Ruhiy salomatlik mezonlari
Ruhiy salomatlik mezonlari (belgilari, xususiyatlari) 1960-yillarda psixologlar
tomonidan taklif qilingan „ijobiy ruhiy salomatlik“ kontseptsiyasi asosida tuzilgan.
Kontseptsiya mustaqil qiymatga ega boʻlgan va oʻz-oʻzini anglash, oʻzini oʻzi anglash
tushunchalari orqali mazmunli tavsiflangan ijobiy jarayon sifatida shaxsning sogʻlom
ishlashini tahlil qilishga asoslanadi (K.Goldstein A.Maslou, Sh.Buhler), toʻliq huquqli
inson faoliyati (K. Rojers), haqiqiylik (J. Buzhenthal), maʼnoga intilish (V. Frankl).
Zigmund Freyd ruhiy salomatlikni „sevish va ishlash qobiliyati“ deb taʼriflagan .Ushbu
taʼrif Freyd tomonidan yaratilgan psixikaning energiya modelini aks ettiradi, unda
sogʻlom rivojlanish sublimatsiyaga, yaʼni libido energiyasini konstruktiv hayotiy
maqsadlarga (ijodkorlik va boshqa odamlar bilan yaqinlik) samarali qayta taqsimlashga
asoslangan.
Ruhiy davolash – psixoterapiyaning boshqa usul-amallari orasida autogen
mashg‘ulotlar alohida o‘rin tutadi. Uni 1909-yili nemis psixoterapevti Yogan Shuls
taklif etgan. Bu usul mohiyat-e’tibori bilan bemorni mushaklar relaksatsiyasi
(mushaklarni bo‘shashtirish) va ma’lum maqsadni ko‘zlab o‘zini o‘zi ishontirish
orqali ko‘nglida xotirjamlik, yaxshi kayfiyat va xatti-harakatlariga ishonish hissini
paydo qilishga o‘rgatadi. Ruhiy (psixologik) jihatdan bu usul o‘zini o‘zi
boshqarishning mustaqil holda amalga oshirilishiga, bemorning kasallikni yenga
olishiga katta yordam beradi.
Sanitariya maorifi va aholini gigiyenik jihatdan tarbiyalash
Sanitariya maorifi kasalliklarning oldini olish, salomatlikni mustahkamlash va
muhofaza qilish, yuksak ish qobiliyatini, faol uzoq umr ko‘rishni ta’minlash hamda
sog‘lom avlodni tarbiyalab yetishtirish maqsadida aholining sanitariya-gigiyena
madaniyatini oshirishga qaratilgan davlat, jamoat va tibbiyot tadbirlari tizimidan
iboratdir. Har bir tibbiyot hamshirasining eng muhim kasbiy burchi aholini
sanitariya-gigiyena jihatdan tarbiyalash, zararli odatlar (kashandalik, spirtli ichimlik
ichish, ko‘p ovqat yeyish)ga qarshi kurashish, salomatlikni mustahkamlashda
jismoniy tarbiya va sportning ahamiyatini targ‘ib qilish, shuningdek,
sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazishdir.
21
Do'stlaringiz bilan baham: |