Maqsum // Maqsuma – arab. taqsim qilingan, ulashilgan (60).
Nazokat – arab. ozodalik, soflik, poklik (65) kabilar.
1.2. Begmatov E. O‘zbek ismlari. – Toshkent: Qomuslar bosh tahririyati, 1991. – 208 b.
Bu kitobda 13 mingga yaqin o‘zbekcha ismlar jamlangan. Ular yosh ota-onalarga ism tanlashga yordam beribgina qolmay, kishilarga hujjat yozib beradigan, davlat tili (o‘zbek tili)da ish yuritadigan mahkamalar xodimlariga ismlarni imlo jihatdan to‘g‘ri yozishda qo‘l keladi. Asar “Tahririyatdan” (3-7-betlar), “Lug‘atning tuzilishi” (8-12-betlar), “O‘zbekcha ismlar imlosiga oid qaydlar” (13-18-betlar), “Erkaklar ismi” (19-126-betlar), “Ayollar ismi” (127-188-betlar), “Davlat tili va ism-familiya tanlash huquqi” (189-199-betlar) qismlaridan iborat. Bu lug‘atda erkaklar va ayollar ismlarining oddiy ro‘yxati keltirilgan, ya’ni bu ismlarning ma’nosi izohlanmagan. Lug‘atdan namuna:
Do'stlaringiz bilan baham: |