«tasdiqlayman» Tibbiy profilaktika fakulteti dekani prafessor G. T. Iskandarova Mavzu : Sog’lom turmush tarzi Tayyorladi : Qabul qildi : Kafedra mudiri : T. F. D. Аripov О. А. Тoshkent 022 mundarija
Download 289.06 Kb. Pdf ko'rish
|
KURS ISHI
Ijtimoiy salomatlik – jamiyatni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jihat dan
harakatlantiruvchi omil hisoblanadi. Shuning uchun, jamiyat salomatligining asosiy ko‘rsatkichlarini bilish har bir tibbiyot hamshirasi uchun zarurdir. Kasallanish – aholi salomatligining izdan chiqish hollari bo‘lib, inson salomatligiga baho berishda katta ahamiyatga ega. Aholining kasallanishi haqidagi ma’lumotlar quyidagi manbalardan olinadi: davolash-profilaktika muassasalariga murojaat etilishiga qarab; tibbiy ko‘rik natijalariga qarab; o‘lim sabablari. Ushbu manbalardan nafaqat son jihatidan, balki sifat jihatidan ham xulosa chiqarish mumkin. Aholining kasalliligi ko‘rsatkichlariga tayangan holda tibbiyotni kelgusida rivojlantirish uchun quyidagilar e’tiborga olinadi: tibbiy yordam turlariga aholining talabi. Kerakli mutaxassislar soni va mutaxassislik turlari. Davolash-profilaktika muassasalarining soni va xillari. Tibbiyot hamshiralari faoliyati hajmi va unumdorligi. Dispanserizatsiya ishini amalga oshirish yo‘1-yo‘riqlari. 10 Bugungi kunda O‘zbekistonda aholi salomatligini saqlash uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Birlamchi tibbiy sanitariya yordami (BTSY) bu boradagi ko‘zlangan maqsadni ro‘yobga chiqarish usulidir. Birlamchi tibbiy sanitariya yordami quyidagi vazifalarning bajarilishini o‘z ichiga oladi: salomatlikni himoya qilish muammolari va ularni hal etish yo‘llarini tushuntirish; oqilona ovqatlanish, toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga erishish, onalik va bolalikni himoya qilish, oilani rejalashtirish; odamlar o‘rtasida endemik kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish, boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinatsiya o‘tkazish, keng tarqalgan kasalliklar va jarohatlanishlarning oldini olishda asosiy zarur vositalar bilan ta’minlash. 1987-yil may oyida bo‘lib o‘tgan Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining anjumanida qabul qilingan faoliyat dasturi loyihasida yer yuzida tarqalib borayotgan kasalliklar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish, aholining jamiyat uchun faol hamda unumli mehnat qilishini ta’minlash vazifalari belgilab olindi. Aholi salomatligiga ta’sir etuvchi yoki xavf tug‘diruvchi omillar xilmaxilligi va ayni paytda ta’sir ko‘rsatishi bilan xarakterlanadi. Salomatlikka ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi: 1. Download 289.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling