«tasdiqlayman» Tibbiy profilaktika fakulteti dekani prafessor G. T. Iskandarova Mavzu : Sog’lom turmush tarzi Tayyorladi : Qabul qildi : Kafedra mudiri : T. F. D. Аripov О. А. Тoshkent 022 mundarija


Tibbiyot hamshiralarining vazifasi


Download 289.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana24.12.2022
Hajmi289.06 Kb.
#1052889
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
KURS ISHI

Tibbiyot hamshiralarining vazifasi – sog‘lom turmush tarzining mazmunini
ochib berish, kasalliklarning oldini olish, salomatlikni muhofaza qilish va
yaxshilashda uning ahamiyatini ko‘rsatish, jamiyatda yashovchi har bir fuqaroda
sog‘lom turmush kechirishga xohish uyg‘ota bilish va uni shakllantirishga
ko‘maklashishdir. Birlamchi kasallikning oldini olishni axloq va sog‘lom turmush
tarzi ko‘nikmalari ko‘rinishida mustahkamlash va rivojlantirish, aholini (uning yoshi,
jinsi va ijtimoiy guruhlarini) gigiyenik jihatdan tarbiyalash tizimining asosini tashkil
etishi kerak.
Sanitariya maorifining maqsadi – sanitariya madaniyatini oshirish, aholining
sog‘lig‘ini mustahkamlashda muhim zamin bo‘lgan gigiyena bilimlari va axloqini
shakllantirish, mehnat qobiliyatini oshirish hamda uzoq umr ko‘rishni ta’minlashdan
iborat. Sanitariya maorifi kasallanishni kamaytiradigan, dardni yengillashtiradigan
omillardan biridir, chunki sanitariya jihatidan savodli kishilargina o‘zlarini qanday
tutishni yaxshi biladilar.
Sanitariya-gigiyena ko‘nikmalarini tarbiyalash onalar va oilani, maktabgacha,
so‘ngra maktab yoshidagi bolalarni, aholining keyingi yosh guruhlarini tarbiyalashni
izchillik bilan o‘z ichiga olishi kerak. Sanitariya maorifi shifokorlarning muhim ish
uslubi, tibbiyot fani va mafkura ishining bir sohasi hamdir. Bu ishda hozirda
respublikamizda «Sog‘lom avlod uchun», «Ekosan», «Nuroniy», «Umid»
jamg‘armalari, Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlari, shuningdek, nodavlat
notijorat targ‘ibot tashkilotlari faol ishtirok etadi. Tibbiyot hamshiralari sanitariya
madaniyati darajasini oshirishda faol bo‘lishlari shart. Sanitariya maorifi xalq
ma’naviy ehtiyojlarini rivojlantirishda, kishilarni Vatanga muhabbat ruhida
tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi.
Ommaviylik sanitariya maorifining tarkibi sifatida yakka suhbatlar o‘tkazish
zarurligini inkor etmaydi. Biroq, targ‘ibot va tashviqot usullari zamon talablariga
to‘la javob berishi lozim hamda bu usullar ommaviy tus olgan bo‘lishi kerak. Aholini,
jumladan, jamoat sanitariya faollarini vujudga keltirish yo‘li bilan ularni
sanitariyasog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazishga keng jalb ettirish juda muhim.
Sanitariya maorifi targ‘iboti og‘zaki, bosma, ko‘rgazmali va aralash usullaryordamida
olib boriladi


22

Download 289.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling