2-Mavzu. Eng yangi davrda aqsh davlati va huquqi Reja: Prezident Ruzveltning «yangi kursi»


Download 112 Kb.
bet4/5
Sana05.05.2023
Hajmi112 Kb.
#1427313
1   2   3   4   5
Bog'liq
маъруза 6

4. Huquq manbalaridagi o‘zgarishlar
AQShda o‘tgan yillar ichida 300 milliondan oshiq sud pretsedentlari, 2 milliondan oshiq federal va mahalliy yozma aktlar (statutlar) to‘plangan. Ushbu raqamlarga yana har yili 25 mingdan oshiq sudlarning nashr etiladigan qarorlari va 2 mingta statutlar ham kiradi. Faqatgina birgina Nyu-York shtatida 900 qalin jildlardan iborat sud qarorlarining to‘plamlari nashr etilgan, bundan tashqari har yili yana 12-15 tom qo‘shilib turadi. AQSh Oliy Sudining qarorlari to‘plami 400 tomdan oshiq bo‘lib har yili yana ularga 4 tom qo‘shilib turadi. AQSh Oliy sudi tomonidan sharhlangan federal qonunchilik shtatlar tomonidan qo‘llanilishi shart hisoblanadi.
1872 yilda Kaliforniya shtatida Grajdanlik kodeksi qabul qilingan edi. 1909 yilda Federal Jinoyat kodeksi qabul qilindi. 1926 yilda Federal Qonunlar to‘plami nashr qilindi. 1986 yilda kom­pyuter ma’lumotlaridan qonunsiz foydalanganlik uchun javobgarlik belgilandi. Bu qonun 47 shtatda qabul qilindi. Ushbu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, anglo-sakson huquq tizimida bo‘lgan AQSh huquqining manbalari juda ko‘p va xilma-xildir.
1944-47 yillarda Prezident saylovlarida respublikachilar partiyasi nomzodlari g‘alaba qozondilar. Shundan keyin 22 avgust 1947 yilda parlament Vagner qonuniga to‘ldirish sifatida Tafta-Xartli qonunini qabul qildi. Kapitalistlar bu qonun loyihasini kongressdan o‘tkazish uchun 100.00 ming dollar sarf qildilar. U ishchilar tomonidan “qul mehnati to‘g‘risidagi qonun” deb nomlandi.
Uning asosiy xarakterli belgisi shundaki, ishchilarning 2-jahon urushi arafasida kurashib qo‘lga kiritgan kasaba soyuz huquqlarini tamoman yo‘qqa chiqarishdir. Monopolistlar esa bu qonunni juda yaxshi kutib olib uni “adolat va tenglikni” tiklashga qaratilgan qonun deb atadilar. U aslida ishchini korxona egasi hokimiyatiga topshirish, kasaba soyuzni tarqatish, uni kuchsizlantirish va davlat nazorati ostiga o‘tkazishni asosiy qoidalarini buzib yubordi. Agarda Vagner qonuni ishchilarning manfaatini qo‘riqlab nomunosib mehnat amaliyotini faqat korxona egalari tomonidan nazarda tutsa Tafta-Xartli kasaba soyuzlar tomonidan nazarda tutadi. Bu bilan korxona egalari manfaatini ochiqdan-ochiq himoya qilishga o‘tadi. Kasaba soyuzlarning “nomunosib mehnat” amaliyoti deb qo‘yidagilar e’lon qilindi: ikkinchi marta stachka, baykot e’lon qilish, hamkorlik-stachkalari e’lon qilish kabilar. Kasaba soyuzlarning shtreykbrexerlarni ishga qabul qilishiga qarshilik ko‘rsatishlari taqiqlandi. Bu qonunga binoan sudlar nomunosib mehnat amaliyoti to‘g‘risida kasaba soyuzlarga nisbatan qaror chiqarish korxona egalari esa kasaba soyuzlardan keltirilgan zararni talab qilishlari huquqlari mustahkamlandi. Masalan: 1958 yil AQSh Oliy sudi avtomobil va aviatsiya sanoati kasaba soyuzlari birlashmasidan shtreykbrexerlar foydasiga 10.000 dollar undirib oldi. Bundan tashqari “
Download 112 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling