Tasdiqlayman


Download 179.93 Kb.
bet23/79
Sana14.11.2021
Hajmi179.93 Kb.
#174365
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79
Bog'liq
3. Majmua. Onomastika

Savol va t opshiriqlar:

1. Etnonimlar va ularning boshqa onomastik birliklar qatorida tutgan o‘rni.

2. Etnonimlarning o‘rganilishida B.Ahmedov, K.SHoniyozov, A.Asqarov, X.Doniyorov, G‘.Abdurahmonov, U.Sanaqulov, M.Mamedov kabi olimlarning o‘rni.

3. Etnonimlarning o‘rganilishida S.Qoraev, N.Begaliev, A.Turobov, K.Marqaev kabi olimlarning hissasi.



9-ma’ruza

O‘ZBEK ONOMASTIK LEKSIKOGRAFIYASI

MUAMMOLARI

Reja:

1. Onomastik leksikografiya tushunchasi.

2. O‘zbek tilshunosligida hozirgi kunga qadar yaratilgan onomastik lug‘atlar:

a) antroponimik lug‘atlar;

b) toponimik lug‘atlar;

d) etnonimik lug‘atlar;

e) onomastik terminlarning izohli lug‘ati;
Tayanch so‘z va iboralar: leksikografiya, lug‘atshunoslik, onomastik lug‘at, ismlar lug‘ati, antroponimik lug‘at, taxalluslar lug‘ati, toponimik lug‘at, joy nomlari lug‘ati, o‘quv toponimik lug‘ati, maktab toponimik lug‘ati, mifonimlar lug‘ati, etnonimlar lug‘ati, geografik nomlar lug‘ati, onomastik terminlar lug‘ati, kosmonimlar lug‘ati, ideonimlar lug‘ati, xrononimlar lug‘ati.

Leksikografiya yoki lug‘atshunoslik tilshunoslikning lug‘at tuzish ishi bilan shug‘ullanuvchi va u bilan bog‘liq masalalarni, lug‘atlarning turlarini o‘rganuvchi sohasidir. Lug‘at deb so‘z va iboralarning ma’lum maqsad bilan to‘plangan, tartibga solingan, kitob yoki boshqa shakldagi to‘plamiga aytiladi. Lug‘atlar turli maqsadlarda tuzilgani uchun uning turlari juda ko‘p. Lug‘atlarning bir turi onomastik lug‘atlar deb nomlanadi, chunki bunday lug‘atlarda toponim, gidronim, oykonim, antroponim, oronim, urbonim, etnonim, kosmonim kabi onomastik birliklar alifbo tartibida keltirilib, ularning ma’nosi izohlanadi, orfografik normasi qayd etiladi. SHuni ham inobatga olish lozimki, o‘n ikki jildlik “O‘zbek milliy ensiklopediyasi” (2001-2006)da, to‘rt tomlik “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati” (1983-1985)da va boshqa bir qator leksikografik manbalarda gidronim, toponim, antroponim kabi onomastik birliklarga izoh berilgan. Masalan, “O‘zbek milliy ensiklopediyasi”ning birgina 5-jildida Konimex (5-bet), Koson (61), Kosonsoy (62), Kosontov (65), Ko‘ktepa (175), Ko‘kcha (176), Labihovuz ansambli (206) kabi toponimlar, Kosonsoy suv ombori (63), Ko‘ksaraksoy (173), Ko‘ksaroysoy (173), Ko‘ksuv (174) kabi gidronimlar, Kosonsoy jome masjidi (63), Kuyukmozor qabristoni (160), Ko‘k gumbaz masjidi (167), Ko‘kaldosh madrasasi (169) singari nekronimlar, Mahmud Koshg‘ariy (77), Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy Ko‘hakiy-Kuykiy (201) kabi antroponimlarga izoh berilgan. Lekin bunday lug‘atlar maxsus onomastik lug‘atlar sirasiga kirmaydi.

O‘zbek tilshunosligida hozirgi kunga qadar yaratilgan onomastik lug‘atlarni quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:

1. Antroponimik lug‘atlar. Bunday lug‘atlarda kishi ismlari, laqablar va taxalluslar izohlanadi. Antroponimik lug‘atlarning yaratilishida prof.E.Begmatovning hissasi katta. CHunki olimning “Kishi nomlari imorsi” (1970), “O‘zbek ismlari imlosi” (1972), «Literaturnыe imena i familii uzbekskix avtorov v russkoy transkripsii» (hammuallif: U.Bahromova, 1981), “Ism chiroyi” (1994) kabi bir qator asarlarida erkaklar ismi va ayollar ismi ro‘yxati ilova tarzida keltirilgan edi. SHu kunga qadar e’lon qilingan antroponimik lug‘atlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

1.1. Menajiev YA., Azamatov X., Abdurahmonov D., Begmatov E. Ismingizning ma’nosi nima? – Toshkent: Fan, 1968. – 100 b.

Bu lug‘at 1964 yilda nashr etilgan “Ismingizning ma’nosi nima?” asarining qayta ishlangan, to‘ldirilgan ikkinchi nashridir. Asarning “So‘z boshi” qismi (4-30-betlar)da kishi nomlarining kelib chiqishi, nom qo‘yish odatlari va usullari haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan. Ishning asosiy qismi “Ismlarning izohli lug‘ati” (31-99-betlar)dan iborat. Bu qismda kishi ismlarining qaysi tildan o‘zlashganligi ko‘rsatilib, ularning ma’nosi qisqa izohlangan. Lug‘atdan namuna:




Download 179.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling