"Tasdiqlayman" To’raqorg’on tumani
Download 308.5 Kb.
|
15 соатли ФМ конспект
mashhulot reja konspekti
Mavzu: Fuqaro muhofazasining himoya qurilmalari. Muhandislik qurilmalari (yertola radiasiyaga pana joylardan )foydalanish. Mahsad: O’qituvchi –xizmatchilarini favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda Fuqaro muhofazasining himoya qurilmalari. Muhandislik qurilmalari (yertola radiasiyaga pana joylardan )foydalanish. o’rgatish . Mashg’ulot rejasi: 1. Fuqaro muhofazasining himoya qurilmalari 2. Yertola radiatsiyaga qarshi pana joylar tuzulishi 3. Oddiy turdagi pana joylar 4. Ogohlantirish bo’icha harakat strukturasi -Vaht-80 minut; -Mashhulot o’tish joyi- ChQBTo’quv xonasi. -Mashhulot o’tish uslubi-Maruza; -Mashhulot turi- Nazariy. -Mashhulot o’tish foydalanilgan adabiyotlar- FM bo’yicha qonun va VM qarorlar Muhofaza inshootlari aholini muhofazalovchi ishonchli vositalar hisoblanadi. Muhofazalovchi inshootlar muhofazalash xususiyatiga bog'liq holda panagoh va radiatsiyaga qarshi panajoylarga bo'linadi. Bundan tashqari, aholini muhofazalash uchun oddiy muhofazalovchi panajoylar tayyorlanadi. Saqlanuvchi joy — bu maxsus inshoot bo'lib, u yashiringan odamlarni yadroviy portlashdan, zaharlovchi moddalardan, bakterial vositalardan, shuningdek, yuqori harorat, yong'in paytida zararli gazlardan muhofaza qiladi (1-rasimda saqlanuvchi joy rejasi ko'rsatilgan). Saqlanuvchi joy asosiy va yordamchi binolardan iborat. Asosiy binoda yashirinuvchilarni joylashtirish joyi va ikki yoki uch qavatli so'ri mavjud. Ikkinchi yordamchi binoda sanitariya tarmog'i, havoni tozalab almashtirib beruvchi kamera va sig'imi katta inshootlarda tibbiyot xonasi, oziq-ovqat saqlanadigan ombor, artezian quduq va dizelli elektrostansiya uchun xona mavjud. Saqlanuvchi joyda qoidaga muvofiq kamida ikkita kirib-chiqish eshiklari, kichik panagohlarda kirish va avariya vaqtida chiqadigan eshiklar bo'ladi. Saqlanuvchi joyda boshqa ofat yuz beiganda qo'shimcha eshiklardan narvon bilan yoki shunday ko'chaga chiqish mumkin. Halokat paytida eshiklardan yer osti yo'llari orqali shaxtaga chiqiladi. Kallakli yoki qalpoqli tuynukdan chiqiladi. Ko'p o'rinli (300 dan ortiq odam) inshootlarda quiiladigan eshiklarning bittasiga shlyuzli dahliz, zararlangan havodan muhofaza qilinadigan sirtqi va ichki shamol kirmaydigan eshiklar jihozlanadi. Havo tozalash tizimi qoidaga muvofiq ikki: havoni changlardan tozalovchi va havoni tozalab almashtiruvchi tartibda ishlaydi. Saqlanuvchi joyning energiya, suv isitish, kanalizatsiya tarmoqlari tashqi tarmoqqa ulangan. Ular shikastlanganda panagohlarda ko'chirma elektr fonarlar, suv zahiralari, chiqindilar uchun idishlar bilan ta'minlangan. Bulardan tashqari, tekshirish, nazorat qilish uchun majmua, muhofaza kiyimlari, yong'inni o'chiruvchi vositalar tayyor holatda saqlanadi. Download 308.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling