16
Qovuzloqli diuretiklar ( Na
+
/K
+
/2Cl
-
kotransporti ingibitorlari): Furosemid,
Torasemid, Bumetanid, Etakrin kislota, Piretanid.
Furosemid – parenteral ( 1%-2 ml-40 mg ampula) va enteral ( 40 mg tabletka)
shakllari mavjud.
Furasemidga yaqin bo„lgan bufenoks. Chiqarilish shakli 0,025%-2ml va tabletkasi
0,001.
Uregit-tabletkasi 50mg.
Torasemid tabletkasi 10mg, 20mg, 50mg, 100mg, 200mg. In‟eksiya uchun eritma
1ta ampula (4ml) -20mg.
Qovuzloqli diuretiklar – genli qovuzlog„i ko„tariluvchi
qismining semiz
segmentiga ta‟sir etadi. Filtratsiyalangan Na
+
ning taxminan 65%i
proksimal
kanalchalarda reabsorbsiyalanadi. Ammo nefronning ushbu qismiga ta‟sir etuvchi
diuretiklarning samaradorligi past bo„lib, bu reabsorbsiyalanmagan
natriyning
Genli qovuzlog„i ko„tariluvchi qismining semiz segmentida qayta so„rilishi bilan
bog„liq. Shuningdek nefronning distal qismiga ta‟sir
etuvchi diuretiklarning
samarasi ham nisbatan past bo„ladi, chunki bu qismgacha filtratsiyalangan
natriyning ko„p qismi reabsorbsiyalanib (5-10%i etib keladi) bo„ladi.
Shuning
uchun Genli qovuzlog„ining semiz segmentiga ta‟sir etuvchi dori vositalari eng
samarali diuretiklar hisoblanadi.
Ta’sir mexanizmi. Genli qovuzlog„i ko„tariluvchi
qismining semiz segmentida
natriy, kaliy va xlor ionlari kanalcha bo„shlig„idan epiteliy hujayrasiga
Na
+
/K
+
/2Cl
-
kotransporti orqali tashiladi. Ushbu jarayon natijasida hosil bo„lgan
energiya hisobiga kalsiy va magniy ionlari ham epiteliy hujayrasiga o„tadi.
Qovuzloqli diuretiklar Na
+
/K
+
/2Cl
-
kotransportini ingibirlash orqali natriy, kaliy va
xlor ionlarining reabsorbsiyasini cheklaydi. Natijada natriyurez, kaliyurez, xlorurez
va diurez rivojlanadi. Shuningdek kalsiy va magniy
ionlarining ekskretsiyasi
oshadi. Uzoq muddat va yuqori dozalarda qo„llanilganda gipoxloremik alkaloz
rivojlanadi.