Tasdiqlayman
Download 179.93 Kb.
|
3. Majmua. Onomastika
Lingvopsixologik metod. Bu metodni I.A.Boduen de Kurtene, N.V.Krushevskiy kabi olimlar o‘z vaqtida til birliklarini assotsiativ eksperiment (tajriba) metodi asosida o‘rganish deb baholagan edilar. Hatto keyinchalik mashhur psixolingvist olim A.A.Leontev rahbarligida rus tilining assotsiativ me’yorlari lug‘ati ham yaratilgan edi33. Lingvoassotsiativ metodga ko‘ra onomastik birliklar tahlilida ham tilshunoslikka oid, ham psixologiyaga oid xususiyatlar inobatga olinadi. Masalan, Toshkent, Toshquduq, Toshloq, Toshko‘prik, Toshlisoy, Toshrabot kabi onomastik birliklar (toponimlar) tilga olinganda kishining xayoliga uning birinchi komponenti “tosh” bilan aloqador tasavvurlar keladi. SHu asosda Toshkent toponimining kelib chiqishini “tosh” elementi bilan bog‘lab izohlangan tadqiqotlar ham bor34.Bu esa faqat lingvopsixologik vaziyat natijasida chiqarilgan bir tomonlama xulosadir. Lekin aslida Toshkent toponimi hosildor erli, xirmon joyli hudud ma’nosidagi CHosh (CHoch), SHosh shakllaridagi fonetik o‘zgarishlarga uchragan CHosh so‘zidan yuzaga kelgan35. Ayrim antroponimlarning ma’nosini izohlashda ham lingvopsixologik metod va xalqning urf-odati, etnografiyasidagi an’analar yordam beradi. Masalan, Bo‘rigul – onasi qornida yig‘lab tug‘ilgan qiz bolaning ismi; Bobomurod – yoshlar unashtirilgandan keyin turli sabablarga ko‘ra to‘y kechiktirilib, to‘ydan keyinroq qizning o‘z uyida (ya’ni bobo uyida) tug‘ilgan bolaning ismi. YOki Holida, Xolbozor, Xolbuvi, Xollibibi, Xolmirza, Xolmonoy, Xolmurod, Xollibeka, Xollibaxt, Xolkeldi kabi ismlar badanida xoli bor yoki xoli ko‘p bolalarga qo‘yiladigan ismlar. Bunday bolalarning ismi ko‘pincha ikkita bo‘ladi: Xolida // Salima, Xolbozor // Samariddin, Xolbuvi // Anorgul kabi36.
Download 179.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling