"Tasdiqlayman" To’raqorg’on tumani


GP-5, GP-7, PDF-2SH gazniqoblarining tuzilishi


Download 308.5 Kb.
bet11/21
Sana04.04.2023
Hajmi308.5 Kb.
#1327710
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
15 соатли ФМ конспект

GP-5, GP-7, PDF-2SH gazniqoblarining tuzilishi
Gazniqob GP-5 havoni tozalovchi kichik o'lchamli quti GP-5, qalpoqli niqobdan (besh o'lchamli) iborat. Qalpoqli niqobning o'lchamini aniqlash uchun boshning qoq tepasidan, betdan o'tkazib iyak ostigacha aylantirib o'lchash kerak. O'lcham kattahgi 63 santimetrgacha bo'lsa gazniqob 0 o'lchamli, 63,5—65,5 sm birinchi, 66—68 sm ikkinchi, 68,5—70,5 sm uchinchi 71 sm va bundan ortig'i gazniqobning to'rtinchi o'lchamli ekanligini bildiradi. Kerakli niqobni tanlash uchun betning balandligi qanshardan to iyakning pastki nuqtasigacha o'lchash kerak. Betning yuza balandligi 99—109 mm bo'lsa birinchi o'lcham , 109—119 mm ikkinchi o'lcham, 119 mm dan
1
kattasi uchinchi o'lcham hisoblanadi.
Gazniqob GP-7 havoni tozalovchi quti, yuz qismi (MGP-maski grajdanskogo protivogaza) FGN-fuqaro gazniqobi g'ilofi, 6 dona terlamaydigan plyonka, 2 dona isituvchi manjetchadan va jilddan iborat. GP-7 gazniqobining yuz qismi uch o'lchamlidir. O'lchamli nusxadagi "Erkin" abtyurator, tugunchasimon ko'zoynak, gaplashish moslamasi, nafas olish va nafas chiqarish qalpoqchalarining tugunlari, tepaliklaidan iborat. "Eikin" obtyurator-yupqa rezina qatlami va yuz qismini ishonchli zichligini ta'minlash va betga uni zich bosilishiga erishiladi. Buning cho'zilishi niqobga bog'liq emas. Tepalik boshning yuz qismini mahkamlab turish uchun xizmat qiladi. Uning 5 tortqich tasmasi bor: peshonaniki, 2 ta chakkaniki, 2 ta bet mushaklariniki. Har bir tasma oralig'i 1 sm dan zinasimon tayanch bor raqamlar tartib raqamini ko'rsatadi va bosh orqasini yopuvchi plastina mavjud. FGN (MGP)ni yuza qismini tanlash uchun boshni eniga va tikkasiga o'lchab chiqish kerak (PDF-2Sh suzgichli bolalar gazniqobi g'ilofini tanlagandek) (8-jadval).
Gazniqob PDF-2Sh (tozalagichli maktab yoshidagi bolalar gazniqobining ikkinchi xili) 17 yoshgacha bo'lgan bolalarga mo'ljaUangan. U havoni tozalovchi quti GP-7K, yuz qismi BN-4 (MD-4) bolalar g'ilofi, to'rt turdan va bog'lamchi naychadan iborat. Tugunchasimon ko'zoynak, nafas olish va nafas chiqarish

qalpoqchalari, 5 o'lchovli raqamli tasma tepalikdan iborat. Gazniqobning yuz qismi ikki o'lchamli qilib tayyorlanadi - ikkinchi va uchinchi. Birinchi o'lchami PDF-2D gazniqob uchun ishlanadi.


Zaharlangan havoda gazniqoblardan foydalanganda: agar qalpoqh niqob teshilgan yoki ozgina yhtilgan bo'lsa, uni yuzga qo'l bilan mahkam bosish kerak. Agar oynaklari singan, yirtiq katta bo'lsa, nafas olish va chiqarish qalpoqchalaridan nafas olib bo'lmasa, birlashtiruvchi naycha teshilgan bo'lsa, ko'zni yumib havo tozalagich qutini egib, olib bo'ynini og'izga solib, barmoqlar bilan burun teshiklarini yopib, ko'zni ochmasdan nafas olish kerak. Havo tozalovchi quti teshilgan bo'lsa, loy, nonning mag'zi (yumshoq joyi) bilan berkitish mumkin. Umumqo'shin gazniqobida birlashtiruvchi naycha ishdan chiqsa, havo tozalovchi qutini niqobning yuz qismi qalpoqchasiga birlashtiradi. Gazniqobdan tashqari respirator R-2 va 7 yoshdan oshgan bolalar uchun R-2D respiratorlari ham mavjud U nafas olish a'zolarini chang-to'zon, radiaktiv moddalar, bakteriyali qurol ta'siri, tutun va aerozollardan muhofaza qiladi.
Bolalar muhofaza kamerasi KZD-4 va KZD-6 bir yarim yoshgacha bo'lgan bolalarni muhofaza qiUshga mo'ljallangan. Kamerani qo'lda yoki bolalar aravachalariga o'rnatib ohb yursa bo'ladi. Bolani kuzatib borish uchun kuzatish oynasi mavjud 10 (rasm)



Download 308.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling