Tasdiqlayman


O‘zbek onomastikasi makroko‘lami


Download 179.93 Kb.
bet8/79
Sana14.11.2021
Hajmi179.93 Kb.
#174365
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   79
Bog'liq
3. Majmua. Onomastika

O‘zbek onomastikasi makroko‘lami

1.Nomga ega makroko‘lamlar: antroponimiya, zoonimiya, teonimiya, toponimiya, kosmonimiya, fitonimiya, xrononim, ideonim, anemonim, xrematonim, politonim, ergonim, faleronim, dignitonim, poreyonim, mifonimiya, stratonim, gemeronim.

2. Hali nomi aniq belgilanmagan makroko‘lamlar: a) bayramlar, yubileylar va boshqa xil tantanalar, marosimlar atoqli oti; 2) ba’zi yirik tarixiy tadbirlar: kampaniyalar, urushlar, harbiy va salib yurishlari va b. atoqli oti; 3) siyosiy, mafkuraviy va b. xil uyushmalar, jamoalar atoqli oti.

Ushbu onomastik makroko‘lam materiallari o‘zbek nomshunosligida turli darajada o‘rganilgan. Chunonchi, o‘zbek tilidagi toponimlar (ayniqsa, oykonimm, gidronimlar), antroponimlar nisbatan qoniqarli o‘rganilganligi tufayli ularni ifoda qiluvchi terminlar ma’nosi ma’lum darajada tushunarli. Ammo tilga olingan makroko‘lamlarga kiruvchi atoqli otlarning aksariyati o‘zbek tilshunosligida hali o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda.

Makroko‘lamlarning ko‘pchiligi o‘zining shaklan qisqa, yaxlit bir so‘zga teng nomiga ega. Afsuski, onomastik ko‘lamlaring aksariyati o‘zbek tilida mana shu kabi ixcham, yaxlit bir termin sifatida qabul qilish mumkin bo‘lgan muxtasar nomlarga ega emas. To‘g’ri, ba’zi ishlarda gidronim terminini ”suvnom”, toponimni “joynom” kabi kalkalashga intilishlar uchraydi. Ammo bular me’yoriy termin sifatida shakllanib yetganicha yo‘q. Shu sababli onomastik makroko‘lamlarni ifoda etuvchi terminlarni o‘zbek tilida so‘z birikmasi yoki ma’noni kengroq shaklada ifodalaydigan iboralar bilan talqin qilishga to‘g’ri keladi. Masalan, politonim-davlat ramzlarining atoqli oti, zoonim-zotli hayvonlarga qo‘yilgan maxsus laqab nomlar yoki hayvonlar atoqli oti va b. Mana shunday sabablarga ko‘ra o‘zbek onomastikasida onomastik makroko‘lamlar hozircha baynalmilal xusuiyatga ega terminlar bilan yuritilmoqda va ular anglatuvchi ma’nolar quyidagicha:

Teonimiya-Ollohning nomi va atributlarini ifoda qiluvchi atoqli otlar va uning majmui.

Demononim- iblis, shayton; jin kabilarga berilgan maxsus nomlar.

Mifonomiya-ertak, epopeya, xalq dostonlari, afsonalarda uchraydigan xayoliy, afsonaviy atoqli otlar, ularning majmui.

Anemonim-tabiat stixiyalari (bo‘ron, shamol, tayfun, siklon va b. ga berilgan atoqli otlar.

Ideonim- xalq tarixi uchun ahamiyatli bo‘lgan ba’zi tarixiy hujjatlar, asarlarning atoqli oti.

Fitonimiya- yakka holda olib nomlangan bir dona o‘simlik va daraxtlar atoqli oti.

Politonim- davlat ramzlari (bayroq, tamg’a, emblema va shu xil atributlar)ining atoqli oti.

Ergonim- faoliyat yuzasidan uyushgan kishilar jamoasi, shuningdek, muassasa, tahskilot va korxonalar atoqli oti.


Download 179.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling