"Tasdiqlayman" To’raqorg’on tumani
Kuyishda birinchi tibbiy yordam
Download 308.5 Kb.
|
15 соатли ФМ конспект
Kuyishda birinchi tibbiy yordam
Kuyishlar yuqori harorat ta’sirida yuzaga keladi. Xususan. yadro zarbasi o‘choqlarida jarohatlanganlar ko‘p bo‘lishi mumkin ko‘p hollarda kuyishlar shikastlanishlar va radiatsion zararlanishlar bilan birga bo‘lishi mumkin. Umumiy uyqu arteriyasi bo‘yinning old yuzasidagi unga suyagiga bo‘g‘izning yonidan bosiladi. Teri va to‘qimalar shikastlanishining chuqurligiga qarab kuyishning to‘rt darajasi farqlanadi: yengil (1), o‘rtacha og‘irlik (11), og‘ir (lll) va ota og‘ir (lV). Kiyganlarga birinchi yordam ko‘rsatish jarayonida iliq kuchsiz sho‘r suv beriladi. Birinchi tibbiy yordam kuyganlarga qancha erta ko‘rsatilsa, ularda shuncha kamroq asoratlar seziladi. Yordam ko‘rsatishda eng avvalo yonayotgan kiyim o‘chiriladi, buning uchun shikastlanganga palto, adyol tashlanadi. Badanning kuygan qismi yuzasini qo‘l bilan. uni moy, maz va boshqa moddalar bilan surtish, kuygan yuzaga sterillangan bog‘ich qo‘yiladi. Maxsus yuzaga sterillangan bog‘ich qo‘yiladi. Maxsus konturli kuyishga qarshi bog‘ichlar ishlatilishi mumkin, ular yuz, ko‘krak, orqa, qorin. son uchun badanning ushbu joylari chegara konturlariga muvofiq oldindan tayyorlanadi, sterillanadi va maxsus tarkibga singdiriladi. Ular tasmachalar yordamida mustahkamlanadi. Qo‘l-oyoqlar keng kuyishida ular taxtakach yoki qo‘losti vositalar yordamida immobilizatsiyalanadi. Badanning ko‘p yuzasi keng kuygan taqdirda, shikastlanganni yaxshisi toza choyshabga o‘rash, shok oldini olish uchun barcha tadbirni o‘tkazish va tibbiy muassasaga tezlikda jo‘natish kerak. Ko‘z kuyishda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam unga sterillangan bog‘ichni qo‘yish va shikastlanganga tinchlik yaratishdan iborat. Napalm va boshqa yondiruvchi moddalar bilan shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsalishda birinchi navbatda ularning yonishini to‘xtatish kerak. buning uchun unga suvga botirilgan bog‘ich qo‘yiladi yoki yonayotgan uchastkalar suvga botiriladi. Alangani urib o‘chirishga urinish olov qorishmasini butun badanga yoyilishga va uning yanada intensiv yonishiga olib keladi. Yonish to‘xtagach, kuygan yuzaga sterillangan yoki maxsus kuyishga qarshi bog‘ich qo‘yiladi. Download 308.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling