"Tasdiqlayman" To’raqorg’on tumani
Radiatsiyaga qarshi pana joylar
Download 308.5 Kb.
|
15 соатли ФМ конспект
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oddiy turdagi pana joylar
Radiatsiyaga qarshi pana joylar
Radiatsiyaga qarshi pana joylar radiaktiv (ifloslanish) zaharlanishida odamlarni ion hosil qiluvchi nurlanishdan muhofaza qiladi. Bundan tashqari to'lqin zarbasi, yorug'Uk nurlari, o'tib kiruvchi radiatsiya, neytron oqimi, ten va kiyimga radiaktiv moddalar tushishi, zaharli modda, bakteriyali vositalardan muhofazalaydi. Ko'p qavatli binolarning yerto'lalarida radiatsiyadan saqlanish uchun joy tayyorlasa bo'ladi. Muhofazalovchi pana joylarni tayyorlashda yig'ma temir beton vositalari, g'isht, yog'och materiallar, toshdan foydalansa bo'ladi. Radiatsiyadan saqlanishda devorlari muhofazalash xususiyatiga ega bo'lgan yerto'lalar, poliz mahsulotlari saqlanadigan omborlar, yer ustidagi binolardan foydalaniladi. Barcha eshik, derazalar mahkamlanadi, eshiklar kigiz yoki yumshoq gazlama bilan zich qilib yopiladi. Pana joy (30 odamga mo'ljallanganbo'lsa) tabiiy havo oqimi bilan shamollatgich va so'ruvchi quti qo'yiladi. So'ruvchi quti shamollatgichdan 1,5—2 m yuqorida qo'yiladi. Sirtqi havo chiqaruvchi qutichaga qopqoq ishlanadi. Kirish joyiga yaxshilab qalpoqcha qilinadi, u yopib ochiladigan bo'ladi. Pana joylarda suv va kanalizatsiya bo'lsa, bir kecha-kunduzga har bir odam uchun 3—4 litr suv, hojatxona, axlat to'kiladigan o'ra, so'ri, oziq-ovqat uchun javon imkoniyatlari yaratiladi (113-rasm). Yog'ochdan tiklangan uylar radiatsiya koeffitsientini taxminan 100, toshdan ishlangan uylar 800, jihozlanmagan yerto'la 7—12 marta, jihozlangani 350—400 marta kamaytiradi. Oddiy turdagi pana joylar Oddiy pana joy-larga ochiq va yopiq tirqishlar kiradi. Tir-qishlar (teshiklar)ni aholi qo'ldabor vositalar bilan mahal-liy materiallardan tayyorlaydi. Ochiq tirqish to'lqin zar-basini 1,5—2 maro-taba, yorug'lik nurlari va o'tib kiruvchi radiatsiyani 1,5—2 marta, radiaktiv zararlanish hududda nurlanish darajasini 2—3 marta kamaytiradi (114-rasm). 2
3 Yopiq tirqish yorug'lik nurlaridan to'la, to'lqin zarbasidan 2,5— 3 marta, o'tib kkuvchi radiatsiya va radiaktiv nurlanishdan 200— 300 marta muhofazalaydi. U teri va kiyimga radiaktiv, zaharlovchi modda va bakteriyali vositalar tusbisbidan saqlaydi. U ochiq joyda ustiga hech narsa qulamaydigan, yomg'ir suvi, suv bosmaydigan joyda quriladi. Oldin ochiq holda tayyorlanadi. U ilon izi yo'lak kabi to'g'ri chiziqli 15 metrdan ortiq bo'lmagan bir nechta (bo'lak) qismlardan iborat. Chuqurligi 1,8—2 metr, yuqori qismining kengligi 1,1—1,2 metr, tubi 0,8 sm. Tirqish uzunligi har bir odamga 0,5—0,6 metr hisobida aniqlanadi. Tirqishlarning sig'im miqdori 10—15 odamdan ko'pi bilan 50 odamgacha. Tirqishlar ochiq yerto'laday qaziladi, taxta yog'och bilan mahkamlanadi, ostidan uzunasiga kichik ariqcha qaziladi. O'tirishga so'ri tayyorlanadi. Ustini yog'och g'o'lalari, taxta yoki boshqa materiallar bilan yopib, qalinligi 20smqilib suvab, ustidan yana chetlarining qalinligi 20 sm, o'rtasi 40 sm qilib tuproq tortib mahkamlanadi. Chetlariga ikki tarafdan ariqchalar qaziladi. Yomg'ir suvi oqib ketishi uchun tomining umumiy qalinligi 50—60 sm bo'ladi. Kirish-chiqish eshiklari zich yopiladigan dahlizdan ichkariga kiradigan eshikka qaUn matodan parda yopiladi. Download 308.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling