Tasdiqlayman


Fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakaga qo‘yiladigan talablar


Download 62.17 Kb.
bet2/23
Sana01.11.2021
Hajmi62.17 Kb.
#169905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi. ishchi dastur

Fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakaga qo‘yiladigan talablar:

“Tilshunoslik nazariyasi” fani bo‘yicha bakalavr tilning ijtimoiy tabiati, til va jamiyat munosabati, til va tafakkur munosabati, lison va nutq munosabati, asosiy lisoniy munosabatlar, til birliklari va nutq birliklarining o‘zaro mutanosibligi, tilning semiotik tabiati, tilning ramzlar tizimi sifatidagi ta’rifi, til sathlari, lisoniy paradigma asoslari, lisoniy tasnif asoslari, tilning tarixiy taraqqiyoti va o‘zgaruvchanligi, dunyo tillari va tillar tasnifi, tilshunoslikning ijtimoiy fanlar bilan bog‘liqligi, tilshunoslikning tabiiy fanlar bilan bog‘liqligi, qadimgi asrlar tilshunosligi, o‘rta asrlar tilshunosligi, Yevropa uyg‘onish davridagi tilshunoslik haqida bilimga ega bo‘lishi;tilshunoslikning ijtimoiy va tabiiy fanlar kesimida paydo bo‘lgan yangi chegaradosh fanlarni, qiyosiy-tarixiy tilshunoslik nazariyalari va metodlarini, sotsiolingvistik nazariyalar va metodlarni, struktur tilshunoslik nazariyalari va metodlarini bilishi va ulardan foydalana olishi; geneologik tasnifni til oilalari va til guruhlari asosida izohlash, agglyutinativ tillar, flektiv tillar, qardosh va qardosh bo‘lmagan tillar o‘rtasidagi munosabatni yoritish, til-tafakkur-nutq munosabatini mustaqil asoslash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.



Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi

“Tilshunoslik nazariyasi”asosiy fan hisoblanadi. “Tilshunoslik nazariyasi”dasturini amalga oshirish o‘quv rejasida keltirilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, “Sotsiolingvistika”, “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi”fanlarida o‘rganiladigan muammolar borasida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi.




Download 62.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling