tasdiqlayman
Download 1.86 Mb.
|
OCHIQ DARS FIZIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy mаqsаd
- Dars metodi
- O’tilgan mavzuni takrorlash
- Yangi mavzu bayoni.
- POLISPAST Yangi mavzuni mustahkamlash.
- O’IBDO’: __________ _________________________________
Ta`limiy mаqsаd: Dars jarayonida Momentlar qoidasiga asoslanib ishlaydigan mexanizmlarni turmush va texnikada qo’llanilishi to’g’risida bilim va ko’nikmalarini hosil qilish. Fizik obyekt, hodisa, jarayonlarni tushunish, tanishish, izohlash kompetensiyasini shakllantirish.
Tarbiyaviy mаqsаd: Fizika darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlarda ta’lim va tarbiyaning uzviyligiga, estetik va axloqiy tarbiyaga e’tibor qaratish kabi milliy va umummadaniy kompetensiyani shakllantirish. Rivojlantiruvchi maqsad: O’z-o’zini ma’naviy, ruhiy va intellektual rivojlantirishi, hayoti davomida mustaqil holda o’qib o’rganishi, bilim va tajribani muntazam oshirib borishi kabi o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish. Dars metodi: Hamkorlikda kichik guruhlar bilan ishlash. Dars turi: Suhbat- muhokama, o`quvchilar bilimini shakllantirish. Darsni jihozlash. Plakatlar,slaydlar, texnik vositalar. Darsning borishi I. Tashkiliy qism. Salomlashiladi, davomat olinadi, o’quvchilarning va sinf xonasining darsga tayyorgarligi ko’zdan kechiriladi, o’quvchilar guruhlarga bo’linadi. 2. O’tilgan mavzuni takrorlash: O’tilgan mavzu zinama-zina metodi yordamida takrorlanib olinadi. Plakatda savollar zinama-zina tarzida pastadan yuqoriga qarab murakkablashib boradi. O’quvchilar har bir zinadagi savollarga javob beradilar va 1 balldan 5 ballgacha baholanadilar. Yangi mavzu bayoni. Mexanikaning kuchlar ta’siri ostida bo’lgan jismlar yoki jismlar sistemasining muvozanatda bo’lish holatlarini o’rgatuvchi bo’limi “Statika” deb ataladi Statika so’zi grekcha “statos” so’zidan olingan bo’lib, “qo’zg’almas” degan ma’noni anglatadi. Jismning muvozanatda bo’lish holati - Tinch turgan yoki tekis harakat qilayotgan jism holati tushiniladi. Jismni muvozanatda turishini o’rganishimiz uchun bizga “Kuch momenti” degan kattalik zarur bo’ladi. Kuch momenti-jismga ta’sir qiluvchi kuchni kuch yelkasiga ko’paytmasiga teng bo’lgan fizik kattalikga aytiladi “M” harfi bilan belgilanadi. M=F∙ l F-kuch l-kuch yelkasi [M]=1N∙m Jism kuch momenti ta’sirida aylanish o‘qi atrofi da buriladi. Bunda jismga ta’sir etayotgan kuch momenti, juft kuch ta’siriga o‘xshash bo’ladi. Juft kuch deyilganda, yo’nalishi qarama-qarshi, kattaliklari teng, lekin bir o’qda yotmaydigan kuchlar tushuniladi.Bunga misol tariqasida avtomobil rulining burilishini keltirish mumkin. Aylanish o’qi rulning o’rtasida bo’lib, unga juft F1 kuchlar ta’sir etadi.Natijaviy kuch momenti rulni bir tomonga burovchi momentlarni o’zaro qo’shib topiladi. Yukni ko’tarish davomida Yuk bilan birgalikda harakatlanadigan blok qo’zg’almasdan qolsa, blok ko’cha blok deyiladi.Ko’char blok u ko’chmas blok deyiladi. kuchdan 2 marta yutuq beradi. Ko’char blok kuchdan yutuq bermaydi. POLISPAST Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzu tushunchalar jadvali, Keys stadi kabi metodlar yordamida mustahkamlanib olinadi. O’quvchilarni baholash: Darsda faol qatnashgan o’quvchilar 5 ballik tizmda baholanib, rag’bat kartochkalari tarqatiladi. Uyga vazifa : 73-bet 3-mashqdagi 2-3-4-masalalarni yechish va mavzuga doir testlar tuzib kelish. O’IBDO’: __________ _________________________________ Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling