Tasdiqlayman” Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali direktori Sh. T. Hasanov


II. HAMKORLIK SHARTNOMASI BO‘YICHA TOMONLARNING MAJBURIYATLARI


Download 67.5 Kb.
bet2/4
Sana04.04.2023
Hajmi67.5 Kb.
#1328483
1   2   3   4
II. HAMKORLIK SHARTNOMASI BO‘YICHA TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
2.1 Oʻzaro hamkorlik boʻyicha Kafedraning majburiyatlari
2.1.1. Kafedraning sohaga oid taʼlim yoʻnalishidagi har bir talabasini 2-kursdan boshlab ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligida malakaviy amaliyotlarni tizimli ravishda oʻtkazilishini hamda ixtisoslik fanlarining amaliy mashgʻulotlarini bevosita ishlab chiqarishda tashkillashtirish.
2.1.2. Kafedraning soha mutaxassisligi boʻyicha bitiruvchilarini ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligida ishga joylashtirish boʻyicha aniq choralar ishlab chiqish.
2.1.3. Ishlab chiqarish, ilm-fan va taʼlim oʻrtasida integratsiyani chuqurlashtirish maqsadida ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligiga tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolari mavzulari bazasini shakllantirishda ishtirok etish.
2.1.4. Ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligining ilmiy-texnik rivojlantirish muammolarini kafedra bilan xoʻjalik shartnomalarini tuzgan holda amalga oshirish, xoʻjalik shartnomalarini bajarish ishlariga doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talaba yoshlardan iborat tadqiqotchilarni tizimli ravishda jalb qilishni tashkil etish.
2.1.5. Kafedra professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlari va talabalari bilan ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligiga oid yangiliklar, rivojlantirish istiqbollari, taʼlim mazmunini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va kelgusidagi vazifalarni belgilab olish yuzasidan uchrashuvlar oʻtkazib borishni amalga oshirish.
2.1.6. Universitetning soha yoʻnalishlariga mos kafedralari qoshida oliy taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi innovatsion korporativ hamkorlik guruhlarini shakllantirish;
2.1.7. Oʻquv materiallarini ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligining istiqbolli vazifalari va muammolari asosida yangilash va boyitib borish;
2.1.8. Ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligi rahbari va mutaxassislarini bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyalarida ishtirok etishi uchun sharoit yaratish;
2.1.9. Talabalarni ish joylariga dastlabki taqsimlashni bitiruvchi kurs soʻngida emas, balki mos ravishda ikkinchi va uchinchi kursda tahsil olayotgan davrda oʻtkazish va barcha turdagi amaliyotlarni ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligida oʻtashni yoʻlga qoʻyish.
2.1.10. Filial talaba – magistrantlarining malakaviy amaliyotlarini tashkilotda o‘tkazish uchun muddatlarini o‘quv rejalaridagi amaliyot davriga muvofiqlashtiradi.



Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling