"Tasdiqlayman" To’raqorg’on tumani


Sinishlar va birinchi yordam usullari


Download 308.5 Kb.
bet18/21
Sana04.04.2023
Hajmi308.5 Kb.
#1327710
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
15 соатли ФМ конспект

Sinishlar va birinchi yordam usullari
Sinishlarni doim oson bilib bo‘lmaydi. shuning uchun shubhali hollarda birinchi libbiy yordam sinishlardagi ko‘rsatiladi.
Sinishlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning asosiy qoidasi
jarohatlangan shaxs hayotini saqlashi mumkin bo‘lgan usullar birinchi navbatda bajariladi: arterial qon oqishni to‘xtatish; shikast shokining oldini olish, keyin esa jarohatga sterillangan bog‘ich qo‘yish va tabel yoki qo‘l osti vositalari yordamida immobilizatsiyalash o‘tkaziladi.
Immobilizatsiyalashning asosiy maqsadi joyida suyaklarning harakatsizligiga erishishdir. Bunda og‘riq kamayadi, bu esa jarohat shokining oldini olishga ko‘maklashda. Immobilizaisiyalashni o‘tkazish usullari asrab-avaylaydigan bo‘lishi kerak. Sinish joyining harakatsizligi maxsus turgan bo‘g‘imlarni (sinishdan yuqori va quyi joylar) fiksatsiya qilish orqali qo‘yish bilan ta’minlanadi. Bunday immobilizatsiya transport immobilizatsiyasi deb ataladi.
Transport taxtakachlarining asosiy turlari: metall zinali va setkali, fanerali, Diterixsning maxsus yog‘och taxtakachlari.
Shkastlangan shaxsda bir nccha suyaklar singan taqdirda birinchi tibbiy yordam quyidagi tartibda ko‘rsatiladi: qon oqish to‘xtatiladi, jarohatlarga sterillangan bog‘ichlar qo‘yiladi, og‘riqqa qarshi vositalar kiritiladi va eng avvalo hayot uchun eng xavfli bo‘lgan sinishlar, keyinchalik boshqa sinishlar immobilizatsiyalanishi bajariladi.
Sun’iy nafas oldirishni o‘tkazish tartibi
Yurak faoliyati va nafas olishning kutilmaganda to‘xtab qolishida klinik o‘lim holati yuzaga keladi. Agar yurakning bilvosita massajiga va sun’iy nafas oldirishga tezda kirishilsa, shikastlanganlarni qutqarish mumkin.
Nafas olish va yurak faoliyatining kutilmaganda to‘xtab qolishi elektr tokidan shikastlanganda. cho‘kkanda va bir qator boshqa hollarda nafas yo‘llari qisilib yoki yopilib qolishida sodir bo‘lishi mumkin. Sun’iy nafas oldirish uchun o‘pkaga havoni yo‘naltiruvchi maxsus asboblarni ishlatish eng samarali hisoblanadi. Bunday asboblar bo‘lmaganda, sun’iy nafas oldirish turli usullar bilan bajariladi, ulardan «og‘izdan og‘izga» usuli keng tarqalgan.
Sun’iy nafas oldirishni boshlash oldidan shikastlanganni chalqancha yotqizib, uning havo o‘tadigan organlari havo o‘tishi uchun ochiq ekaniga amin bo‘lish, buning uchun boshi, iloji boricha, orqa tomonga tashlanishi kerak. Jag‘lar qisilgnda pastki jag‘ni oldinga olish va iyakni bosib, og‘izni ochish. keyin esa og‘iz bo‘shlig‘ini so‘lak. qusuq narsalardan salfetka bilan tozalash va sun’iy nafas oldirishga kirishish lozim: shikastlanganning ochiq og‘ziga bir qavatli salfetkani (dastro‘molni) qo‘yish, burnini qisish, chuqur nafas olib, labni shikastlangan shaxs labiga germetik holda zich qo‘yib, uning og‘ziga kuch bilan havo yo‘naltirish kerak. Yunaltiriladigan havo miqdori shunday bo‘lishi kerakki, toki u har safar o‘pkaning iloji boricha yanada tolaroq kengayishiga olib kelsin, bu esa ko‘krak qafasi harakatidan aniqlanadi, Havo kam miqdorda yo‘naltirilganda, sun’iy nafas oldirish samarali bo‘lmaydi. Tabiiy nafas olish tiklanguncha havo ritmik tarzda bir daqiqada 16-18 marta beriladi. Pastki jag‘ yaralangan taqdirda sun’iy nafas oldirish boshqa usul bilan bajarilishi mumkin, unda havo shikastlanganning burni orqali beriladi. Bunda uning og‘zi yopiq bo‘lishi shart Odamning ishonchli belgilari aniqlanganda sun’iy nafas oldirish to‘xtatiladi.
Yurak faoliyatining nogahon to‘xtagandagi belgilari tomir urishining, yurak urishining yo‘qligi, qorachiq laming yorug‘likka reaksiyasi yo‘qligi (qorachiqlar kengaygan) ko‘ringanda, zudlik bilan yurakning bilvosita massajiga kirishiladi: shikastlangan orqasi bilan yotqiziladi, u qattiq narsa ustiga yotishi kerak. Uning chap tomonidan turib. ko‘krak suyagining pastki qismi atrofiga kaftlar ustma-ust qo‘yiladi.
Ko‘krak suyagiga daqiqasiga 50-60 marta keskin ritmik itargan holda bosiladi, har bir itarishdan keyin ko‘krak ustidan qo‘llar olinadi. Ko‘krak qafasining old devori 3-4 smdan kam bo‘lmagan chuqurlikka siljishi kerak.
Mashg’ulot rahbari Usmonov.A
“Tasdihlayman”
NamMPI qoshidagi To’raqorg’on
Akademik maktab direktori, F M
boshlig’i: N.Ibragimova

Maktab O’qituvchi –xizmatchilarini favqulodda vaziyatlardan muxofaza qilish soxasida va fuhoro muxofazasiga tayyorlash bўyicha



Download 308.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling