"Tasdiqlayman" To’raqorg’on tumani


Qon oqishlarining turi va ularni to‘xtatish


Download 308.5 Kb.
bet16/21
Sana04.04.2023
Hajmi308.5 Kb.
#1327710
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
15 соатли ФМ конспект

Qon oqishlarining turi va ularni to‘xtatish
Qon oqishlar jarohatlarning inson hayotiga bevosita xavf soladigan eng xavfli asoratidir. Qon oqishi deb, shikastlangan qon tomirlaridan qonning chiqishi tushuniladi. U tomirlar shikastlangani bilan yuzaga kelsa, birlamchi, bir qancha vaqt o‘tib ro‘y bersa ikkilamchi bo‘lishi mumkin.
Tomirlar shikastlangani xususiyatiga qarab qon oqish arterial, vena, kapillyar va parenximatoz turlarga bo‘linadi.
Arterial qon oqish eng xavfli hisoblanadi, unda qisqa vaqt ichida organizmdan sezilarli miqdorda qon oqishi mumkin. Arterial qon oqish belgilaridan qonning alvon rangni olishi, uning to‘xtab-to‘xtab tirqirab oqishidir.
Venadan qon oqishi arterial turiga qaraganda qonning to‘xtoviz oqishi bilan farqlanadi, qonning rangi to‘qroq bo‘lib, oqim tusini olmaydi.
Kapillyar qon oqishi terining kichik tomirlari. teriosti kletchatkasi va muskullari jarohatlanishi natijasida yuzaga keladi. Kapillyar qon oqishda jarohatning butun yuzi qonab turadi. Parenximatoz qon oqish ichki organlar: jigar, taloq, buyrak, o‘pkaning shikastlanishida paydo bo‘ladi (bu qon oqish turi hayot uchun doim xavflidir).
Qon oqish tashqi va ichki bo‘lishi mumkin.
Tashqi qon oqishda qon teri qoplamalari. ko‘rinarli shilliq pardalar yoki bo‘shliqlardan jarohatlar orqali oqadi.
Ichki qon oqishda qon to‘qimalar, organlar yoki bo‘shliqlar ichiga quyilib, qon quyilishi deb ataladi va infiltrat yoki qontalash deb ataluvchi shishni yuzaga keltiradi. Agar qon to‘qimalarga notekis singisa, va ularning bo‘linishi natijasida qon to‘la cheklangan bo‘shliq paydo qiladi va u gematoma deb ataladi. Qonning 1-2 1 miqdorida kuchli yo‘qotilishi, xususan og‘ir kombinatsiyalangan siikastlarda, o‘limga olib kelishi mumkin.
Barmoq bilan bosish nuqtalari. Qonni to‘xtatish qovuzloqini qo‘yish qoidalari.
Qon oqish turiga arterial, vena, kapillyar) va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda vositalar mavjudligiga qarab qonning vaqtincha yoki uzil-kesil to‘xtatilishi amalga oshirilad .
Hayot uchun eng xavfli bo‘lgan tashqi arterial qon oqishi qovuzloq yoki burama qo‘yish, qo‘l-oyoqni maksimal bukish holatida mahkamlash, arteriyani shikastlangan joydan yuqoriroqda barmoqlar orqali bosib turish bilan vaqtincha to‘xtatiladi. Uyqu artcriyasi jarohatni barmoq bilan bosish - arterial qon oqishni vaqtincha to‘xtatishda eng hammabop va tez usuldir. Arteriya suyak oldida yoki suyak ustida bo‘lgan joylarda bosiladi.
Chakka arteriyasi quloq suprasi oldidagi chakka suyagiga bosh jarohatlaridan qon oqishida bosh barmoq bilan bosiladi.
Pastki jag‘ arteriyasi yuzdagi jarohailardan qon oqishida pastki jag‘ burchagiga bosh barmoq bilan bosiladi. Keyin ostiga bint, salfetka yoki momiqdan qilingan qattiq valikni shikastlangan arteriya ustiga qo‘yib qisgan holda bog‘ich bilan bog‘lanadi
o‘mrov ostidagi arteriya o‘mrov ustidagi birinchi qovurg‘aga chuqurchada yelka bo‘g‘imi, yelkaning yuqori qismi yoki qo‘ltiqosti chuquri atrofida qonab turuvchi bo‘lgan paytda bosib turiladi.
Yara yelkaning o‘rta yoki pastki qismi atrofida bo‘lsa. yelka arteriyasi yelka suyagining boshchasiga bosiladi, buning uchun bosh barmoq bilan yelka bo‘g‘imining yuqori yuzasiga tayanib, qolgan barmoqlar bilan arteriya qisib turiladi.
Yelka arteriyasi yelka suyagiga. ichki tomonidan ikki boshli muskul yonidan bosiladi.
Bilak arteriyasi bilak suyagiga panjaning bilak oldi qismi atrofidagi bosh barmoq oldiga panja arteriyalarining shikasilanishida bosiladi.
Son arteriyasi chot atrofida qov supachasi suyagiga musht bilan bosiladi (bu son arteriyasi o‘rta va pastki qismlarida shikastlangan taqdirda bajariladi). Boldir yoki oyoq yuzi atrofldagi jarohatdan arterial qon oqish sodir bo‘lsa, taqim chuqurchasi atrofida taqim arteriyasi bosiladi. buning uchun bosh barmoqlar tizza bo‘g‘imining old yuzasiga qo‘yilib. qolgan barmoqlar bilan arteriya suyakka bosiladi.
Oyoq yuzida oyoq yuzi orqasidagi aretriyalarni suyaklarga qisish. keyin esa oyoq yuziga bosib turadigan bog‘ich, og‘ir arterial qon oqishlarda esa boldir atrofiga qovuzloq qo‘yish mumkin.
Tomirni barmoq bilan bosib. qayerda nima mumkin bo‘lsa. jarohatga qovuzloq yoki bog‘lama va sterillangan bog‘ichni tezda qo‘yish kerak.
Qovuzloqni qo‘yish - qo‘l-oyoqdagi yirik arterial tomirlar jarohatlanishida qon oqishni vaqtincha ro‘xtatishning asosiy usulidir. Qovuzloq son, boldir, yelka va bilakka qon oqayotgan joydan yuqoriroqqa, jarohatga yaqinroq, terini qisib qo‘ymaslik uchun kiyim yoki binidan qilingan yumshoq taglik ustidan qo‘yiladi. Qovuzloq qon oqishni toxtatish uchun kuch bilan qo‘yiladi. To‘qimalarni haddan tashqari qattiq bosish natijasida aksar hollarda qo‘l-oyoqlarning asab stvollari jarohatlanadi. Agar qo‘yilgan qovuzloq yetarli darajada qattiq qo‘yilgan bo‘lmasa arterial qon oqish kuchayadi, chunki qo‘l-oyoqlardan chiqayotgan qon oqimi venalardan o‘tadi va shunda faqat venalar qisiladi. Qovuzloqning to‘g‘ri qo‘yilganligi periferik tomirdagi tomir urishi yo‘qligi bilan qovuzloq qo‘yilgan vaqt sana, soat va daqiqalar ko‘rsatilgan holda xatga yoziladi va u qovuzloq yo‘liga yaxshi ko‘rinadigan qilib qistirib qo‘yiladi. Qovuzloq qo‘yilgan qo‘l-oyoq xususan qish paytida issiq yopiladi, lckin grelka qo‘yilmaydi. Shkastlanganga shpris-tyubikdan og‘riqqa qarshi vosita kiritiladi.

Download 308.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling