Tasdiqlayman” Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali direktori Sh. T. Hasanov


III. “FARBOMA SELEKT” ILMIY URUG‘CHILIK FERMER XO‘JALIGINING MAJBURIYATLARI


Download 67.5 Kb.
bet3/4
Sana04.04.2023
Hajmi67.5 Kb.
#1328483
1   2   3   4
III. “FARBOMA SELEKT” ILMIY URUG‘CHILIK FERMER XO‘JALIGINING MAJBURIYATLARI
3.1. Kafedraning sohaga mos yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligini rivojlantirishga yordam berish.
3.2. Kafedraning taʼlim yoʻnalishidagi har bir talabaning 2-kursdan boshlab ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligiga malakaviy amaliyotlarni tizimli ravishda oʻtkazilishiga koʻmaklashish va ixtisoslik fanlarining amaliy mashgʻulotlarini bevosita ishlab chiqarishda tashkillashtirishni amalga oshirishga sharoit yaratish, sohaga mos taʼlim yoʻnalishlari mutaxassisliklari boʻyicha bitiruvchilarni ishga joylashtirish boʻyicha aniq choralar koʻrish.
3.3. Ishlab chiqarish, ilm-fan va taʼlim oʻrtasida integratsiyani chuqurlashtirish maqsadida ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligiga tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolari mavzulari bazasini shakllantirishda koʻmaklashish.
3.4. Ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligiga tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolari boʻyicha Kafedra (Universitet) bilan xoʻjalik shartnomalarini tuzish.
3.5. Kafedra professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlari va talabalari bilan ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligiga oid yangiliklar, rivojlantirish istiqbollari, taʼlim mazmunini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va kelgusidagi vazifalarni belgilab olish yuzasidan uchrashuvlar oʻtkazib borishga sharoit yaratish.
3.6. Kafedra taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari talabalari uchun, mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari va ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligiga tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolari boʻyicha ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligining yetakchi mutaxassislari tomonidan maʼruzalar oʻqishni tashkillashtirish.
3.7. Ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligiga tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muommolari boʻyicha bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyalari hamda kurs ishi va loyiha mavzularini shakllantirishda amaliy yordam berish, shart-sharoitlar yaratish.
3.8. Doktorantlar, magistratura talabalarini, ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligiga muammoli masalalariga bagʻishlangan dissertatsiya mavzulari ustida ishlashini, shuningdek, tajriba-sinovlarni ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligida oʻtkazish, amaliyotga tatbiq etilgan ishlar mualliflari boʻlgan hamda ixtirochilik patentini qoʻlga kiritgan doktorant va magistrantlari oʻqituvchi lavozimi boʻyicha oylik ish haqi miqdorining 10 barobarigacha korxona hisobidan moddiy ragʻbatlantirish.
3.9. Universitetning sohaga mos taʼlim kafedralari qoshida shakllantiriladigan oliy taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi innovatsion korporativ guruhlarga ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligining yetuk mutaxassislarini biriktirish;
3.10. Kafedra oʻqituvchilarining ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligiga amaliy tadqiqotlar oʻtkazishiga sharoit yaratib berish.
3.11. Ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligining mutaxassislar tayyorlash sifatiga boʻlgan talablarini tizimli oʻrganib borilishini tashkil etish maqsadida stajirovkalarga kelgan kafedra professor-oʻqituvchilari uchun sharoitlar yaratib borish;
3.12. Taʼtillar davrida Kafedra talabalarini ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligiga vaqtinchalik ish bilan taʼminlash.
3.13. Ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligidagi boʻsh vakant oʻrinlarni malakali bitiruvchilar bilan toʻldirib borish.
3.14. Kafedra oʻquv rejasida belgilangan ishlab chiqarish va malaka amaliyotlarini oʻtash davrida talabalarga amaliyotchi maqomini berish va amaliyot davri davomida imkoniyat doirasida ish haqi toʻlanadigan lavozimga ishga qabul qilish.
3.15. Ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligi rahbari va mutaxassislarini bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyalarida ishtirok etishini taʼminlash.
3.16. Kafedra talabalariga ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligining masʼul xodimini biriktirish, bunda biriktirilgan xodim amaliyotchi bilan ishlash koʻnikmasiga ega boʻlishini taʼminlash, ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligiga amaliyotchidan unumli foydalanishni yoʻlga qoʻyish, amaliyotchilar uchun ish joyi va amaliyot davrida foydalanish uchun zaruriy materiallar ajratilishini tashkil etish.
3.17. Malakaviy amaliyot davrining davomiyligi, amalga oshiriladigan ishlar turiga qarab talabalarga haq to‘lanadigan amaliyotlarni tashkil qilish;
3.18. Sohalar bo‘yicha amaliyot davrlarida o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini shakllantirgan, kelgusida shu sohada ishlash istagida bo‘lgan tirishqoq va intiluvchan bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash;


Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling