Tasdiqlayman’’


Amaliy topshiriqlarni baholash mezoni


Download 124.82 Kb.
bet3/29
Sana28.03.2023
Hajmi124.82 Kb.
#1303549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Tarix yangi mavzular konspekt

Amaliy topshiriqlarni baholash mezoni

Topshiriqni to’liq bajara olsa, mavzu bilan bog’liq hayotiy misollar keltira olsa

“5”

Topshiriqqa javob bera olsa

“4”

Berilgan topshiriqni qisman bajara olsa

“3”

Berilgan topshiriqni amaliy bajara olmasa

“2”



Mavzu: Kirish . Rossiya imperiyasi bosqini arafasida Buxoro amirligi, Qo’qon va Xiva xonliklaridagi ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy ahvoli.
Reja:

  1. XIX asrning o‘rtalarida O‘rta Osiyo xonliklarining siyosiy, iqtisodiy holati.

  2. Xonliklarda davlat boshqaruvi.

  3. O‘rta Osiyoda Rossiya– Angliya raqobati


Buxoro amirligi chegaralari janubda Amudaryoning chap qirg‘og‘idan boshlanib shimolda Sirdaryogacha, sharqda Pomir tog‘laridan g‘arbda Xiva xonligi yerlarigacha cho‘zilgan. Davlat hududi XIX asrning o‘rtalarida Eron, Afg‘oniston, Qo‘qon va Xiva xonliklari, qozoq juzlari yerlari bilan chegaradosh bo‘lgan. Amirlikning markaziy qismi Buxoro va Samarqand shaharlari joylashgan Zarafshon vodiysi hisoblangan. Shu bilan birga hududiy jihatdan viloyat va tumanlarga bo‘linib, ularni amir tomonidan tayinlangan beklar boshqargan. Amirlik tarkibida 40 ta viloyat bo‘lgan. Buxoro amirligining aholisi soni 2 million atrofida bo‘lgan
Xiva xonligi XIX asrning ikkinchi yarmida janubda Eron, sharqda Buxoro amirligi, g‘arbda Kaspiy dengizi, shimolda qozoq juzlari yerlari bilan chegaradosh bo‘lgan. Xonlikning ma’muriy markazi Xiva shahri hisoblangan. Xiva xonligida Xiva, Kat, Yangi Urganch, Hazorasp, Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli kabi bekliklarning markazlari bor edi. Xiva xonligi 18 ta beklik, 2 ta noiblikka bo‘lingan va ularni xon tomonidan tayinlangan beklar va to‘ralar boshqargan.

Download 124.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling