Tasdiqlayman


YOlg‘iz uy Ayritom // Ayritom


Download 179.93 Kb.
bet32/79
Sana14.11.2021
Hajmi179.93 Kb.
#174365
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   79
Bog'liq
3. Majmua. Onomastika

YOlg‘iz uy

Ayritom // Ayritom – shaharcha. Tarkibi: ayri+tom. Qipchoq shevalarida tom – uy, hovli. Ayri – ajralgan, qishloq boshqa qishloqlardan birmuncha uzoqlikda. Ayritom – boshqa aholi yashash maskanlari (qishloq)dan chekka joydagi yakka hovli qurilgan erdagi qishloq (23).

Katta tosh

Davtosh // Davtosh – Qalqama vohasida qishloq. Tarkibi: dav+tosh. Xalq nutqida dav // dev jonsiz va jonli narsalarning me’yordagidan katta, hajmi va tanasi ulkan ekanligini bildiradi. Qishloq atrofida ulkan hajmli toshlar ko‘p bo‘lganligi sababli Davtosh atalgan. Davtosh – tog‘ bag‘ridagi qishloq, tog‘u toshli qishloq (35) kabilar.

3. Etnonimik lug‘atlar. Bunday lug‘atlarda etnonimlar –urug‘, qabila, xalq, millat nomlari izohlanadi. Bunday lug‘atning hozircha yagona namunasi yaratilgan:

3.1.Turon qavmlari. Kichik ensiklopedik lug‘at. Tuzuvchi Zoyir Ziyotov. – Toshkent: “Istiqlol”, 2008. – 232 b. Bu asarning har bir bobida qavmlar nomlari keltirilgach, respublikamiz hududida shu kunlarda mavjud bo‘lgan u yoki bu qavm bilan bog‘liq joy nomlari ham ilova qilingan. Bu esa aholi yashash joylari etnografiyasi va toponimikasini o‘rganishda muayyan ahamiyat kasb etadi. Bu kitob turkiy xalqlar, elatlar, qavmlar yoki urug‘lar haqida qisqacha ma’lumotga ega bo‘lish uchun ko‘pgina adabiyotlarni varaqlab chiqish mashaqqatidan o‘quvchini qutqaradi. Negaki o‘quvchi bunday ma’lumotlarni bu kitobdan osongina topa oladi. Asar “Turon qavmlari” kitobi haqida” (3-6-betlar), “Muqaddima” (7-19-betlar), “Lug‘at” (20-217-betlar), “Sinxron jadval” (218-228-betlar), “Adabiyotlar ro‘yxati” (229-230-betlar) qismlaridan iborat. Kitobning birinchi qismi taniqli olimlar Hamidulla Boltaboev, Mahkam Mahmud (Andijoniy) va Ortiq Abdullaevlar tomonidan yozilgan. “Muqaddima” qismida muallif Turon qavmlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plash va yozishda quyidagi qoidalarga qat’iy amal qilganligini ta’kidlaydi: a) manbalardagi ma’lumotlarni o‘zgartirmasdan yozish; b) ma’lumotlar bir necha manbadan olingan bo‘lsa, har qaysisini alohida yozish; v) ehtirosga berilmasdan, hech bir qavm to‘g‘risida ularni dalilsiz ulug‘lash yoki kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik; g) qabila haqida ma’lumot etarli bo‘lmasa yoki umuman ma’lumot bo‘lmasa, shunday qabila yoki etnonim borligini yozib qo‘ya qolish bilan cheklanish; d) boshqalardan eshitgan og‘zaki ma’lumotlarni to‘plamga kiritmaslik (15-bet). Ishda keltirilgan “Sinxron jadval”da eramizdan oldingi davrdan XX asr boshlarigacha er yuzida qavmlar, jumladan Turon qavmlarining paydo bo‘lishi, rivojlanishi va tarqalish geografiyasiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Lug‘atdan namuna:




Download 179.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling