Statistik metod. Bu metod yordamida o‘rganilgan onomastik birliklarning qo‘llanish darajasini, statistikasini aniqlash mumkin. Hozirgi vaqtda nomshunoslikda biror mavzu yoki onomastik ob’ekt tanlanganda o‘sha ob’ektda qo‘llanilgan atoqli nomlarning umumiy miqdori, statistikasi aniqlanadi, shundan keyin asosiy ilmiy kuzatish ishlari olib boriladi.
Savol va topshiriqlar:
1. Nomshunoslikda qo‘llaniladigan tasviriy metod haqida tushuncha.
2. Nomshunoslikda qo‘llaniladigan tarixiy va qiyosiy-chog‘ishtirma metodlarning xususiyatlari.
3. Onomastik universaliyalar va ularni aniqlash yo‘llari.
4. Nomshunoslikda qo‘llaniladigan areal metod, semiotik metod va stilistik metodning o‘ziga xos xususiyatlari.
5. Nomshunoslikka oid tadqiqotlarda lingvopsixologik metod va statistik metodning o‘rni.
Do'stlaringiz bilan baham: |