ayniqsa, qishloq aholisi o'rtasida yuqon darajada.4.Aholini yaxshi, sifatli toza ichimlik suvi bilan ta'mialash Mintaqaviy aholisining o'ziga xos xususiyatlarga, ega bo'lgan sog'lom turmush tarzining muhim omili bo'lib hisoblanadi. Gigiena qoidalariga ahamiyat bermaslik natijasida respublikada ichak kasalliklarini 70-80% hovuz-ariq va kanal suvlarini ichish, 8-13% infeksiyali ariqlarda cho'milish orqali sodir bo'lishini e'tiborga olsak, bu sohada hali aholi orasida tushuntirish ishlari olib borishimiz kerakligi aniq bo'ladi. 25 5. Aholini sanitariya-gigiena jihatdan tarbiyalash. Katta ahamiyat kasb etmoqda. Chunki jismoniy mehnatga nisbatan aqliy mehnatning ustuvorligi aholining kam harakat qilishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanmasligi, tozalikka rioya etmasligi sog'lom avlodni voyaga yetkazishimizga to'sqinlik qilmoqda. 60% oilalarda ota-onalar farzandlarining shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishini nazorat qilmaydilar. 6. Jismoniy tarbiya bilan shug'ullanish. Kishilarni, ayniqsa yosh avlodni sog'lom, harkamol bo'lib voyaga yetishiga, salomatligini mustahkam, ruhiyatini yaxshilashga olib kelishidan tashqari, kishilarga hayotda to'laroq va faolroq ishtirok etishga, o'zlarining bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishlariga imkon beradi. Odamlarning jismoniy tarbiyasi rahharlarning e'tiboridan chetda qolib ketsa, jumladan, hordiq chiqarish uchun istirohat bog'lari yaroqsiz bo'lsa, iqtisodiy qiyinchiliklarni ro'kach qilib kino teatrlar yopib qo'yilgan bo'lsa, yoshlarga bo'sh vaqtini ko'ngilli o'tkazish uchun oilada va jamoatchilikda imkoniyat yaratilmasa, ular bo'sh vaqtidan qanday foydalanayotganligini hech kim nazorat qilmasa, dunyoqarashi to'la shakllanmagan yoshlar hayotdagi "oq" va "qora"ni to'la ajrata olmaganligi tufayli qilgan jinoyatining mazmun-mohiyatini tushunmasdan shu yo'lga kiradi. 7. Ma'naviy kamolot. Biz yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bilan birga, ularning oldilariga qo'yilgan aniq ijtimoiy maqsadga erishish ruhida tarbiyalashimiz kerak 8. Sanitariya-gigiena madaniyati. O'zining gigienik buyumlariga ega bo'lish, undan to'g'ri foydalana olish, oiladagi sharoit ham mana shu sanitariya-gigiena talablariga javob berishiga erishishi lozim bo'ladi. 9. Kishining o'z salomatligini. Atrofdagi yaqinlarining salomatligini muhofaza qilib borishi xususidagi vazifalarni, radio-televidenieda, matbuotda targ'ib qilishni yo'lga qo'yish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling