Toshkechik – qishloq. Andijon viloyati Izboskan, Xo‘jaobod tumanlari. Daryoning shu eridan kechib o‘tsa bo‘lishiga ishora (124).
To‘g‘onbuloq – Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi buloq. Buloq etagi to‘g‘on qurib to‘silgani uchun shunday nom olgan (131) kabilar.
2.3. Nafasov T. O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati (Janubiy O‘zbekiston hududlari materiallari asosida). – Toshkent: O‘qituvchi, 1988. – 288 b.
2.4. O‘rinboev B. Jizzax toponimlarining ta’biri. – Samarqand, 2007. – 80 b. Bu lug‘at dastlab “Jizzax viloyati toponimlari” nomi bilan 1992 yilda Jizzaxda e’lon qilingan edi. Asarda mustaqillik sharofati bilan Jizzax viloyat toponimlarida ro‘y bergan o‘zgarishlar inobatga olinib, ularning ta’biri (ma’nosi)ni izohlashga harakat qilingan. Asar “Kirish” (3-6-betlar), “Lug‘at” (7-77-betlar), “Adabiyotlar” (78-79-betlar) qismlaridan iborat. Lug‘atdan namuna:
Do'stlaringiz bilan baham: |