2-Mavzu. Eng yangi davrda aqsh davlati va huquqi Reja: Prezident Ruzveltning «yangi kursi»
Download 112 Kb.
|
маъруза 6
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Prezident Ruzveltning «yangi kursi»
- Sanoatni qayta tiklash milliy ma’muriyati
- Fermerlarning qarzlarini qayta moliyalashtirish haqida
- Sudlarning mehnat konfliktlariga aralashishlari huquqini cheklash to‘g‘risida»gi qonuni
- Mehnat munosabatlari to‘g‘risida milliy qonun
- Mehnat munosabatlari milliy boshqarmasi
2-Mavzu. Eng yangi davrda AQSh davlati va huquqi Reja: 1. Prezident Ruzveltning «yangi kursi». 2. AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan qo‘shimcha va to‘ldirishlar 3. AQSh davlati va huquqi ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda 4. Huquq manbalaridagi o‘zgarishlar Tayanch iboralar Iqtisodiy inqiroz, F.Ruzveltning yangi kursi. NIRA, A.A.A. qonunlari. Iqtisodiy liberalizm prinsipining buzilishi. Davlatning iqtisodga aralashuvi. Sudlarning mehnat nizolariga aralashuvini taqiqlanishi. Vagner-Konerri, Tafta-Xartli, Smit- Konelli, Xobbs, Xetcha qonunlari. Saylovlar va ularning moliyalashtirilishi. Makaren-Uolter qonunlari. Sud pretsedentlari. Kodekslar. AQSh huquqida anglo-sakson va Romano-german huquq tizimining chatishib ketishi. 1. Prezident Ruzveltning «yangi kursi» 1929-1933 yillardagi Iqtisodiy inqiroz o‘sha davrda ham yirik sanoat mamlakati bo‘lgan AQSh iqtisodi asoslarini larzaga solib yubordi. 1932 yilda AQSh sanoati 1929 yildagi mahsulotning faqat 54% ishlab chiqdi. Shu yili Prezident saylovlari bo‘lib o‘tib, unda “Ishchilar ligasi” hamda “Partiyasiz ishchilar ligasi” partiyalari bungacha ikki marta Nyu-York shahrining gubernatori bo‘lib saylangan Franklin Delano Ruzvelt (1882-1945)ni qo‘llab-quvvatlashlari natijasida u AQSh Prezidenti bo‘lib saylandi. U o‘zining eng yaqin safdoshlari bilan 1932-1945 yillarda pozitiv sotsial islohotlarni o‘tkazish programmasini ishlab chiqdi va hukumat bilan birga amalga oshirdi. Pul tizimini tartibga solish, oltin zapasining chetga chiqishini taqiqlash, banklarni yiriklashtirish, ularga kredit ajratish choralarini ko‘rdi. 1933 yil 13 iyuldagi qonunga ko‘ra AQSh iqtisodi 17 guruhga bo‘lindi. Inqirozni tugatish bilan bog‘liq tadbir choralarni ishlab chiqish uchun Milliy Kongress chaqirilib, u esa muttasil ishlab 3,5 oy davomida 70 ta qonun qabul qildi. Bu qonunlar “erkin konkurensiya kodekslari” deb nom olib, sanoatni, qishloq xo‘jaligini, savdoni idora etishni yangilashga qaratilgan bo‘lib, bular hammasi birlikda Ruzveltning “Yangi kursi” deb ataldi. Ikkinchi jahon urushigacha AQShda 17 million ishsizlar bor bo‘lib, bu davrda qabul qilingan qonunlardan eng muhimi “Sanoatni sog‘lomlashtirish to‘g‘risidagi qonun” - “National Industrial Recovery Act” (NIRA qonuni). Bu qonun 1933 yil iyun oyida kuchga kirib, bunga ko‘ra, rais, 55 o‘rinbosar ham 101 yordamchidan iborat “Sanoatni qayta tiklash milliy ma’muriyati” tuzildi. Unga asosan amalga oshirilgan birinchi tadbir korxonalarni majburiy ravishda kartellarga (monopol baho o‘rnatuvchi yirik birlashma) birlashtirish bo‘ldi. Ish soati uzaytirilib, ish haqi qisqartirildi. Shu bilan birgalikda ishchilarga kollektiv shartnomalar tuzish, kasaba soyuzlariga birlashish huquqlari berildi. Ishsizlikni tugatish maqsadida 5 milliard so‘m ajratildi, yangi ish joylarini tashkil qilish, turli xizmatlarga jalb etish qoidalari joriy qilindi. Ushbu qonun bor yo‘g‘i ikki yil harakatda bo‘ldi. 12 may 1933 yilda “Fermerlarga yordam” -“Agricultural Adjustment Act” to‘g‘risida qonun chiqarilib, u qisqartirilgan holda A.A.A. qonuni deb ataldi. Bunga binoan ko‘pgina ekin yerlari va mollarni, oshiqcha xo‘jalik mahsulotlari tayyorlashning yalpi hajmi qisqartirildi. Ushbu qonun bilan birga “Fermerlarning qarzlarini qayta moliyalashtirish haqida”gi qonun ham qabul qilindi. Federal banklar ularning qarzlarini yo‘qotish uchun 2 milliard dollar ajratdi. Bundan tashqari: tuproqning hosildorligini saqlash, “ichki bozorga kvota joriy etish haqida”gi qonun qabul qilindi. Shu yo‘l bilan AQShning ijtimoiy inqirozdan qutqarish choralari ko‘rildi, buning natijasida 1934 yilda iqtisodiy siljish boshlandi. Shu sababli Ruzvelt tadbirlari bekor qilindi. 1935 yil may oyida AQSh oliy sudi “Sanoatni sog‘lomlashtirish qonuni”ni, 1936 yilda qishloq xo‘jaligini sog‘lomlashtirish haqidagi qonunlarni konstitutsiyaga zid deb topdi va uni bajarishini to‘xtatdi. AQSh Oliy Sudi 1935-1936 yillarda “Yangi kurs” davridagi 12 qonunni konstitutsiyaga zid deb topdi. Yangi kurs davrida bir qancha sotsial qonunlar qabul qilinib, ulardan eng uzoq qo‘llanilgani 1935 yildagi “Sotsial sug‘urtalash to‘g‘risida”gi qonun bundan tashqari 1938 yilda “Ishchi kuchlarini adolatli yollash haqida”gi qonunlar qabul qilindi. Sotsial qonunlar ichida Vagner qonuni alohida ahamiyatga egadir. XIX asrning oxirlarida 4 dekabr 1889 yilda Djon Sherman trestlariga qarshi qonun loyihasini ko‘tarib chiqqan edi. Bu qonun ishchilarni trestlarning sanoat birlashmalariga qarshi kurashishlari natijasida vujudga kelgan bo‘lib, avvalo kasaba soyuzlarga qarshi qaratilgan edi. 30-yillar o‘rtalarigacha 1890 yilda qabul qilingan “Sherman” qonuniga ko‘ra sudlar kasaba soyuzlarini “shtatlar orasidagi savdoni barbod qilish uchun tuzilgan fitna” deb hisoblab keldilar. Bu qonunga ko‘ra, sudlar kasaba soyuz faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risida qaror chiqarar, uni a’zolariga jarima solar edi. Birinchi jahon urushidan keyingi davrdagi sotsial qonunchilik esa ikki yo‘nalishga ega edi: a) mehnatkashlarga berilgan yon berishlarni qonuniy tan olish., b) bu yon berishlarni cheklash yoki umuman chiqarib tashlashga intilish. AQShning Konstitutsiyasiga ko‘ra, federal hukumat mehnat qo-nunlarini qabul qilishga huquqli emas, bu huquq shtatlarning legislaturalariga berilgan edi. Federal qonunchilikning keyingi rivojlanishi Ruzveltning yangi siyosati bilan bog‘landi. 1932 yilning 20 martida kongress “Sudlarning mehnat konfliktlariga aralashishlari huquqini cheklash to‘g‘risida»gi qonuni tasdiqladi. Bu qonun uning mualliflarining nomi bilan Norris-la Gardia qonuni deb yuritildi. Ilgari ishchilarning stachkalarini sudlar buyruq berib (“Indjakshn”) tarqalishini talab qilar yoki uni taqiqlar edilar. Bu qonun ana shu huquqni bekor qilib: “Qo‘shma shtatlarning bironta sudi, mehnat nizolarini o‘zida ifodalagan yoki shundan kelib chiqadigan ishni hal qilishda biror shaxsga yoki shaxslar guruhiga biror ishni bajarishdan bosh tortganligi, biror tashkilotda turishligini taqiqlashi mumkin emas”,- deb mustahkamlab qo‘ydi. Lekin sudlar Norris qonuni tarqalmaydi deb hisoblagan sanoat tarmoqlarida ishchilarning harakatlarini bostirish uchun buyruqlar beraverdilar. 1933 yilning ikkinchi yarmida 40 “Indjakshn” chiqarib tog‘, qishloq xo‘jalik sanoati ishchilariga qarshi jarima qo‘lladi. Ruzveltning “NIRA” qonunidan keyin ishchilarga kasaba soyuzlarga birlashishi, kollektiv shartnomalar tuzishi, korxona egalarining, prezident tomonidan belgilangan ish haqining minimumiga amal qilishlari qonuniy tarzda mustahkamlandi. Lekin 1935 yil 27 mayda AQSh Oliy sudi bu qonunni konstitutsiyaga xilof deb topdi. Ammo ishchilarning tinimsiz kurash olib borishi 1935 yilning 5 iyulida “Mehnat munosabatlari to‘g‘risida milliy qonun” deb nomlanuvchi, keyinchalik uning mualliflari Vagner-Konerri nomi bilan atalgan qonun chiqdi. Vagner qonunini amalga oshirish, nomunosib mehnat praktikasini oldini olish, uni tugatish uchun, Prezident tomonidan Senatning roziligi bilan 3 kishi tarkibida tayinlanadigan “Mehnat munosabatlari milliy boshqarmasi” tuzildi. Bu idora o‘z tashabbusi bilan hech qanday harakatni amalga oshirmaydi, balki ishchilarning bergan shikoyatidan keyin, ishni ko‘rishga kirishadi. Ishni tekshirish davomida shikoyat tasdiqlansa, “nomunosib mehnat tajribasi”ni tugatish yoki to‘xtatish to‘g‘risida qaror chiqaradi. Shunday qilib, Vagner qonuni ishchilarga baykot, stachka yo‘llari bilan o‘zlarining iqtisodiy maqsadlariga erishish huquqini, kasaba soyuzlar bilan bog‘liq huquqlarni berdi. Buning natijasida ishchi kasaba soyuzlari o‘sdi. Korxona egalari Vagner qonunini vasvasa bilan kutib oldilar. Ular kongressga bu qonunni konstitutsiyaga xilof deb topish to‘g‘risida, qonun loyihalarini yubora boshladilar. Lekin AQSh Oliy sudi 12 aprel 1937 yilda uni Konstitutsiyaviy qonun deb tan olishga majbur bo‘ldi. 1935 yilning 14 avgustida AQSh tarixida birinchi marta sotsial ta’minotga oid qonun chiqib, qarilik, ishsizlik va boquvchisini yo‘qotganlik uchun nafaqalar o‘rnatildi. Qonun 65-yosh qarilik yoshi deb va ishchi pensiya fondiga ma’lum soliq to‘lagandagina u nafaqa bilan ta’minlanishini o‘rnatdi. AQSh Oliy sudi Vagner qonunini Konstitutsiyaviy deb tan olgandan keyin korxona egalari shtatlarning huquqlaridan foydalanishga kirishdilar. 1941-44 yillarda 18 shtatda ishchilarga qarshi turli mazmundagi qonunlar qabul qilindi. 194I yilda 16 shtatda sabotajga qarshi deb nomlanuvchi qonunlar qabul qilindi. Djordjiya shtatida ishchilarni 30-kun oldin korxona egasini ish tashlashdan ogohlantirmasdan ish tashlashlarini taqiqlash haqidagi qonunlar chiqarildi. 1943 yilning 25 iyunida Smit-Konelli “Harbiy korxonalardagi mehnat konfliktlari to‘g‘risidagi qonun” chiqdi. Bu qonun ochiqdan-ochiq ishchilarga qarshi chiqib kasaba soyuzlarini siyosiy kurashdan chetlatish, norozilik bildirish harakatini tugatishni maqsad bo‘lib, prezidentga shaxta yoki turli korxonani o‘z boshqaruviga olish huquqini berdi. Urushdan keyingi davrda ish tashlash harakatiga qarshi qaratilgan birinchi qonun 1945 yildagi Xobbs qonunidir. U shtatlar o‘rtasidagi normal savdoni buzishga qaratilgan harakatlarga 10.000 dollar shtraf va 20 yil turma qamoq belgilandi. Sudlar bunday savdoni buzuvchi deb zabastovka harakatlarini hisobladilar. Mana shunday qonunlarning chiqarilishi natijasida Ruzveltning “Yangi kursi” davridagi kasaba soyuzlarining kurashib olgan yutuqlari yo‘qqa chiqarildi. Bu ayniqsa, Tafta-Xartli qonunini chiqarilishi bilai yanada yaqqol ifodalandi. Download 112 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling