“tasdiqlayman”


O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi


Download 1.86 Mb.
bet2/3
Sana18.02.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1212489
1   2   3
Bog'liq
OCHIQ DARS FIZIKA

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: Og’zaki bayon qilish, “Hamkorlikda kichik guruhlarda ishlash”.
Shakl: Suhbat-muhokama, jamoa va kichik guruhlarda ishlash.
Vosita: Momentlar qoidasiga asoslanib ishlaydigan mexanizmlar mavzusi asosidagi slayd va plakatlar.
Usul: Tayyor slayd, plakatlar asosida.
Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javoblar, muhokama, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish.
Baholash: Rag’batlantirish, 5 balli tizim asosida baholash.

Kutiladigan natijalar

O’qituvchi: Mavzu qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtiriladi. O’quvchilarning faolligi oshadi. O’quvchilarda darsga nisbatan qiziqish uyg’onadi. Mavzuda o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar va kompetensiyalardan kelib chiqqan holda o’quvchilar bilimi baholanadi. O’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishadi. O’quvchilar og’zaki va yozma axborotlarni mustaqil o’rganish, uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va savollarga javob berishga o’rgatiladi.
O’quvchi: Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka va guruh bo’lib ishlash malakasiga ega bo’ladi. Og’zaki va yozma nutqi rivojlanadi. Eslab qolish qobiliyati (xotirasi) mustahkamlanadi.O’z-o’zini nazorat qilish, ijodiy va tanqidiy fikrlash ko’nikmasi shakllanadi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo’ladi. Jarayonni baholay oladi va munosabat bildiradi.

Kelgusi rejalar (tahlil, o’zgarishlar)

O’qituvchi:
Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtiradi va darsga tatbiq etib, takomillashtirishga erishadi. O’z ustida ishlaydi. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog’laydi va solishtiradi. Pedagogik mahoratini oshiradi.
O’quvchi:
Matn bilan mustaqil ishlashni o’rganadi.O’z fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzu asosida qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi.O’z fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi. Fizik jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish, ekologik madaniyat, tajribalarni o’tkazish uchun zarur jihozlar bilan ishlay olish, fizikadan olgan bilimlarini amaliyotda qo’llash kompetensiyalarini egallaydi.

Dars taqsimoti:


1.Tashkiliy qismi 3 daqiqa
2.O’tgan mavzuni mustahkamlash 10 daqiqa
3. Yangi mavzuni o’rganish 15 daqiqa
4.Mustahkamlash 10 daqiqa
5.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa.
6. Uyga vazifa 3 daqiqa.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling