"Tasdiqlayman" To’raqorg’on tumani
Download 308.5 Kb.
|
15 соатли ФМ конспект
- Bu sahifa navigatsiya:
- ZM bilan zararlanishda birinchi tibbiy yordam
mashhulot reja konspekti
Mavzu: Jarohat olganda, zaharlanganda, ko’yganda, qon ketganda, suyak singanda oz-oziga boshqalarga birinch tibbiy yordam ko’rsatish . Mahsad: O’qituvchi –xizmatchilarini favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda jarohatlangan fuqarolarga birinch tibbiy yordam ko’rsatishni o’rgatish . Mashhulot savollari: 1 Jarohat deb nimaga aytiladiq 2. Zaharlanganda birinch tibbiy yordam ko’rsatishq 3. Ko’yish klasifikasiyasi va ko’yganda tibbiy yordam ko’rsatishq 4. Qon ketganda, suyak singanda birinch tibbiy yordam ko’rsatish 5. Bexush fuqaroga sun’iy nafas oldirishni o‘tkazish tartibi -Vaht-80 minut; -Mashhulot o’tish joyi- ChQBTo’quv xonasi. -Mashhulot o’tish uslubi-Maruza; -Mashhulot turi- Nazariy. -Mashhulot o’tish foydalanilgan adabiyotlar- Tibbiy bilim asoslari FM bo’yicha qonun va VM qarorlar Jarohat - bu teri qoplamalari, shilliq pardalar, ba’zida esa chuqur to‘qimalar yaxlitligining buzilishi bilan ajralib turadigan va og‘riq, qon oqishi, bilan shikastlanishdir. Jarohatlar o‘q jarohat, tilingan jarohat, qiymalangan jarohat, tig‘ jarohat, lat jarohat, yulingan jarohat, bo‘lishi mumkin O‘q jarohatlar o‘q yoki snaryad parchasidan yuzaga keladi. Ular teshik jarohat, ya’ni kirish va chiqish jarohat yoriqlari bor jarohatlar: ko‘r jarohatlar, ya’ni o‘q va snaryad parchasi to‘qimalarda tiqilib qolgan jarohatlar; parchasi urinma bo‘yicha uchib o‘tib teri va yumshoq to‘qimalarga ularda tiqilib qolmasdan shikastlanish yelkasidan jarohatlar bo‘lishi mumkin. ZM bilan zararlanishda birinchi tibbiy yordam ZM bilan zararlangan shaxslar hayotini qutqarish uchun maxsus dorivor vositalar- antidotlar (zaharga qarshi dorilar) qo‘llash zarur. ZM bilan zararlanganda birinchi tibbiy yordam quyidagicha kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni o‘tkazish demakdir. Zarar ko‘rgan shaxsga nisbatan, ZMning turidan qat’iy nazar eng avvalo zudlik bilan protivogazni kiygizish yoki buzilgan protivogazni ishga yaroqlisi bilan almashtirish kerak. Bu ZMning nafas olish organlari orqali organizmga kirishini to‘xtatadi, shuningdek, ZMdan ko‘z. yuz terisi va qisman bosh terisini saqlaydi. Zaruriyat tug‘ilganda shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan taqdirda sun’iy nafas oldirish o‘tkaziladi (odatda, sun’iy nafas oldirish kimyoviv zararlanish o‘chog‘ida zararlangan atmosferada o‘tkazilmaydi). Keyinchalik barcha zarar ko‘rgan shaxslar kimyoviy zararlanish o‘chog‘idan BYOB (birinchi yordam bo‘limi)ga yoki davolash muassasalariga evakuatsiya qilinadi. Terini yiringlatuvchi ZM bilan zararlangan taqdirda protivogazni kiydirgandan keyin tcrining ochiq joylarini IPP suyuqligi bilan qisiman sanitar ishlov berib. barcha zarar ko‘rganlar BYOB yoki davolash muassasasiga evakuatsiya qilinadi. Terini yiringlatuvchi zaharlovchi moddalar bilan zararlanganlarga protivogazni kiygizgach. terining ochiq joylariga kimyoviy qurolga qarshi shaxsiy paket IPP suyuqligi bilan qisman sanitar ishlov beriladi va barcha zararlanganlar BYOB yoki davolash muassasasiga evakuatsiya qilinadi. Umumiy zaharlovchi moddalar bilan zararlanganda zararlangan shaxsga zudlik bilan protivogaz kiygizlib, nafas olish uchun antidot beriladi (zaharga qarshi dori solingan ampulani sindirib, protivogaz niqobi ostiga qo‘yiladi). Nafas olish to‘xtaganda sun’iy nafas oldirish bajariladi. Zararlanganlar zararlangan zonadan tezlikda oiib chiqiladi va BYOB yoki davolash muassasasiga olib ketiladi. Protivogaz kiyilgach. nafasni qaytaradigan zaharlovchi moddalar bilan zararlangan zonada bo‘lgan barcha odamlar muqarrar olib chiqiladi va eng yaqin davolash muassasasiga olib ketiladi. Yilning salqin davrida zararlanganlar issiq yopinishi va isinishi kcrak. Zararlangan zonadan chiqarilgandan keyin zararlanganlarga mutlaq tinchlik berish va nafas olishni osonlashtirish zarur (yoqa va kiyim tugmalarini, iloji bo‘lsa, kiyimning o‘zini yechish zarur). Nafasni qaytaradigan zaharlovchi moddalar bilan zararlanganda, sun’iy nafas oldirish man etiladi. Psixotomimetik zaharlovchi moddalar bilan zaharlanganda birinchi tibbiy yordam protivogazni kiygizish, terining ochiq joylarini qisman sanitar ishlov berish kerak va zararlanganlarni BYOBga, keyinchalik esa ixtisoslashgan toksikologik, psixonevrologik kasalxonalarga evakuatsiya qilinadi. ZM suv yoki ovqat bilan oshqozonga tushganda oshqozonning zondsiz yuvilishi bajariladi. Evakuatsiya paytida zararlangan shaxsda o‘zi va atrofidagilar uchun xavf tug‘diruvchi harakatli asabiylashish yoki agressiv harakatlar paydo bo‘lganda, u zambilga bog‘lab qo‘yiladi. Ko‘zdan yosh keltiruvchi va qo‘zg‘atuvchi zaharli moddalar bilan zararlanganda jarohatlanganlarga protivogaz kiygizish va ularni zararlangan zonadan olib chiqish lozim. Qo‘zg‘atishni bartaraf etish uchun ko‘z yuviladi va og‘iz toza suv bilan chayqaladi. Qo‘zg‘atuvchi ZM bilan og‘ir jarohatlanganlarga antidot beriladi. Download 308.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling