Reja: Kirish “Shajarayi turk” asaridagi etnonimlar
Download 24.93 Kb.
|
24 Mavzu Shajarayi turk” asaridagi etnonimlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qayin eli
- Qiyot eli
- Qo‘niqqimar eli
Qalmoq eli – qalmoq so‘zining ma’nosi “chetda qolgan”(islom diniga kirmay qolgan) degan ma’noni bildirgan.
Qaniq eli – bir kishi qaniq-qaniq qilib yuruvchi arava yasadi u va undan tarqalgan elni Qaniqli dedilar. Qipchoq eli – qadim turk elida“ichi qo‘sh yog‘och”ni qipchoq deb atashgan. (O‘g‘uzxon daraxt ichida tug‘ilgan bolani asrab olib, unga shunday nom berdi. Qipchoq eli shuning naslidan tarqaldi). Keyinchalik bu xalq nomiga ko‘chgan. Qarluq eli – turkiyda “qorlik, qorliq joy”(tarixiy voqea asosida kelib chiqqan) degan ma’noni anglatadi.“Qorluq eli Mo‘g‘uliston tog‘larining ichinda yurt qilib o‘lturdilar. Qorluqning podshohi Arslonxon tegen erdi”. Qayin eli – qayi so‘zi “mahkam” ma’nosida ishlatilgan. Qayin etnonimi ham shu so‘zdan kelib chiqqan. Qayon eli – bu so‘z “kuchli, tez” degan ma’noni anglatgan va shuning uchun xalq nomi shunday atalgan. Qirg‘iz eli – O‘g‘uzxonning Qirg‘iz otli bir nabirasi bo‘lgan. Qirg‘iz eli shuning naslidan tarqalgan. Qirayt eli – qiraytning ma’nosi qoraburan bo‘lib, bir kishining yetti o‘g‘li bor edi. Yettisi ham qora. Ularni xalq kiroytlar deb atashgan, shundan keyin ularning naslini shu nom bilan tarqalgan. Qiyot eli – “Shajarayi turk” asarida yozilishicha, bu so‘z mo‘g‘ulcha “tog‘dan oqqan sel” ma’nosida bo‘lib, qiyon so‘zining ko‘pligidir. Qo‘nqirat eli – (hozirda Qo‘ng‘irot) “Shajarayi turk” asarida yozilishicha, qayon naslidan bo‘lgan Cho‘rliq mergan degan kishining Qo‘nqirat degan o‘g‘li bo‘lgan va barcha Qo‘nqirat eli uning naslidan tarqalgan. Qo‘niqqimar eli –“O‘rmavit uruqindin bir kishi bor erdi. Aning uch o‘g‘li bor erdi. Ulug‘iga xalq Qo‘niqqimar ot qo‘ydi. Qo‘niqning ma’nosi ulug‘ temak bo‘lur. Bu vaqtda ham ulug‘ qarg‘ani qo‘niq qarg‘a derlar. Qimarning ma’nosi burun, ul kishining burni bisyor ulug‘ erdi. Aning uchun Qo‘niqqimar laqab qoldi. Barcha qo‘niqqimar uruqib kishining nasli turur” [3, 38]. Bundan ko’rinib turibdiki, qo’niqqimar etnonimi shaxs nomidan kelib chiqqan. Turqaq eli – “So‘ngaki ma’lum ermas, qaysi turkdin erkani. Ma’nosi saqchi temak turur. Podshohlari o‘zlarini saqlamoq uchun bir necha kishilarni eshiklari oldida navbatchilikka qo‘yishgan. Podshohni qo‘riqlaganlarni turqaqlar deb, keyinchalik xalq nomiga ko‘chgan”. Download 24.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling