Reja: Kirish “Shajarayi turk” asaridagi etnonimlar


Download 24.93 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi24.93 Kb.
#1411293
  1   2   3
Bog'liq
24 Mavzu Shajarayi turk” asaridagi etnonimlar


Mavzu: “Shajarayi turk” asaridagi etnonimlar
Reja:

  1. Kirish

  2. Shajarayi turk” asaridagi etnonimlar ro’yhati

  3. Xulosa

  4. Foydalanilgan adabiyotlar

Tilshunoslikning onomastika bo‘limiga oid bo‘lgan etnonimlar tarix taqozosi bilan vujudga kelgan. Bunday etnik birliklar o‘zida ma’lum bir axborot tashiydi. Ular qadimiy so‘zlar bo‘lgani uchun xalqlarning etnogenezini, turmush tarzi, tili va diniga oid ko‘pgina ma’lumotlarni mujassam etadi, shuning uchun ham etnonimlarni chuqur tadqiq etish muhim ilmiy ahamiyatga ega. Etnonim so‘zi yunoncha bo‘lib, ethnos – xalq +onuma – atoqli ot so‘zlaridan tashkil topgan. Har qanday etnos (urug’, qabila, elat, xalq, millat va boshqalar) ning nomi bir tilda mavjud etnonimlar majmuyi, yig’indisi, ro‘yxati etnonimiya, nomshunoslikning, shuningdek, tarix, etnografiya fanlarining etnonimlarni tadqiq qiluvchi sohasi esa etnonimika deb yuritiladi. [1, 95].


2. Tarkibida izohli so‘zlar bo‘lgan etnonimlar. Bunda etnonim urug’, el, xalq so‘zlari bilan birgalikda keladi: ildurkin urug’i, budat urug’i, ungut eli, uyg’ur eli, tatar xalqi, jaloyir xalqi. [2, 13]. Quyida ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Arlot eli (hozirda Olot) – arlot so‘zi “otaning sevar o‘g‘li” ma’nosida talqin etilgan. Arlat bir kishining oti turur. Ani otasi ko‘p sevar edi. Aning uchun Arlat tedilar. Barcha Arlat eli aning nasli turur [3, 40].
Avshar eli – qadimiy urug‘lardan biri bo‘lib, arab geograflari Buxoro yaqinida Avshar degan qishloqni tilga oladilar. Abulg‘ozi Bahodirxon avshar so‘zini “ishini ildam ishlamoqchi” deb izohlaydi. [4, 88].
Baday eli (hozirda Badoy) – Kilgit urug‘iga mansub shaxs naslidan tarqalgan urug‘ nomi.
Bayot eli – “davlatli” degan ma’noni anglatgan.
Do‘rman eli – (hozirda Do‘rmon) mo‘g‘ulchada “to‘rt” degan ma’noni anglatadi.
Kilgit eli – “tilida, nutqida kamchiligi bor kishi” ma’nosini anglatadi. Bu haqda Abulg‘ozi Bahodirxon shunday yozadi: “Kishining tilida kamligi bo‘lsa, turk xalqi bo‘ltak der. Mo‘g‘ul kilgi der. Bu kishining tilining kamligi bor erdi. Aning uchun Kilgit tedilar. Barcha Kilgit eli u kishining nasli turur” [3, 40].
Nayman eli – Naymanlar mo‘g‘ul urug‘i deb hisoblanar edi; olimlar naim so‘zi mo‘g‘ulchada “sakkiz” ma’nosini anglatadi deb aytadilar. “Bu qadim el turur, boshlari va mollari ko‘p bo‘lur erdi. Yurtlari mo‘g‘ul yurtinda bo‘lur. Qoraqurim tegan yerda va ekinlari bo‘lmas” [3, 36].
Toponimist olim S.Qorayev etnograf N.A.Aristovning nayman so‘zi Sibirdagi Nayma daryosi nomidan olingan degan fikrni bildirgani haqida ma’lumot beradi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra naymanlar asli turkiy qabila bo‘lib, sakkiz o‘g‘uzlarni mo‘g‘ullar o‘z tiliga moslab nayman deb ataganlar. [4, 88].

Download 24.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling