Tasdiqlayman’’


Download 124.82 Kb.
bet29/29
Sana28.03.2023
Hajmi124.82 Kb.
#1303549
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Tarix yangi mavzular konspekt

Buyuk Britaniya uchun juda qimmatga tushdi. Urushdan oldin kreditor boʻlgan Buyuk Britaniya AQSHdan va oʻz dominionlaridan qarzdor boʻlib qoldi. Iqtisodiy oʻsish surʼatlari juda past boʻlib, inqiroz va turgʻunlik odatiy holga aylandi. Ishtashlash harakati jiddiy tus oldi. Ishchilar ish haqining oshirilishi va ish kunining qisqartirilishini talab qildilar. Shunday sharoitda boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga unchalik katta taʼsir qilmadi. 1934-yildan boshlab mamlakat inqirozdan chiqa boshladi. 1937–1940-yillari hukumatga konservatorlar yetakchisi Nevill Chemberlen keldi. 1938-yili Myunxen kelishuvining imzolanishi natijasida Nevill Chemberlen 1940-yili hukumat boshligʻi lavozimidan isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi. Hukumatni XX asr Buyuk Britaniya tarixida juda katta rol oʻynagan siyosatchi Uinston Cherchill boshqardi.
Birinchi jahon urushida erishilgan gʻalaba Fransiyaga ham qimmatga tushdi. Bevosita urush harakatlari boʻlib oʻtgan Fransiya hududining uchdan bir qismidagi sanoat korxonalari vayron boʻldi. Pul keskin qadrsizlandi, Fransiya AQSHdan qarzdor boʻlib qoldi. Ammo, boshqa tomondan, Versal shartnomasiga binoan Fransiya Elzas va Lotaringiyani qaytarib oldi, Saar koʻmir havzasini egalladi, Germaniya mustamlakalari hisobiga oʻz imperiyasi hududini kengaytirdi. Inqiroz yillari Fransiyada ishlab chiqarishning oʻsish surʼatlari susayib, sanoat ishlab chiqarishi keskin pasayib ketdi. Sanoat ishlab chiqarishi 1930-yillar oxirida ham inqirozdan oldingi darajasiga yetmadi. Fransiyada hokimiyatga oʻnglar kelgandan soʻng fashistik rejim oʻrnatilishi real xavfga aylandi. Mamlakatda fashistlar faollashgan bir paytda hukumat aralashmaslik siyosatini olib bordi. Bu siyosatni oʻsha davr fransuz siyosiy elitasining katta qismi qabul qildi. Aynan shu hol Uchinchi respublikani halokatga olib kelgan asosiy omillardan biri boʻldi.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Birinchi jahon urushi boshlanishiga qanday voqea bahona bo‘ldi? Urushning boshlanish sabablari nimalardan iborat edi?
2. Yaponiya birinchi jahon urushida qay tariqa ishtirok etdi?
3. 1916–1918-yillardagi urush harakatlarining asosiy jihatlari haqida so‘zlab bering.
4. Birinchi jahon urushi qanday oqibatlar bilan yakunlandi?
5. Versal tinchlik shartnomasi Yevropa xaritasida chegaralarning qanday oʻzgarishiga olib keldi?
6. Versal-Vashington tizimi nima sababdan rejalashtirilganidek mustahkam emas edi?
7. Nyu York fond birjasida boshlangan inqiroz shu davr iqtisodiyoti uchun qanday oqibatlarga olib keldi?
8. Bu davrda AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya uchun tashqi siyosatda yoʻl qoʻyilgan eng katta kamchiliklar nimalardan iborat edi?
Download 124.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling