Tasdiqlayman’’


-Mavzu :Birinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari va oqibatlari. Liberal-demokratik mamlakatlarda taraqqiyotning yangi muammolari


Download 124.82 Kb.
bet28/29
Sana28.03.2023
Hajmi124.82 Kb.
#1303549
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Tarix yangi mavzular konspekt

5-Mavzu :Birinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari va oqibatlari. Liberal-demokratik mamlakatlarda taraqqiyotning yangi muammolari.
Reja:

  1. Birinchi jahon urushining boshlanishi

  2. Birinchi jahon urushining oqibatlari

  3. Versal-Vashington konferensiyalari.

  4. Liberal-demokratik mamlakatlarda taraqqiyotning yangi muammolari.

XXasr boshlariga kelib dunyo taraqqiyotining asosiy belgilaridan biri ilgʻor industrial davlatlarning notekis rivojlanishi, tashqi siyosatda kapitalistik monopoliyalar va moliya oligarxiyasi manfaatlarining ustuvorligi hamda dunyoni qaytadan boʻlib olish uchun davlatlar oʻrtasida kurashning kuchayishi boʻlib qoldi. X asrning oxirgi 30 yilida rivojlanish surʼatlari keskin tezlashgan AQSH va Germaniya ilgʻor industrial davlatlar qatoriga kirib oldilar. Bu davlatlarning jadal rivojlanishi natijasida ularning harbiy-iqtisodiy imkoniyatlari bilan dunyoning taʼsir doiralarga boʻlinishi oʻrtasida nomutanosiblik vujudga keldi. Dunyoni qaytadan boʻlib olish uchun kurash jahon siyosatining mazmunini belgilovchi eng muhim omilga aylandi. 1882-yili Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiya Uchlar ittifoqi harbiy-siyosiy blokini tashkil qildi. Bu Yevropaning qarama-qarshi lagerlarga boʻlinishini boshlab berdi va Birinchi jahon urushining boshlanishida alohida rol oʻynadi. 1904–1907-yillari Germaniya blokiga qarshi Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya oʻrtasida harbiy-siyosiy blok shakllandi va u Antanta nomi bilan tarixga kirdi. Birinchi jahon urushi asosan shu ikki harbiy-siyosiy ittifoqlar oʻrtasida boʻldi.
1914-yil 28-iyunda Avstriya-Vengriya taxtining vorisi – shahzoda Frans Ferdinand va uning xotini Bosniyaning Sarayevo shahrida “Mlada Bosna” (“Yosh Bosniya”) tashkilotining aʼzosi Gavrilo Prinsip tomonidan otib oʻldirildi. Gavrilo Prinsipning bu qilmishi mudhish oqibatlarga olib keldi. Avstriya-Vengriya imperatori Vilgelm II oʻz hukumatidan bu qotillikka javoban urush eʼlon qilishni talab qildi. 23-iyulda Avstriya-Vengriya Serbiyaga ultimatum eʼlon qildi, uni qabul qilish Serbiya uchun oʻz mustaqilligini yoʻqotish bilan barobar edi. Shunga qaramasdan, Serbiya deyarli barcha talablarni qondirishga rozi boʻldi, ammo 28-iyul kuni Avstriya-Vengriya Serbiyaga urush eʼlon qildi. Serbiyani aniq halokat holatiga tashlab qoʻyish Rossiyaning imperiyachilik manfaatlariga zarar yetkazardi hamda slavyan va pravoslav birdamligi anʼanalariga xilof edi. Shu sababli Rossiyada umumiy safarbarlik eʼlon qilindi. Germaniya hukumati Rossiyaga ultimatum eʼlon qilib, safarbarlikni toʻxtatishni talab qildi. Rossiya bu ultimatumga javob bermadi. Shundan soʻng Germaniya 1-avgust kuni Rossiyaga, 3-avgust kuni esa Fransiyaga urush eʼlon qildi. 4-avgust kuni Angliya Germaniyaga urush eʼlon qildi. Urush umumyevropa xarakteriga ega boʻlib, tezda Yevropa chegaralaridan chiqib ketdi. Yaponiya urushdan Xitoyni boʻysundirishda, Tinch okeandagi Germaniya mustamlakalarini egallab olishda hamda Uzoq Sharqda oʻz hukmronligini oʻrnatishda foydalanmoqchi boʻldi. 1914-yil avgustda Yaponiya Germaniyaga urush eʼlon qildi. Germaniya va uning ittifoqchilari tomonda Turkiya ham urushga qoʻshildi. Urush shu tariqa kengayib, Yevropa, Osiyo va Afrika davlatlarini qamrab oldi va jahon urushiga aylandi. Birinchi jahon urushi oʻzining kelib chiqishi, xarakteri va natijalariga koʻra, Serbiya, Chernogoriya, Belgiya va ozodlik uchun kurashyotgan boshqa xalqlardan tashqari barcha unda qatnashayotgan davlatlarning gʻarazli manfaatlarini ifodalovchi imperialistik, bosqinchilik xarakteridagi urush edi. Bunday xarakter urush olib borayotgan davlatlarning bosqinchilik maqsadlaridan kelib chiqardi.
1916-yilning boshiga kelib choʻzilib ketgan urush Germaniyani muqarrar halokatga olib kelayotganligi aniq boʻlib qoldi. Mamlakat ichkarisida ham norozilik kayfiyati hukm surardi. Bunday holatda Germaniya butun eʼtiborini yana Gʻarbga qaratishga majbur boʻldi. Ammo butun front boʻylab umumiy operatsiya oʻtkazish uchun endi Germaniyaning kuchi yetarli emasdi. Shunda nemislar bitta muhim joyda fransuzlarga zarba berishga qaror qildilar.
Shunday joy fransuzlar himoyasining muhim boʻgʻini boʻlgan Verden edi. Verdenda katta kuchlarini toʻplagan nemislar 1916-yil fevralda hujum boshladilar. Bu yerda Germaniya 600 ming kishidan ayrildi, fransuzlar esa 360 ming kishini yoʻqotdi. Verdendagi oʻn oylik jang maqsadsiz qirgʻinning ramziga aylanib qoldi.
1917-yil bahorda Antanta davlatlari urushda burilish yasash uchun samarasiz harakat qildilar. Urushayotgan tomonlarning holdan toyganligi aniq boʻlib qolgan edi. Germaniyada urushga qarshi chiqishlar boshlanib ketdi. Rossiya armiyasida 1917-yil Fevral inqilobidan soʻng jangovarlik susayib ketdi. 1917-yil yozda Fransiya armiyasida ham tartibsizliklar boshlandi. Angliya, Fransiya, Italiyada ishchilar urushga qarshi shiorlar bilan chiqa boshladilar. Bunday vaziyatda AQSHning Antanta tomonidan urushga kirishi katta ahamiyatga ega boʻldi. 1918-yilning oʻrtalariga kelib AQSH Yevropaga 1 mln ga yaqin qoʻshin kiritgan edi. Avgust oyida Antanta davlatlari tashabbusni oʻz qoʻllariga olib, barcha frontlarda hujumga oʻtdilar. Germaniya taslim boʻldi. 1918-yil 11-noyabr kuni Germaniya delegatsiyasi Antanta davlatlari tomonidan qoʻyilgan shartlarni imzoladi va urush yakunlanganligi eʼlon qilindi. 1914–1918-yillardagi Birinchi jahon urushi shu tariqa yakunlandi. Germaniya va uning ittifoqchilari magʻlub boʻldi. Gʻolib davlatlar tomonidan Germaniyaning talanishi, uni tiz choʻktirish uchun qilingan harakatlar – bularning hammasi ularga qarshi reaksiya sifatida revanshizmning paydo boʻlishiga olib keldi va fashistlarning hokimi yatga kelishini osonlashtirdi. Aslida millionlab odamlarning oʻlimiga sabab boʻlgan, ulkan halokatga olib kelgan urushdan deyarli hech bir davlat toʻgʻri xulosa chiqarmagan edi. Bu esa birinchisidan ham dahshatli gumanitar halokatga – Ikkinchi jahon urushining sodir bo‘lishiga olib keldi.

BIRINCHI JAHON URUSHIGA OID MUHIM KO‘RSATKICHLARI



Urushning davomiyligi

4 yil-u 3,5 oy

Safarbar qilingan kishilar soni

74 mln dan ortiq

Urushda qatnashgan davlatlar soni

38 ta

Halok bo‘lganlar soni

13,6 mln dan ortiq

Urushayotgan davlatlar aholisining umumiy soni

1,5 mlrd

Yaralangan va nogiron boʻlganlar soni

20 mln dan ortiq

Birinchi jahon urushi dunyoning siyosiy xaritasini oʻzgartirib yubordi va xalqaro munosabatlarga katta taʼsir koʻrsatdi. Germaniya, Avstriya-Vengriya, Rossiya va Usmoniylar imperiyalari tarqalib ketdi. Urush tugashi bilan gʻolib davlatlar xalqaro munosabatlarda yangi tartib oʻrnatish, urushdan keyingi dunyoning qiyofasini belgilash uchun Parijga yigʻildilar.Parij yaqinidagi Versal saroyida 1919-yil 18-yanvardan 1920-yil 21-yanvargacha 27 davlat vakillari ishtirokida tinchlik konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Konferensiya jarayonidagi uzoq kurashdan soʻng Germaniya bilan sulh shartlari kelishildi. 1919-yil 28-iyunda Germaniya Versal tinchlik shartnomasini imzoladi. Shartnomaga koʻra, Germaniya Birinchi jahon urushi boshlanishi uchun yagona javobgar davlat deb eʼlon qilindi. Urush liberal-demokratik davlatlar mavqeyini kuchaytirib yubordi. “Urushning maqsadi – dunyoni demokratiya uchun xavfsiz qilish”, deya taʼkidlashdi. Shundan kelib chiqib, 1919-yili xalqaro tashkilot – Millatlar Ligasi tashkil qilindi. Jahonda tinchlik uchun kurash, xalqlar oʻrtasida hamkorlik va xavfsizlik masalalari Millatlar Ligasining asosiy vazifalari qilib belgilandi. Magʻlub davlatlar – Germaniya va Turkiyaning mustamlakalari gʻolib davlatlar tomonidan boʻlib olindi. Buni qonuniylashtirish uchun Millatlar Ligasi Ustaviga mandat tushunchasi kiritildi.


Uzoq Sharq va Tinch okeandagi bahsli muammolarni hal qilish va dengizdagi qurollarni cheklash maqsadida 1921-yil noyabr – 1922-yil fevral oylarida Vashington konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Vashington konferensiyasida AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Yaponiya oʻrtasida shartnoma imzolandi. 1919–1923-yillari imzolangan shartnomalar va jahondagi kuchlarning yangi nisbati xalqaro munosabatlarning Versal-Vashington tizimi nomini oldi.
VersalVashington tizimi bir guruh davlatlarning dunyoga hukmronligini, dunyo siyosatida AQSH taʼsirining sezilarli kuchayganligini aks ettirdi. Birinchi jahon urushidan keyin liberal demokratiya mamlakatlarining yetakchisi AQSH boʻlib qoldi. Ammo amerikacha gullab-yashnashning va ilgʻor kapitalistik mamlakatlar iqtisodiyotining boʻsh tomoni ham boʻlib, u doimiy yuz beradigan inqirozlarda namoyon boʻladi. 1929-yil 24-oktyabrda Nyu York fond birjasida boshlangan inqiroz tufayli barqaror rivojlanish davri tugadi. AQSHning ortidan butun kapitalistik dunyo jahon iqtisodiy inqirozi girdobiga shoʻngʻidi. Bu inqiroz kapitalistik xoʻjalik shaklining XIX asr oxiri – XX asr boshlari uchun xos boʻlgan tarixiy evolyutsiyasini yakunladi.
1930-yillarning boshiga kelib AQSH kapitalistik dunyoning tan olingan yetakchisiga, texnik taraqqiyotning yalovbardoriga aylandi. Iqtisodiy inqirozning butun qudrati ham shu yerda namoyon boʻldi. Xoʻjalikning anʼanaviy tipi oʻz imkoniyatlarini yakunladi. 1929–1932-yillari sanoat ishlab chiqarish hajmi 50% ga qisqardi, 13 millionga yaqin kishi oʻz ish joylaridan mahrum boʻldi. 1932-yil noyabrdagi saylovlarda Amerika xalqiga yangi kurs vaʼda qilgan Franklin Ruzvelt gʻolib chiqdi. “Yangi kurs” Amerika kapitalizmining xarakterini oʻzgartirib yubordi. U AQSH iqtisodini yangi, buyuk davlatchilik intilishlari avj olgan davrga mosladi. Shu tariqa 1930-yillarning ikkinchi yarmida AQSH va uning ortidan butun kapitalistik dunyo iqtisodiy inqirozdan chiqib oldi.
Tashqi siyosatda AQSH 1933-yili SSSR bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatdi; 1935–1936-yillari neytralitet haqida hamda urushayotgan davlatlarga qurol yetkazib berish va kredit ajratishni taqiqlash toʻgʻrisida qonunlar qabul qilindi. Ikkinchi jahon urushi boshlanguncha izolyatsionizm AQSH hukumatining ustuvor siyosati boʻlib qoldi.
Birinchi jahon urushidagi gʻalaba
Download 124.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling