yopiq sex” sharoitida kasaba soyuzlarga kollektiv shartnoma tuzish va kasaba soyuzlarini ishga imtiyozli qabul qilinishi, ularning siyosiy maqsadlar uchun mablag‘ ajratishlari taqiqlandi. Mehnat munosabatlari Milliy boshqarmasi xizmatlaridan foydalanish uchun kasaba soyuz rahbarlarini kommunistik partiyaga mansub emasligi to‘g‘risida qasam ichishi shart qilib qo‘yildi.
Qonunga binoan ishchilar faqat iqtisodiy xarakterga ega bo‘lgan ish tashlashlar qilishi mumkin. Lekin avvalo uning boshlanishidan 60 kun oldin korxona egasini ogohlantirib qo‘yish kerak, aks holda bu “nomunosib mehnat amaliyoti” deb hisoblanib, kasaba soyuz sud javobgarligiga tortiladi. Bunday hollarni oldini olish uchun, to‘g‘rirog‘i ularni bostirish uchun mehnat nizolariga aralashuvining davlat tizimi joriy qilindi. Bu maqsadda yarashtiruvchi o‘rtalikda vositachilik qiluvchi maxsus federal tashkilot tuzildi.
23 sentabr 1950 yil AQSh Kongressi “Ichki xavfsizlik haqida qonun”, uning mualliflarining nomi bilan Makkaren-Vud qonunini qabul qildi. “Ichki xavfsizlikni ta’minlash” degan yasama shior ostida kompartiya va uning tashkilotlarini yustitsiya ministrligi ro‘yxatidan o‘tishiga majburladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |