Tasdiqlayman


- ma’ruza O‘ZBEK ETNONIMIYASI VA UNING ASOSIY MUAMMOLARI


Download 179.93 Kb.
bet22/79
Sana14.11.2021
Hajmi179.93 Kb.
#174365
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   79
Bog'liq
3. Majmua. Onomastika

8- ma’ruza
O‘ZBEK ETNONIMIYASI VA UNING ASOSIY MUAMMOLARI

Reja:


1. Etnonim tushunchasi haqida

2. O‘zbek etnonimiyasining o‘rganilishi

3. O‘zbek etnonimlarini o‘rganish sohasida I.I.Umnyakov, K.SHoniyozov, B.Ahmedov, A.Asqarov kabi tarixchi olimlar, X.Doniyorov, S.Qoraev, E.Begmatov, T.Nafasov, N.Oxunov, A.Turobov, K.Marqaev, N.Begaliev kabi tilshunos olimlarning o‘rni


Tayanch so‘z va iboralar: etnonim, etnonimika, etnonimlashuv, etnotermin, etnotoponim, etnonimiya, etnooykonim, etnoformant.
Ma’lumki, insoniyat biologik jihatdan bir butun bo‘lsa ham, umumiy sotsiologik qonunlar asosida taraqqiy etib, son-sanoqsiz guruhlarga, to‘plarga bo‘linadi. Kishilar urug‘, qabila, elat, xalq, millat kabi uyushmalarga birlashib jamiyatda yashaydi hamda ijtimoiy-foydali mehnat bilan shug‘ullanadi. SHular orasida qabila alohida o‘rin tutadi. Qabila sinfsiz jamiyatdagi etnik birlik bo‘lib, ijtimoiy tashkiliy guruh, jamoadir. Elat esa kishilarning til jihatdan, hududiy, iqtisodiy va madaniy birligi bo‘lib, millatdan oldingi bosqichdir.

Millat esa kishilarning barqaror tarixiy birligi, umumiy iqtisodiy turmush hamda til, hudud birligi, madaniyat, ong va psixologiyaning o‘ziga xosligi zaminida qaror topgan ijtimoiy taraqqiyot shaklidir.

Eng qadimdan XX asrgacha o‘zbeklar tarkibiga kirgan barlos, nayman, saroy, qo‘ng‘irot kabi urug‘ va qabilalar, o‘z navbatida, bir qancha to‘p, tira, shox, avlod, qavm singari tarmoqlarga bo‘linadi. Ana shu har bir etnik bo‘linishning o‘z nomi bor. To‘p, to‘par, shox, tira, jamoa, toifa, avlod, qavm, urug‘, qabila, elat, xalq, millat nomlari etnonimlar deb yuritiladi. Etnonim so‘zi yunoncha bo‘lib, ethnos – xalq + onoma atoqli ot so‘zlaridan tashkil topgan. Har qanday etnos (urug‘, qabila, elat, xalq, millat va boshqalar)ning nomi, bir tilda mavjud etnonimlar majmui, yig‘indisi, ro‘yxati etnonimiya, nomshunoslikning, shuningdek tarix, etnografiya fanlarining etnonimlarni tadqiq qiluvchi sohasi esa etnonimika deb yuritiladi91.

Etnonimlarni o‘rganish bilan tilshunoslik, tarix, etnografiya, geografiya kabi bir qator fanlar shug‘ullanadi hamda ularni chuqurroq tadqiq etish xalq va millatning kelib chiqishi, etnogenezini aniqlashga yordam beradi.

Urug‘, qabila nomlari – etnonimlar asta-sekinlik bilan o‘sha jamoa yashaydigan hudud nomiga aylanib qoladi. Bunga etnotoponim deyiladi. Ba’zan etnonimlar asosida qaysi hududda qanday urug‘ yoki qabila vakillari yashaganligini bilish mumkin. Masalan, O‘zbekiston hududining bir qancha joylarida Jaloyir degan qishloqlar bor. Aslida jaloyir urug‘i vakillari Ohangaron havzasi hamda Xo‘jand atroflarida X1-XSH asrlarda yashaganlar. 1375 yilda jaloyir qabilasi vakillari Amir Temurga qattiq qarshilik ko‘rsatgani uchun uning farmoni bilan jaloyirliklar sarkardasi qatl etiladi hamda bu qabila vakillari turli hududlarga ko‘chirib yuboriladi. Ana shundan keyin faqat jaloyirlar emas, balki ularning qo‘l ostidagi etnik guruhlar ham xuddi shunday nom bilan atalgan.

O‘zbek etnonimlarini o‘rganish sohasida I.I.Umnyakov, K.SHoniyozov, B.Ahmedov, A.Asqarov kabi tarixchi olimlar, X.Doniyorov, S.Qoraev, E.Begmatov, T.Nafasov, N.Oxunov, A.Turobov, K.Marqaev, N.Begaliev kabi tilshunos olimlar ko‘pgina ishlarni amalga oshirganlar. Masalan, K.SHoniyozovning “K etnicheskoy istorii uzbekskogo naroda” (1974), “O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni” (2001), B.Ahmedovning “O‘zbek ulusi” (2002) kabi asarlari nashr etilgan. N.A.Baskakov “Igor jangnomasi” asarida topchak, tatran, mogut, ovar kabi bir qator turkiy etnonimlar borligini aniqlab, ularning etimologiyasini o‘rgangan92. Akademik A.Asqarovning “O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi” nomli asari tarix yo‘nalishidagi talabalar uchun o‘quv qo‘llanmasi sifatida tavsiya etilgan.

X.Doniyorovning “O‘zbek xalqining shajara va shevalari” asari ikki qismdan iborat. Dastlab bu asarda o‘zbek xalqining qabila va urug‘ nomlari M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”, Rashididdinning “Jome’ut tavorix”, Alisher Navoiy, Abulg‘ozi Bahodirxon asarlarida qo‘llanishi haqida qiziqarli ma’lumotlar keltiriladi. Asarning keyingi bobida o‘zbek etnonimlari haqida qo‘lyozma manbalarda, tilshunoslikka oid tadqiqotlarda bildirilgan fikrlar tahlil qilinadi94. S.Qoraevning “Etnonimika” risolasida etnonim va etnotoponimlarning shakllanishi hamda ularning ma’nosi haqida fikr-mulohazalar bildirilgan95. SHuningdek, M.Mamedovning “Xalq nomlari joy nomlarida” (1981), U.Sanaqulovning “”O‘zbek xalqining hamda tilining tarkib topishi va nomlanishi” (1991), G‘.Abdurahmonovning “O‘zbek xalqi va tilining shakllanishi haqida” (1999), Z.Ziyotovning “Turon qavmlari” (2008), A.Turobovning “Samarqand etnonim va etnooykonimlari” (2004), A.SHukurovning “O‘zbek” atamasining kelib chiqishi haqida” (2010) singari asarlar ham o‘zbek etnonimikasi muammolari tahliliga bag‘ishlangan.

N.Begalievning “O‘zbek etnonimlari tarixidan” nomli asarida 92 bovli o‘zbek urug‘lari ro‘yxati (23-25-betlar), qo‘ng‘irot qabilasi va uning urug‘lari shajarasi (51-56-betlar) berilgan hamda bir qancha turkiy urug‘ va qabila nomlarining etimologiyasiga doir qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan.

K.Marqaev Janubiy O‘zbekiston hududi materiallari asosida o‘zbek tili etnonimlarining lisoniy tadqiqini amalga oshirdi97. Bu nomzodlik ishining birinchi bobi “Etnonimlarning onomastik tizimdagi o‘rni” deb nomlangan. Keyingi bobda etnonimlarning ma’noviy-mavzuiy tasnifi yoritilgan. Eng muhimi, bu qismda hozir iste’moldan chiqqan, tushunarsiz ayrim etnonimlarning etimologik tahlili berilgan. Masalan:
YObu – qabila va urug‘ nomi bo‘lib, bu so‘z oddiy jaydari ot ma’nosini bildirgan. O‘zbek dostonlarida “YObi dema, shu ot tulpor ekan de” misralarining qo‘llanilishi ham buning dalilidir. Ot nomi keyinchalik etnos nomiga aylangan.
Bahrin – bu so‘z qadimiy turkiy tilda katta yirtqich qush, lochinning bir turi ma’nosini bildirgan, uni qo‘lga o‘rgatilib, ovchilikda foydalanilgan, keyinchalik bu so‘z ham etnos nomi bo‘lib qolgan.

K.Marqaev ishining oxirgi uchinchi bobida etnonimlarning grammatik tuzilishi va yasalish xususiyati o‘rganilgan. O‘zbek etnonimiyasidagi nomlarning katta qismini tub, sodda etnonimlar tashkil etadi. SHu bilan birga etnonimlar orasida to‘p (boyto‘p, badalto‘p kabi), to‘da (saroyto‘da, bekto‘da kabi), bachcha (gulbachcha, jilonbachcha kabi), tuvg‘on (qarshidantuvg‘on, devonadantuvg‘on kabi), tirnoq (ko‘ktirnoq, oqtirnoq kabi), bosh (jortibosh, olmabosh kabi), o‘g‘il (besho‘g‘il, ucho‘g‘il kabi), boy (bozortuxum, ustatuxum kabi), kalla (chorkalla, qorakalla kabi), qora (qorakaltak, qorako‘z kabi), oq (oqmang‘it, oqtelpak kabi), besh (beshbola, beshkal kabi), etti (ettiuyli, ettiurug‘ kabi), uch (uchqora, uchuruv // uchurug‘ kabi), ola (olato‘p, olachopon kabi) singari ikki komponentli, sintaktik usul bilan hosil bo‘lgan etnonimlar ham bor.

Umuman olganda, turkiy tillardagi, jumladan O‘zbekistonnning barcha hududlaridagi etnonimik boylikni atroflicha to‘plash va tadqiq qilish faqat tilshunoslik fani uchun emas, balki xalq tarixi, etnografiyasi, madaniyati va ma’naviyati uchun katta ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.


Download 179.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling